Jahon adabiyotining bestselleri markus zusak



Download 1,76 Mb.
bet168/226
Sana06.02.2022
Hajmi1,76 Mb.
#433776
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   226
Bog'liq
Kitob o`g`risi

Gelegenheit — imkoniyat. Taraqqiyot yoki rivojlanish uchun imkoniyat.
Ma’nodosh so‘zlar: istiqbol, omad, qulaylik.

Tez orada Lizelning ortida Roza hozir-u nozir boTdi.
— Nima istaysan bizdan? Endi ko‘ngling oshxonamdagi polga tupurishni tusab qoldimi?
Frau Xolsapfel umuman g‘azablanmadi.
— Eshigingni taqillatib kelganlaming barchasi bilan ham shunday tarzda salomlashasanmi? Qanday qo‘pollik! G 'sindel!
Ikki ayolning dahanaki jangi orasida qolib ketayotgan Lizel to Roza uni nari itarmaguncha indamay mehmonga tikilib turaverdi.
— Xo‘sh, nima uchun uyimga kelganingni aytasanmi yoki yo‘qmi?
Frau Xolsapfel ko‘chaga bir qarab oldi.
— Menda bir taklif bor.
— Nahotki?
— Ha, faqat senga emas, — Frau Xolsapfel ovozi bilan Rozani bir chekkaga surib, nigohini Lizelga qadadi.
— Senga bir taklifim bor.
— lya, unda meni nima uchun chaqirding?
— Qiz uchun ham sendan ruxsat olishim kerak-ku.
— Ey, Bibi Maryam, bu qanaqasi bo ‘ Idi yana? Frau Xolsapfel men- dan nima istashi mumkin? — o‘yladi Lizel.
— Menga yerto‘lada o‘qigan kitobing yoqib qoldi.
“Yo‘q, o‘sha kitobdan umid qilmay qo‘yaversin bu kampir”, —


deya Lizel ich-ichidan qarshilik ko‘rsatib, taslim bo‘lmoqchi emasdi.


— Qulog‘im sizda.
— Boshpanada asaming davomini jon-jon deb eshitishni xohlar- dim, ammo hali-beri bombardimon bo‘lmaydiganga o‘xshaydi, u yelka- larini silkitib, qaddini tiklab oldi. — Shu sababli uning qolgan qismlarini uyimga borib o‘qib berishingni istayman.
— Buncha katta ketaverma, Xolsapfel, — Rozi ung qahrini sochish yoki sochmaslik haqida o‘ylayotgan edi. — Agar Lizelni yuboradi deb o‘ylasang...
— Eshigingga tupurishni bas qilaman, — Frau Xolsapfel uning gapini bo4ldi. — Yana sizlarga qahva kartochkamni ham beraman.
Roza hozir qahr-g‘azabning vaqti emasligini tushundi.
— Ozgina un ham qo‘shasanmi?
— Nima? Yahudiymisan? Qahvani o‘zini beraman, tamom-vas- salom. Kerak bo‘lsa, o‘shani biror kirn bilan ayirboshlab ol o‘zing.
Lizeldan tashqari barchaning roziligi olingach, bitim tuzildi.
— Mayli, kelishdik unda.
— Oyijon?!
— O‘chir ovozingni, urg‘ochi cho‘chqa. Kitobingni yugurib olib chiq, — Roza yana Frau Xolsapfelga yuzlandi. — Qaysi kunlari borishi kerak?
— Dushanba va juma kunlari soat to‘rtlarda. Hozir esa men bilan yursin.
Xolsapfelning bir maromdagi qadamlari ortidan Lizel qo‘shni uyga kirib bordi. Uning uyi biroz kengligini aytmaganda Hubermanlamiki bilan ikki tomchi suvdek o‘xshash edi.
Lizel oshxonadagi stolga kelib o‘tirgach, Frau Xolsapfel uning qarama-qarshisiga, lekin derazaga qarab o‘tirdi.
— O‘qi, — dedi u.
— Ikkinchi bobnimi?
— Yo‘q, sakkizinchisini. Albatta, ikkinchisini-da! Hoziroq haydab chiqarmasimdan oldin o‘qishni boshla.





— Xo‘p bo‘ladi, Frau XolsapfeL


— “Xo‘p bo‘ladi, Frau XolsapfeF’ni bas qilgin-da, kitobni och. Nima, kechgacha shu yerda o‘tirmoqchimisan?
“Ey Xudo! Bu barcha qilgan o‘g‘irliklarim uchun jazo. Nihoyat, qo‘lga tushdim”, — xayolidan o‘tkazdi Lizel.
Lizel qirq besh daqiqa mobaynida kitob o‘qidi va bob tugashi bilan stolda bir qopchada qahva paydo bo‘ldi.
— Rahmat. Qiziqarli hikoya ekan, — ayol shunday degach, pechka tomon burilib, kartoshkalami olib, ovqatga unnay boshladi. Birozdan so‘ng ortiga o‘girilmasdan: “Hali harn shu yerdamisan?” — deb so‘radi.
Lizel buni ketish uchun ishora sifatida qabul qildi.
— Danke schön, Frau XolsapfeL
Eshik oldidagi devorga ilingan harbiy kiyimdagi ikki yigitning foto- suratini ko‘rgach, Lizel: “Hayl Gitler!” — deya qo‘lini oshxona tomonga cho‘zdi.
— Ha, Hayl Gitler! — Frau Xolsapfelning ovozida g‘urur va qo‘r- quv mujassam edi. Ikkala o‘g‘li harn Rossiyada qon kechib yurishibdi, axir. U suvni olovga qo‘yib, Lizelni odob bilan eshikkacha kuzatib qo‘ydi va:
— Bis morgen1? — deb so‘radi.
Ertasi kuni juma edi.
— Ha, Frau XolsapfeL Ertaga ko‘rishguncha.
Keyinchalik Lizel yahudiylaming Molkingdan haydab chiqarilishi- dan oldin Frau Xolsapfel bilan yana to‘rt marta kitob mutolaa qilishganini hisoblab chiqdi.
Yahudiylar “ongi tozalanishi” uchun Daxauga olib ketilayotgan edi.
“Demak, u bilan ikki hafta kitob mutolaa qilibman, — deb yozdi u keyinchalik yerto‘lada o‘tirganida. — Ikki bañada dunyo tpskari aylanib. o‘n to‘rt kun ichida ostin-ustun bo‘lib, qulab tushadi”.


1 Bis morgen (nemischa) — ertagacha.



Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish