AJOYIB FIKR
Ulardan bittasi kitob o‘g‘risi edi. Ikkinchisi esa osmonni o‘g‘irlardi.
* * *
Hamma jim turib, ostlaridagi yeming silkinishini kutishardi.
Bu silkinishning muqarrarligi saqlanib qolsa-da, ammo endi ular- ning dahshatli o‘ylarini hech bo‘lmaganda kitob o‘qiyotgan qiz chalg‘itar- di.
Ba’zi bolalar yana yig‘lashni ko‘zladi, lekin Lizel bir soniya boshini ko‘tarib, otasiga va Rudiga taqlid qilgan holda bolaga ko‘zini qisib qo‘ydi va mutolaaga qaytdi.
Sirenalar tovushi yana yerto‘laga singib ketgandan keyin kimningdir ovozi mutolaani bo‘ldi.
— Xavf ortda qoldi, chamamda, — dedi janob Jenson.
— Tss! — unga jim bo‘lishni buyurdi Frau XolsapfeL
Lizel boshini ko‘tarib “Shu bobning oxirigacha ikkitagina xatboshi qoldi”, dedi va shoshmasdan, bir xil maromda so‘zlami o‘qishni davom ettirdi.
“DUDEN LUG* ATI”. TO'RTINCHI IZOH
Wort — so'z. Tilning mazmitniy birligi, va’da, qisqa izoh, bayonot yoki suhbatning tarkibiy qismi;
Do'stlaringiz bilan baham: |