Verzeihung — kechirimlilik. G‘azab, dushmanlik yoki nafrat tuyg'ularidan voz kechish degan ma’nolami anglatadi.
Ma’nodosh so‘zlar: afv, oqlash, rahm-shafqat.
Qaytishda ular ko‘prik ustida to‘xtab, salmoqligina qora kitobni ochib ko‘zdan kechirishdi. Sahifalami varaqlab o‘tirgan Rudining oldidan bir maktub chiqib qoldi. U maktubni olib, nigohini sekin kitob o‘g‘risiga qadadi.
— Maktubda sening isming yozilgan.
Pastda daryo mavjlanib oqar edi.
Lizel maktubni oldi.
J}
MAKTUB
“Qadrli Lizel!
Bilaman, sen meni g'amgin va jirkanch (agar bu so'zlar mohiyatini bilmasang, qoiingdagi lug'atdan izla) ayol deb o'ylaysan, lekin shuni aytishim kerakki, sening kutubxonada qoldirgan oyoq izlaringni sezmaydigan darajada ahmoq emasman. Birinchi kitob yo'qolganini payqaganimda: “Uni shunchaki boshqa joyga qo'ygandirman”, — deb o'yladim, lekin keyinchalik xona yorishgan pol ustida qolgan yalang oyoq izlami ko'rdim va jilmayib qo'ydim.
Sen haqli ravishda o‘zingga tegishli boigan kitobni olganingdan xursand boidim. “Shu bilan hammasi tugaydi”, — deb o'yladim, lekin o'shanda adashgan ekanman. Sen y ana kelganingda g'azablanib jahl qilishim kerak edi, lekin men unday qilmadim. Oxirgi marotaba derazadan oshganingni ham eshitib turgan edim, lekin aralashmaslikka qaror qildim. Sen har kelisbingda bitta kitobni olib ketasan, shuning uchun barcha kitoblar uchun y ana ming martalab kelishingga to‘g‘ri keladi. Umid qilamanki, bir kun kelïb o‘zing eshikni taqillatib, madaniyatli tarzda kutubxonaga kirasan.
Yana bir narsa: sening o‘gay onangni oldingidek ish bilan ta'minlay olmayotganimizdan juda afsusdaman.
Senga o‘g‘irlagan kitoblaringni o'qishda bu lug‘at juda asqatadi degan umiddaman.
Samimiyat üa, Hza Herman'.
—==378=
— Ehtimol, uyga ketarmiz, — eslatdi Rudi, lekin Lizel joyidan qimirlamadi.
— Meni shu yerda o‘n daqiqa kutib tura olasanmi?
— Ha, albatta.
* * *
Lizel Grande ko‘chasidagi 8-uyga yana qaytib keldi va eshik oldi- dagi o‘ziga tanish bo‘lgan joyda o‘tirdi. Kitob Rudida qolgan edi, lekin maktubni o‘zi bilan olib kelgandi; Lizel buklangan qog‘ozni barmoq uch- lari bilan ishqaladi, eshikka eltuvchi zinapoyalar og‘irlashib ketgandek tuyuldi.
U to‘rt marta eshikning qo‘rqinchli tanasini taqillatmoqchi bo‘ldi, lekin o‘zini majburlay olmadi. Qo‘lidan kelgan yagona jasoratli ishi qo‘l- larini jimgina iliq yog‘och ustiga qo‘yish bo‘ldi.
Lizelning ukasi yana hozir-u nozir bo‘ldi. Tizzasi ancha tuzalib qolibdi.
Zinapoyaning tubidan turib: “Qani, Lizel, eshikni taqillat”, — dedi.
Ikkinchi marta qochib chiqqan Lizel uzoqdan ko‘prikda uni kutib turgan Rudini ko‘rdi. Shamol uning sochlarini yuvar, oyoqlari tepki bilan birga suzib ketardi.
Lizel Meminger haqiqiy jinoyatchi edi, lekin ochiq derazadan bir nechta kitobni o‘g‘irlaganligi uchun emas.
— Eshikni taqillatishing kerak edi, — dedi u o‘ziga o‘zi. Vijdoni biroz qiynalayotgan bo‘lsa ham bo‘lsa ham, bolalarcha beg‘ubor kulgidan o‘zini mosuvo qilolmadi.
Tepkini zarb bilan aylantirayotganida Lizel o‘ziga nimadir demoq- chi bo‘ldi.
— Sen bunday baxtga loyiq emassan, Lizel. Hech qanaqasiga loyiq emassan.
Baxtni o‘g‘irlash mumkinmi? Yoki bu shunchaki insonning yana bir yashirin xiyla-nayrangimi?
Lizel barcha fikrlarini yelkasidan itqitib yubordi, ko‘prikdan o‘tib, Rudiga kitobni olib izidan tezda yo‘lga tushishini aytdi.
Ular bir necha kilometr yo‘l bosib zanglagan velosipedlarda uyga qaytib kelishdi.
O‘shanda yoz fasli o‘z o‘mini kuzga, Myunxendagi osoyishta tun esa o‘z o‘mini shovqin-suronli bomba portlashiga bo‘shatib bergandi.
LIBOB
SIRENA OVOZLARI
Yozda ishlab topgan ozgina pulían evaziga Hans bir kuni uyga oldin foydalanilgan radio ko‘tarib keldi.
— Endi hujumchi samolyotlar kelayotganligi haqida sirenalar ovoz berishidan ham oldinroq bilib olishimiz murnkin. Awalo radioda kakku qushning sayrashiga o‘xshab signal beriladi, so‘ngra hozirda qaysi hudud- lar tahdid ostida ekanligi e’lon qilinadi, — tushuntirdi u.
Hans radioni oshxona stoliga qo‘ydi va uni yoqdi. Uni yerto‘laga tushirib, Maksga ham qanday ishlashini ko‘rsatmoqchi bo‘lishdi, lekin shovqin-suron va tushunarsiz shov-shuvli ovozlardan boshqa hech narsa eshitilmadi.
Sentyabr oyining o‘sha mash’um kunida ham ular uxlab yotgan paytlarida yangragan kukulagan ovozni eshitmay qolishdi. Yo ulaming radiosi nosoz bo‘lgan, yoki signal darhol sirenalar faiyodiga g‘arq bo‘lib ketgan edi.
Uxlab yotgan Lizelning yelkasidan kimdir muloyimlik bilan turtdi, keyin Hansning xavotirli ovozi yangradi:
— Lizel, uyg‘on. Ketishimiz kerak.
Uyqusidan chala uyg‘ongan karaxt Lizel Hansning yuzini zo‘rg‘a tanidi. Qizga faqatgina uning ovoz aniq-tiniq yetib kelgandi.
* * *
Ular dahlizda to‘xtashdi.
— Shu yerda kutib turinglar, — dedi Roza.
To‘liq zulmat ichida ular yerto‘laga shoshilishdi.
Chiroq yondi. Maks bo‘yoq qutilari va qog‘ozlar ortidan chiqib kel- di. Uning ozg‘in yuzi toliqqan, barmoqlari bilan o‘ta asabiy tarzda shimini yuqoriga tortardi.
— Ketadigan vaqt yetdimi?
Hans uning oldiga bordi.
— Ha, biz ketishimiz kerak, — u Maksning qo‘lini siqib, yelkasiga urib qo‘ydi. — Xavf ortda qolganidan so‘ng yana ko‘rishamiz.
— Albatta.
Roza ham, Lizel ham uni quchoqladilar.
— Xayr, Maks.
Bir necha hafta oldin Hubermanlar va Maks Vandenburg o‘z yer- to‘lalarida qolishlari kerakmi yoki uchalasi ham bir necha xonadon nari- dagi Fidlerlaming yerto‘lasiga tushib o‘tirishlari kerakmi, degan savolni muhokama qilishgan edi. Maks ulami bu yerda qolmaslikka ko‘ndirdi.
— O‘zlaringizning yerto‘langiz yetarli darajada chuqur emasligini aytib ketishdi-ku. Sizlami allaqachon shuncha xavf-xatarga giriftor qildim.
Hans bosh irg‘adi.
— Seni o‘zimiz bilan olib ketolmasligimiz qanday sharmandalik, qanday isnod!
— Boshqa ilojingiz yo‘q.
Ko‘chada sirenalar uvullar, odamlar uylaridan chiqa solib chor taraf- ga zir yugurishar, yoMda qoqilib-yiqilib yana turib chopishardi. Tun ular- ning harakatini jim tomosha qilib turardi. Ba’zi birovlar esa o‘z navbatida tun bag‘riga qarab, osmon bo‘ylab sudralib yuradigan tunuka samolyot- lami aniqlashga urinishardi.
“Himmel” ko‘chasi o‘zi uchun eng qadrli bo‘lgan narsalami ko‘tarib olib, u yoqdan bu yoqqa zuv-zuv o‘tayotgan odamlaming yurishiga guvoh
bo‘lib turardi. Ba’zilar qo‘llanda chaqaloq tutgan, boshqalari esa suratlar to‘plami yoki yog‘och qutini changallab oigan. Lizel kitoblarini mahkam bag‘riga bosib oigan edi. Ko‘zlari kirtaygan, qadamlari kichkina Frau Xolsapfel chamadonini zo‘rg‘a piyodalar yo‘lakchasi bo‘ylab inqillab tortib kelardi.
Hamma narsasini, hatto akkordeonini ham unutgan Hans Frau Xolsapfel tomonga yugurib kelib, chamadonni uning qo‘lidan tortib oldi.
— Yo Iso, Bibi Maryam va Yusuf! Nima balo, tosh solib oldingizmi buni ichiga?
Frau Xolsapfel uning yonida ildam odimlashga o‘tdi.
— Kerakli narsalarim bor.
Fidlerlar oltita uy narida yashashardi. Ulaming oilasi to‘rt nafar kishidan iborat bo‘lib, barchasining sochlari bir xil bug‘doyrang, nemis ko‘zlari ulug‘vor boqardi. Ammo, eng muhimi, ulaming juda qulay va chuqur yerto‘lasi bor edi. Ulamikiga yigirma ikki kishi, jumladan, Shtay- nerlar, Frau Xolsapfel, Pfiffikus, bitta yigit va Jensonlar ismli oila bostirib kelishdi. Garchi mayda-chuyda mojarolaming vaqti bo‘lmasa-da, jamoat- chilik tinchligini saqlash uchun Roza Huberman va Frau Xolsapfel bir- biridan uzoqroq o‘tirishdi, garchi mayda mojarolardan yuqori narsalar bo‘lsa ham.
Shiftga bitta dumaloq lampochka osilgan, yerto‘la zax va sovuq edi. Turtib chiqqan qirrador devorlar imillagan yoki gap sotayotgan odamlami orqasidan ichkariga itarib tashladi. Qayerdandir sirenalaming bo‘g‘iq xiril- lashi eshitildi. Ulaming teshiklardan o‘tib yerto‘lagacha kirib kelgan buzuq ovozi hammaning qulog‘iga chalindi. Garchi sirenalar ovozi boshpananing ishonchliligiga katta shubha tug‘dirgan bo‘lsa-da, biroz vaqt o‘tgach bombadan yashiringan odamlarga havo hujumi tugaganini va xavfsizlik ta’minlanganini bildirgan uchta uzuk-uzuk sirena yangradi. Ularga fiiqaro- lik mudofaasi komissari — Luftschutzwart kerak bo‘lmadi.
Rudi odamlar ichidan oralab, Lizelni qidirib topdi va uning yoniga keldi. Uning sochlari xuddi shiftga ishora qilgandek tikka bo‘lib qolgan edi.
— Ajoyib voqea bo‘ldi-a, Lizel?
Lizel kesatiqli javob qaytannasdan tura olmadi.
— Ha, juda ham yoqimli.
— Ey, Lizel, qo‘ysang-chi kesatiqni. Ustimizga bomba tushgach, hammamizning bir chekkadan tekislanishimiz yoki qovurilishimizdan boshqa yana qanday yomon hodisa yuz berishi mumkin?
Lizel qiyofalarga baho berib atrofga qaradi va eng ko‘p qo‘rqqan odamlar ro‘yxatini tuzishni o‘z zimmasiga oldi.
zz ®
Do'stlaringiz bilan baham: |