Jahon adabiyotining bestselleri markus zusak



Download 1,76 Mb.
bet157/226
Sana06.02.2022
Hajmi1,76 Mb.
#433776
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   226
Bog'liq
Kitob o`g`risi

RUDINING SABABLARI
Avgust oyi o‘rtalarida bo‘lib o'tishi rejalashtirilgan “Gitleryugend” festivalida Rudi birato'la to'rtta yo'nalish, ya’ni 1500, 400, 200 metr va, albatta, 100 metrga yugurish bo‘yicha musobaqalarda g'olib chiqishni niyat qilgan edi. U “Gitleryugend” tashkilotidagi yangi yetakchilami juda yoqtirib qolgan va shu sababli ulaming ko'nglini olishni, shu bilan birga, eski dushmani Frans Doycherga kimligini ko'rsatib qo'yishni xohlayotgan edi.


— Men 1936-yilda Jessi Ouens qo‘lga kiritganidek to‘rtta oltin me­dal yutaman, — dedi u bir kuni kechqurun Hubert maydonida Lizel bilan birga yugurishayotganlarida.
— Sen hali ham unga havas qilasan-a, to‘g‘rimi?
Rudining oyoqlari nafasi bilan bir maromda harakatlanardi.
— Yo‘q, hozir unday emas. Lekin uning natijasini takrorlasam juda zo‘r bo‘lar edi. Nima deding? Meni ahmoq deganlaming hammasiga ko‘r- satib qo‘yardim aslida kim ahmoq va kim aqlli ekanligini.
— Chindan ham, to‘rtta musobaqada g‘olib bo‘la olishingga ko‘zing yetyaptimi?
Ular yugurish yo‘lagi oxiriga yetishi bilan qadamlarini sekinlatib, to‘xtashdi. Rudi qo‘llarini beliga qo‘yib: “Yutishim shart”, — dedi.
Rudi olti hafta davomida tayyorgarlik ko‘rdi. Nihoyat avgust oyi- ning o‘rtalaridagi festival o‘tkaziladigan kun yetib keldi. 0‘shanda osmon musaffo, jazirama quyosh kuydirayotgan edi. “Gitleryugend” tashkiloti- ning a’zolari, ulaming ota-onalari va jigarrang forma kiygan yetakchilar o‘t-o‘lanlami oyoq osti qilib tashlashdi.
Rudi Shtayneming o‘zidan mutlaqo ko‘ngli to‘q, g‘alaba qozo-


nishga shay edi.


— Qara, Doycher ham shu yerda ekan.
Olomon ortida, “Gitleryugend” tashkilotining eng namunali yetak- chisi o‘zining bo‘linmasidagi ikkita bolaga ko‘rsatmalar berayotgandi. Ular o‘qtin-olqtin bosh irg‘ab qo‘yishardi. Bittasi xuddi salom berayot- gandek qo‘lini ko‘tarib ko‘zlarini quyosh nuridan to‘sdi.
— Xo‘sh, u bilan ko‘rishib salomlashmoqchimisan? — deb so‘radi Lizel Rudidan.
— Yo‘q, rahmat. Sal keyinroq ko‘rishaman. G‘alaba qozon- ganimda.
Bu so‘zlar uning tiliga ko‘chmagan bo‘lsa ham Rudining moviy ko‘zlari va Doycheming kaftlari o‘rtasida joylashgan edilar.
Dastawal sport maydoni atrofida majburiy safda yurish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Keyin madhiya yangrab, undan so‘ng: “Hayl Gitler”, — deb baqirishdi.
Shundan keyingina musobaqalami boshlashga ruxsat berishdi.
* * *
Rudi mansub bo‘lgan yosh toifasidagilar 1500 metrlik masofaga yu- gurish musobaqasiga chaqirilganda, Lizel unga nemis tilida odatiy tarzda omad tiladi.
Hals und Beinbruch, Saukerl!
U “cho‘chqa”ning oyog‘i va bo‘ynini sindirishini tiladi.
Raqib bolalar dumaloq maydonning eng chekkasida to‘planishdi. Ba’zilari kerishib, boshqalari diqqatini jamlab, qolganlari esa shunchaki majburlikdan turishgandi.
Lizelning yonida Rudining onasi Barbara kichkintoy farzandlari bilan kelib o‘tirdi. Yupqa choyshab bolalar va uzilgan o‘t-o‘lanlar bilan to‘lgan edi.
— Rudini ko‘ryapsizlarmi? — Barbara bolalarini so‘roqqa tutdi. —







U chap tomondan eng oxirgi bo‘lib turibdi, — Barbara Shtayner mehribon ayol edi va sochlari har doim hozirgina taralgandek batartib ko‘rinardi.
— Qani, qayerda u? Men ko‘rmayapman-ku, — deya qizchalardan biri, ehtimol, eng kichkintoyi Bettina bo‘ynini cho‘zib akasini ko‘rishga urindi.
— Huv anavi eng chetda turgani. Yo‘q, u yerda emas. Anavi yerda.
Ona-bola hanuz qayerga qarashni aniqlashtirib olayotgan bir paytda poyganing boshlanishidan ogohlantirib miltiqdan o‘q uzishdi. Tutun va kuchli ovozdan hushyor tortgan kichkina Shtaynerlar panjara tomon yugurishdi.
Birinchi aylanada yetti nafar bolalar guruhi oldinga chopishdi. Ikkinchi aylanada ular beshta, uchinchi aylanada to‘rtta bo‘lib qolishdi. Rudi so‘nggi turga qadar butun musobaqa mobaynida to‘rtinchi o‘rinda yugurib keldi.
Lizelning o‘ng tomonida o‘tirgan odam ikkinchi bo‘lib kelayotgan eng novcha bolani yutib chiqsa kerak dedi.
— Hali o‘zing ko‘rasan. Marraga ikki yuz metr qolganda u hamma- dan oldinlab ketadi, — dedi u ensasini qotirgan xotiniga. O‘sha odam mutlaqo yanglishgan edi.
Semiz, jigarrang kiyim kiygan nazoratchi yuguruvchilarga so‘nggi aylana qolgani haqida xabar berdi. U odamning kartochka tizimi asosida ovqat yemasligi ko‘rinib turardi. Yuguruvchilar to‘dasidan birinchi o‘ringa chiqib oigan ishtirokchining ismi e’lon qilindi — u ikkinchi emas, to‘rtin- chi bo‘lib kelayotgan yuguruvchi edi. Rudi hammadan o‘zib ikki yuz metr oldinga o‘tib ketgan, ortiga qaramasdan chopardi. U boshqalaming g‘alaba qozonish imkoniyati qohnaguncha xuddi rezina arqondek uchib ketaverdi. Aylana nihoyasiga yetishiga oz qolganida ham Rudi hanuz ildam yugurar, orqadagi uch ishtirokchi esa bir-biridan o‘zib ketish uchun jon-jahdi bilan harakat qilishardi. Maydomiing narigi boshida malla sochli bola va marra- dan boshqa narsa qolmagan edi. Rudi marra chizig‘ini kesib o'tganida to‘xtamadi, qo‘llarini ko‘tarmadi, ikki bukilib nafas ham rostlamadi. Yigirma qadamcha sekin yurib yelkasi osha boshqalaming marra chizig6 i-





dan o‘tishini kuzatdi.


Oila a’zolarining yoniga qaytayotganida dastlab yetakchilar bilan, so‘ngra Frans Doycher bilan uchrashdi. Ikkalasi ham bir-biriga bosh irg‘ab qo‘ydi.
— Shtayner.
— Doycher.
— Men tayinlagan jazolar senga ancha foyda berganga o‘xshaydi- a?
— Shunaqa, shekilli.
Rudi to‘rtta musobaqada ham g‘olib chiqmaguncha tabassum qil- maydi.
»

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish