QIZALOQNING YOZGANLARIDAN KICHIK BIR PARCHA
O‘sha yoz yangi ibtido va yangi intiho bo‘ldi. Har safar o'tmishga nazar tashlar ekanman, bo‘yoq chaplanib qolgan yopishqoq qo^larim ko‘z oldimga keladi, qulog‘imga otamning Myunxen ko‘chasi bo‘ylab otayotgan qadam tovushlari chdlinadi va 1942-yil yozining kichik bir qismini faqat bitta kishining y anidan jilmay o'tkazganligimni eslayman. Otamdan boshqa kim ham yarimta sigareta evaziga jalyuzilarini bo‘yab berardi? Hech kim. Faqat mening suyukli otam shunday ezguliklar qilishga qodir edi.
Har kuni birgalikda ishlayotganlarida Hans Lizelga bir-biridan qiziq hikoyalami aytib berar, Buyuk urush va qing‘ir-qiyshiq husnixati o‘zini o‘limdan qanday saqlab qolganligi, Rozani ilk marotaba uchratgan kuni haqida miriqib so‘zlardi.
— Roza bir paytlar juda go‘zal, kamgap va xushmuomala qiz edi. Ishonish qiyin, bilaman, lekin bu ayni haqiqat.
Hans har kuni bitta hikoya aytib berar, Lizel bu hikoyani oldin uning o‘z og‘zidan eshitgan bo‘lsa ham indamay quloq solardi.
Ba’zan Lizelni mudroq bosib ko‘zlari bir zumga yumilgudek bo‘lsa, ikki ko‘zining o‘rtasiga Hans tomonidan cho‘tka bilan bitta kichkina belgi qo‘yilar, agar u mo‘ljalda ozgina adashsa yoki cho‘tkadagi bo‘yoq ko‘proq surtilib ketsa bo‘lsa, Lizelning bumi yonidan pastga bo‘yoq chakillardi. Qiz sharaqlab kulib yuborar va Hansga ham shunday qilishga urinardi. Biroq Hans Hubermanni ish joyida qo‘lga tushirish juda mushkul edi. U o‘z ishini jon-dilidan sevar, bo‘yoq chaplayotganida hayotga mehri tovla- nib ketardi.
Ovqatlanish yoki suv ichish uchun ishni to‘xtatib, tanaffusga chiq- qan kezlarida Hans akkordeonini chalishga tushar, bu lahzalar Lizelning xotirasidan abadiyjoy olgandi. Hans ertalab aravasini itarib yoki tortib ish-
ga otlanganida Lizel akkordeonni ko‘tarib olardi.
— Musiqa asbobini unutgandan ko‘ra bo‘yoqlami uyda qoldir- ganimiz afzal, — derdi Hans unga.
Qorinlari ochqab, tamaddi qilib olish uchun ishni to‘xtatganlarida Hans nonni kesib, bo‘laklar ustiga so‘nggi kartochka taloni evaziga olin- gan murabboning qolgan-qutganini yupqa qilib surib berardi. Ora-sirada non bo‘lagi ustida bir parcha ingichka go‘sht ham paydo bo‘lib qolardi. Ular bo‘yoq qutilariga o‘tirib, yegulikni birga tanovul qilishar, og‘zida oxirgi tishlamni chaynayotgan Hans barmoqlarini artib, sumka ichidan akkordeonni chiqarardi. Ustidagi maxsus bo‘yoqchilik kiyimining burma- larida non ushoqlari qolib qo‘yar, bo‘yoq dog‘lari qolgan barmoqlari akkordeon tugmachalar ustida ohista yura boshlar, kalitlami uyqudan uyg‘otar, qo‘llari esa bosqonni ushlab, musiqa asbobiga nafas olish uchun zarur bo‘lgan havoni yetkazib berdi.
Lizel har kuni quyosh nurlari ostida qo‘llarini tizzalari orasiga qo‘- yib musiqa tinglar, ushbu kunlaming hech qachon poyoniga yetmasligini tilar va har safar zulmat katta-katta qadam otib unga yaqinlashayotganida tushkunlikka tushardi.
Lizelning bo‘yash ishidagi ishtirokiga to‘xtaladigan bo‘lsak, unga eng xush yoqadigan jihat — bu turli ranglami aralashtirish jarayoni edi. Ko‘pchilik singari u ham Hansni shunchaki aravachasini yetaklab, bo‘yoq yoki xo‘jalik mollari sotiladigan do‘konga boradi va o‘ziga zarur ranglami so‘rab oladi deb o‘ylardi. Lekin u aksar bo‘yoqlaming dastlab g‘isht shaklidagi guvalalardan iborat bo‘lishini, bo‘shagan shampan shishasi bilan ishlov berilishini bilmasdi. Hansning izoh berishicha, shampan idish-, larining shishasi odatdagi vino idishlariga qaraganda qalinroq bo‘lganligi uchun bu ishda juda qo‘l kelgan. Mazkur bosqich tugagach, bo‘yoqqa suv, oqartiruvchi modda va yelim qo'shiladi. Kerakli ranglami ajratib olishning mashaqqati haqida gapirmasa ham bo‘ladi.
Hansning ilm-u hunari Molking aholisi orasida unga bo‘lgan hur- matni yanada kuchaytirdi. U bilan non va musiqani bo‘lishish juda yaxshi edi, lekin Lizel Hansning o‘z ishida ancha mahoratga ega ekanligini bilga-
nidan keyin Hansning o‘ziga hali noma’lum qirralarini o‘zi uchun kashf etdi. Mahoratli bo‘lish qanday yaxshi.
Hans unga qanday qilib ranglami to‘g‘ri aralashtirish haqida ma’ru- za qilganidan bir necha kun o‘tgach, ular Myunxen ko‘chasining sharqiy qismidagi badavlat xonadonlardan birida ishlashdi. Vaqt tushga yaqin- lashayotganida Hans Lizelni ichkariga chaqirib oldi. Uning noodatiy yo‘- g‘on tovushi eshitilganida allaqachon navbatdagi uyga o‘tish payti kelgan edi.
Lizel eshikdan kirgach, Hans uni oshxonaga boshladi. U yerda ikkita keksa ayol va bir erkak nafis va o‘ta yuksak did bilan yasalgan stullarda o‘tirishardi. Xonimlar shohona kiyingan edilar, erkakning sochlari va ti- kansimon bakenbardi oppoq oqargan edi. Stol ustidagi uzunchoq qadahlar g‘alati bir suyuqlik bilan to‘ldirilgan edi.
— Qani, oldik unda! — dedi oq sochli janob.
U stakanni olib, boshqalami ham shunday qilishga qistadi.
Lizel issiq kunda qo‘lidagi qadahining salqinligidan biroz xavotirga tushdi. Nima qilarini bilmay mo‘ltirab Hansga qaraganda, u jilmayib:
— Prost, Mädel! Sening sog‘lig‘ing uchun, qizaloq!” — dedi. Qadahlar bir-biriga urilib jaranglab ketdi, Lizel notanish ichimlikni lab- lariga teggizishi bilanoq shampanning o‘tkir, lekin juda xushta’m mazasi- dan gangib qoldi. G‘alati ahvolga tushib qolgan qiz to‘ppa-to‘g‘ri Hansning ustiga ichimlikni tupurib yuborgach, sharob ko‘piklanib mato bo‘ylab tarqaldi. Hamma uning qihnishidan gur etib kulib yubordi, Hans unga yana bir marta urinib ko‘rishni tavsiya qildi. Bu safar Lizel qiynalmasdan qa- dahida qolgan ichimlikni yutdi va buzilgan qoidaning shirin ta’midan sar- xush bo‘ldi. Yangi ichimlik unga yoqib tushdi. Pufakchalar tilini tishlab, oshqozonini qitiqladi. Hatto keyingi uyga ketayotganlarida ham Lizel ichidagi igna va to‘g‘nag‘ichlaming iliqligini tuyib borardi.
Aravasini sudrab ketayotgan Hans unga uy egalarining pullarimiz yo‘q deb turib olishganligini ma’lum qildi.
— Siz keyin shampan bormi deb so‘radingizmi?
— Nega so‘ramas ekanman? — Hans qizga qaragan chog‘da Lizel
uning ko‘zlari hech qachon bunday yaltiramaganini his qildi. — Shampan shishasidan faqat bo‘yash payti foydalaniladi deb o‘ylashingni istamadim. Oyingga bu haqda aytib yurmagin, xo‘pmi? — qattiq tayinladi Hans.
— Maksga aytsam bo‘ladimi?
— Albatta, Maksga aytishing mumkin.
Lizel yerto‘lada o‘z hayoti haqida yozib o‘tirganida o‘z-o‘ziga hundan keyin hech qachon shampanni og‘ziga olmaslikka va’da berdi, chunki uning ta’mi hech qachon o‘sha iyul oyining iliq kunidagi kabi shirin tuyulmasdi.
Akkordeon borasida ham xuddi shunday qarorga keldi. U ko‘p marotaba Hansdan akkordeon chalishni o‘rgatishini so‘rashga chog‘landi, lekin negadir uni har safar nimadir to‘xtatib qolardi. Ehtimol, ichidagi noma’lum hissiyot unga, baribir, hech qachon Hans Huberman kabi chala olmasligini shipshigandir. Aytish kerakki, dunyodagi eng yaxshi akkor- deonchilar ham Hansning musiqa bobidagi mahoratiga tenglasha olish- masdi. Ular hech qachon Hansning yuzidagi beparvo ifodani takrorlashol- maydi, lablarida ham melmati evaziga oigan sigaretasi qistirilib turmaydi. Va nihoyat ular Hansdek kuy o‘rtasiga kelgan paytda ataylab kichik xatoga yo‘l qo‘yib, shu bahona hammani kuldira olmaydi.
Ba’zi tonglarda Lizel yertoMada qulog‘i ostida yangragan akkor- deonning ovozini eshitib uyg‘onar, tilida shampanning kuydiruvchi, lekin yoqimli ta’mini sezardi. Ba’zan devorga suyanib o‘tirgancha iliq bo‘yoq- ning hech bo‘lmaganda bir marotaba bumi ustidan dumalab tushishini yoki Hansning kaftlaridagi qumqayroqli qog‘oz izlariga yana tikilishni istardi.
Yana shunday betashvish yashashni, mehr-muhabbat nimaligini bil- may his etishni, uni o‘yin-kulgi va murabbo yuqi surilgan non bilan adash- tirishni qo‘msardi.
O‘sha kunlar Lizelning hayotidagi eng ajoyib, eng unutilmas damlar edi.
Ammo u yerga bombalar yo'naltirilayotgan edi. Shuni esdan chiqar- maslik kerak.
Jasur va yorqin baxt trilogiyasi yoz nihoyalab kuz kirib kelganda
ham davom etdi. Keyin esa to‘satdan uning ildiziga bolta urildi, chunki yorqinlik azob-uqubatlaming ham yo‘lini yoritgan edi.
Saf tortgan og‘ir davrlar ostonada kirishga shaylanib turardi.
“DUDEN LUG‘ATI”. BIRINCHI IZOH
Do'stlaringiz bilan baham: |