Jahon adabiyotining bestselleri markus zusak



Download 1,76 Mb.
bet163/226
Sana06.02.2022
Hajmi1,76 Mb.
#433776
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   226
Bog'liq
Kitob o`g`risi

Ma’nodosh so‘zlar: dahshat, xavotir, vahima, cho'chish,
qo'rqinch.



“Deutschland über Alles”ni kuylayotgan yoki o‘zlarining nafasi bilan bahslashayotgan odamlardan iborat boshqa boshpanalardan farqli oTaroq, Fidlerlar yertoTasida yashiringanlarda bunday holat kuzatilmadi.


U yerda faqat qo‘rquv va hadik, Roza Hubermanning quruqshagan lablari- dan chiqayotgan o‘lik qo‘shiq kezardi.




Sirenalar yangrashi tugashidan biroz oldin hech qachon tusi o‘zgar- maydigan yog‘och yuzli Aleks Shtayner rafiqasining oyog‘iga yopishgan kichkintoylami aldab-suldab o‘ziga tortdi. Keyin esa paypaslab o‘g‘li Kurtning bo‘sh qo‘lini topdi. Matonatli va qat’iy nigohli Kurt otasi va singlisining qo‘lini mahkamroq ushladi. Shu tariqa bir necha lahzada bosh- panadagi barcha nemislar bir-birlarining qo‘llarini ushlashib, aylana hosil qilishdi. Sovuq qo‘llaming muzi iliq kaftlarda erib tushdi, rangpar va dag‘al teri orqali bittasining yurak urishi ikkinchisiga o‘tdi. Ba’zi birovlar halokatli yakunni yoki havo hujumi tugaganligini bildiruvchi ishorani kutib ko‘zlarini yumib oldilar.
Bu odamlaming barchasi shunday ayanchli taqdirga loyiq edilarmi?
Qancha-qanchasi Gitleming nigohidan mast bo‘lib, uning bayonot- lari, jumlalari va asarlarim tilidan qo‘ymay takrorlab, o‘zgalami faol ra- vishda ta’qib qildilar? Yahudiyni yashirgan Roza Huberman aybdormi? Yoki Hans gunohkormi? Ulaming barchasi o‘lishga loyiq edilarmi? Bolalar-chi?
Shu singari savollaming javoblari meni juda qiziqtiradi, lekin meni aldashlariga yo‘l qo‘ya olmayman. Shuni aniq bilamanki, o‘sha kecha eng kichik farzanddan tashqari hamma mening borligimni his qildi. Men ularga bir taklif yoki maslahat misolida edim, xayoliy oyoqlarim oshxona va yo‘lakda tinmay borib kelardi.
Har doim kitob o‘g‘risining odamlar haqidagi so‘zlarini o‘qib qol- ganimda, ularga juda achinaman, lekin o‘sha paytlarda lager atrofida ayla- nib yurganimda ko‘rgan odamlarimga bundan-da ko‘proq rahmim kelardi. Albatta, yerto‘lalardagi nemislaming taqdiriga achinmaslikning iloji yo‘q, ammo hech bo‘lmaganda ularda imkoniyat bor. Yerto‘la yuvinish xonasi emas, hech kim ulami cho‘milish uchun haydab shu yerga kiritmagan. Shu bois ham ushbu odamlaming hayot uchun kurashishga frirsati yetarli edi.
Yerto‘la odamlarining notekis doirasida daqiqalar asta-sekin erib borardi.
Roza va Rudining qo‘llarini ushlab oigan Lizelni faqat bitta o‘y — Maksning taqdiri xavotirga solardi.





“Himmel” ko‘chasiga bombalar yog‘dirilsa, Maks qanday tirik qoladi?


Lizel atrofga qarab, Fidlerlaming yerto‘lasini obdan o‘rganib chiqdi. Bu yer “Himmel” ko‘chasidagi 33-uyning yerto‘lasiga qaraganda ancha mustahkam va chuqur edi.
U ovoz chiqarmasdan xayolan Hansga savol berdi:
— Siz ham u haqida o‘ylayapsizmi?
Lizelning so‘zsiz savoli unga yetib bordi shekilli, Hans qizga qarata bosh irg‘ab qo‘ydi. Bir necha daqiqa o‘tgach, vaqtinchalik tinchlikni angla- tuvchi uchta sirenasi yangragach, “Himmel” ko‘chasidagi 45-uy yerto‘la- sida turganlar xotiijam tortishdi.
Ba’zilar ko‘zlarini yumib ochdilar.
Sigaret aylana bo‘ylab sayr qilib chiqdi. U Rudi Shtayneming lab- lariga yetganda, Aleks Shtayneming qo‘li uni yulqib oldi.
Bu sen uchun emas, Jessi Ouens.
Bolalar ota-onalarini quchoqlashdi va ular o‘zlarining, chindan ham, tirik qolganlarini va yana yashashda davom etishlarini to‘ liq idrok etishlari uchun bir necha daqiqa kerak bo‘ldi. Shundan keyingina ular zinapoyadan yuqoriga, Herbert Fidleming oshxonasiga ko‘tarila boshlashdi.
Ko‘cha bo‘ylab birin-sirin hamma o‘z uyiga jimgina tarqaldi. Ko‘p- chiligi yo‘l-yo‘lakay osmonga tikilib, omon qolganliklari uchun Xudoga tashakkur izhor qilishdi.
Uyga kelganidan keyin Hubermanlar darhol o‘zlarining yerto‘lalari- ga yugurishdi, ammo ularga Maks u erda yo‘qdek tuyuldi. Chiroq xira va to‘q sariq rangda nur sochar, Maks esa ko‘rinmas, ulaming chaqiruvlariga javob bermasdi.
— Maks?
— Ug‘oyib bo‘libdi.
— Maks, shu yerdamisan?
— Ha, shu yerdaman.
Awaliga ularga bu so‘zlar bir uyum qog‘ozlar va bo‘yoq qutilar ortidan kelayotganday tuyuldi, lekin Lizel Maksni o‘zlarining oldida turga-


nini birinchi bo‘lib payqadi. Maksning horg4in yuzini mato va bo‘yoq- chilik uskunalari rangidan farqlab olish mushkul edi. U ko‘zlari va lablari karaxt ahvolda o‘tirgandi.


Kelguvchilar yaqinlashganda u yana gapirishga chog‘lanib: “Men chidab tura olmadim”, — dedi.
Uning gaplariga Roza javob qaytardi. U cho‘kkalab o‘tirib Maks­ning yuziga qaradi.
Nimani nazarda tutyapsan, Maks?
— Men... — u biror so‘z aytishga ham qiynalardi. — Hamma yoq tinch bo‘lgan paytda dahlizga chiqdim. Mehmonxonadagi pardaning jimit- dek ochiq joyidan... ko‘chaga qaradim. Atigi bir necha soniyagina.
Maks yigirma ikki oydan buyon tashqi dunyoni ko‘rmagan edi.
Uning qilgan ishidan hech qanday g‘azablanmadi, tanbeh ham beril- madi.
Hans sukunatni buzib: “Xo‘sh, u yerda nimani ko'rding?” — deb so'radi.
Maks ulkan qayg‘u va hayrat bilan boshini ko‘tardi.
Yulduzlami ko‘rdim. Ular mening ko‘zlarimni kuydirib tash- lashdi.
* * *
Yerto4ladagi to'rtovlonning ikki nafari oyog'ida tik turar, qolgan ikkisi esa o'tirardi.
O‘sha kecha ulaming hammasi ham bir yoki ikki dahshatning guvo- hi bo‘lishgandi. Bu joy ulaming haqiqiy yerto‘lasi, haqiqiy qo'rquv mako- ni edi. Maks o‘zini o‘nglab, qutilar ortiga o‘tib yotish uchun o'midan qo‘z- g‘aldi.
U barchaga xayrli tun tiladi, ammo zinapoya ostiga o‘tmadi. Lizel o‘gay onasining ruxsati bilan ertalabgacha u bilan birga qolib, unga “Zul- matdagi qo‘shiq” kitobini o‘qib berdi, Maks esa kitobiga rasm chizish bilan band bo‘ldi.




“Himmel” ko‘chasidagi derazadan qaraganimda, — deb yozardi Maks, — yulduzlar ko‘zlarimga o‘t qo‘yib yubordi”.


LII BOB


OSMON O‘G‘RISI


Keyinchalik birinchi havo hujumi haqiqiy bo‘lmaganligi ma’lum bo‘ldi.
Agar odamlar samolyotlami ko‘rmoqchi bo‘lishganida, tun bo‘yi o‘sha yerda turishlariga to‘g‘ri kelardi. Shuning uchun radiodan ham kuku- lagan ovoz chiqmagan ekan. “Molking ekspress” gazetasida bulaming barchasiga bitta mudofaa minorasida turgan aloqachining noo‘rin vahima ko‘tarishi sabab bo‘lgani haqida xabar chop etildi. O‘sha odam samolyot- laming guvullashini eshitganini, hatto ufqda ulami ko‘rganini aytib qasam ichgan va hamma yoqqa signal yuborgan.
— U buni atayin qilgan bo‘lsa kerak, — dedi Hans Huberman. — Kim ham minorada o‘tirib, bombardimonchi samolyotlarga o‘q uzishni xohlaydi?
Kutilganidek, Maks yerto‘lada o‘tirib maqolani o‘qib bo‘lgach, o‘sha g‘alati tasawurga ega aloqachining vazifasidan bo‘shatilgani va endi umuman boshqa joyga va boshqa ishga o‘tishi kutilayotgani haqida ham aytib berdi.
— Unga omad tilashdan boshqa nima ham qila olardik, — gapini yakunladi Maks boshqotirmalar bo‘limiga o‘tarkan. U o4sha yigitning ahvoliga tushunib, unga hamdardlik ko‘rsatayotgani ko‘rinib turardi.
Vaholanki, keyingi havo hujumi haqiqiy edi.
19-sentyabrga o‘tar kechasi radiodan kukulash yangradi, so‘ngra salmoqli ovoz Molkingni bomba nishoniga aylangan hududlar ro‘yxatiga kirganligi haqida xabar beta boshladi.

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish