388
——fcsws-
Yana bir bor “Himmel” ko‘chasidagi yosh-u qarilar g‘imirlab qo- lishdi. Hans bu safar ham akkordeonini olmoqchi emasligini sezgan Roza uni eslatganida eri qat’iyan rad etdi va: “So‘nggi marta uni olib ketma- gandim. Ko‘rib turganingdek, omon qoldik”, — deb qo‘ya qoldi. Urush mantiq va xurofot o‘rtasidagi chegarani yaqqol buzib tashlagan edi.
Vahima havosi ulami Fidlerlar xonadonining yerto‘lasiga eltib qo‘y- di. Janob Fidler: “Bugun haqiqiy hujum bo‘ladiganga o‘xshaydi”, — deyi- shi bilan bolalar bu safar atrofdagi ota-onalaming ham qattiq qo‘rquvga tushganini angladilar hamda faqatgina o‘zlariga xos bo‘lgan yo‘sinda bunga o‘z munosabatlarini bildirishdi. Yosh go‘daklar endi uvullab, yig‘lab- siqtashni boshlashganida yerto‘la birdan chayqalib ketganday tuyuldi.
Bombaning gumburlagan ovozi harto yer ostidagilarga ham g4ira- shira eshitildi. Havo bosimi yerga qapishib, yanchilib qolgandek, Molking- ning bo‘m-bo‘sh ko‘chalaridan biri tishlab, uzib olingandek edi go‘yo.
Roza qo4rqqanidan Lizelning qo‘llariga yopishdi. Chinqirib yig4la- yotgan bolalaming ovozlari ulami battar tepkilar va mushtlar edi.
Hattoki Rudi ham tayoq kabi tik turar, o‘zini befarqdek ko‘rsatishga urinib battar zo‘riqishga uchrardi. Yelkalar va tirsaklar joy uchun kurash- dilar.
Ba’zi katta yoshli odamlar bolalami tinchlantirishga harakat qilish- di. Boshqalar esa o‘zlarini ham tinchlantira olmasdilar.
— Anavi bolaning og‘zini yuminglar! — deya o‘shqirdi Frau Xol- sapfel, lekin uning gapi xuddi boshqalamikidek boshpanadagi iliq betar- tiblik ichida izsiz yo‘qolib ketdi.
Bolalaming ko‘zlaridan mungli ko‘z yoshlar to‘kilar, vahimali na- faslar, qo‘ltiq ostidan ajraigan terlar va eskirgan kiyimlaming hidlari odamlar bilan to‘lgan qozonda bir-biri bilan aralashib, biqirlab qaynardi.
Ikkalasi yonma-yon turgan bo‘lsa-da, Lizel baqirishga majbur bo‘ldi.
— Oyi? — Yana bir marta. — Onajon, qo‘limni ezib yuboryapsiz! — Nima?
— Qo‘lim og‘riyapti!
Roz uning qo‘lini darhol qo‘yib yuborgach, Lizel biroz tinchlanish va yerto4 laning shovqinidan diqqatini uzish uchun kitoblaridan birini ochib o‘qiy boshladi.
Eng tepada turgan “Hushtakboz”ning sarlavhasini baland ovozda o‘qib e’tiborini bo‘lmaslikka urindi. Birinchi xatboshini o‘qiyotganida quloqlari karaxt bo‘layozdi.
— Nima deyapsan? — baqirdi Roza, lekin Lizel javob bermasdan birinchi sahifani o‘qishda davom etdi.
Lizel ikkinchi sahifaga o‘tganida Rudi unga e’tibor qaratdi. Mu- tolaani biroz tinglab turgach, ukasi va singillarining yengidan tortib, ularga ham jim turib tinglashni tayinladi. Hans Huberman Lizelga yaqin kelib, hammani sukut saqlashga chaqirdi va tez orada g‘ala-g‘ovurli yerto‘laga osoyishtalik qoni tarqaldi. Uchinchi sahifaga yetib kelganida Lizeldan tashqari barcha mum tishlagandek jimib qolgan edi. Lizel boshini ko‘tarib qarashga jur’at etolmadi, lekin so‘zlami kitobdan tortib olib, lablaridan chiqarib yuborayotganida qo‘rquvli nigohlaming o‘ziga qadalganini his etib turardi.
Ichidagi ovoz notalami mohirlik bilan chalar va: “Mana, sening akkordeoning”, — der edi.
Keyingi sahifa ochilgan lahzada tinglovchilaming tanalari naq ikki- ga bo‘lib ketgandek bo‘lardi.
Lizel tinmasdan o‘qiyverdi.
Yigirma daqiqa davomida u atrofidagilarga kitobdagi hikoyani uzatib turdi. Yosh bolalar uning ovozidan tinchib qolishdi, boshqalaming ko‘z oldida jinoyat joyidan qochayotgan hushtakboz namoyon bo‘ldi. Biroq Lizel bundan mustasno edi. Kitob o‘g‘risi o‘zining olg‘a yurishi uchun qog‘ozga jasadlari tashlangan, kaltaklangan va oyoq osti qilingan so‘zlaming mohiyatinigina ko‘rardi. Ba’zan gap tugab, keyingisiga o‘tish oralig‘idagi soniyada u Maks bilan uchrashar, xastaligida unga kitob o‘qib bergan damlari ko‘z oldidan o‘tardi. U hali ham yerto‘lada o‘tirganmikan? Yoki osmonning bir parchasini o‘g‘irlash uchun yana yuqoriga chiq- qanmikan?
G)
Do'stlaringiz bilan baham: |