YANGI KITOB
Navbatdagi kitob siz o'ylaganingizdek “Duden lug'ati va
izohi” emas.
Chunki lug‘at ushbu kichik trilogiyaning so‘nggida paydo bo‘ladi va biz hozir ikkinchi qismidamiz. Mazkur qismda Lizel “Tush tashuvchi” asarini tugatib, har doimgidek hokimning kutubxonasidan “Zulmatdagi qo‘shiq” nomli hikoyani o‘g‘irlaydi. Awalgi o‘g‘riliklaridan farqi shun- daki, bu safar shaharchaning yuqori qismiga uning yakka o‘zi chiqadi. O‘sha kuni Rudi yo‘q edi.
O‘sha tong quyosh nuri va ko‘pikli bulutlarga boy edi.
Lizel hokimning kutubxonasiga tushib, xona o‘rtasida barmoqlarini ochko‘zlik bilan kitoblar ustida yuritib, ulaming nomlarini pichirlab o‘qir- di.
Ushbu kutubxonaga ilk marotaba kelgan paytidagidek bu safar ham u o‘zini shu qadar bemalol his qilardiki, javonlar osha kitoblami birin-sirin, shoshilmasdan ko‘zdan kechirardi.
— “Olcha daraxti ostida”, “O‘ninchi leytenant”.
Har safargidek, ko‘plab kitoblar o‘zini ko‘z-ko‘z qilib uni yo‘ldan ozdirishga urinishdi, lekin xonada ikki-uch daqiqa izg‘igach, u o‘ziga ke- rakli kitobni topdi — uning nigohi yashil muqovali “Zulmatdagi qo‘shiq” kitobida qotdi.
Lizelning bunday rangdagi kitobi yo‘q edi. Muqovaga muhrlangan yozuv oq rangda, sarlavha va muallifhing ismi orasiga nay tasviri tu- shirilgan edi.
Lizel yo‘l-yo‘lakay rahmat deb shivirlagancha kitobni ko‘tarib dera- zaga tirmashdi va pastga sakradi. Yo‘lda ketar ekan, Rudining о‘mi juda bilindi, lekin kitob o‘g‘risi negadir o‘sha kuni tongda yolg‘iz bo‘lsa ham o‘zini juda baxtli sezdi.
Lizel vaqtni ketkazmasdan ishga kirishdi — Amper daryosi qirg‘o-
g‘ining sobiq o‘g‘riboshi Artur Berg va Viktor Hemmel vaqtinchalik qarorgoh sifatida tanlaydigan joylaridan uzoqroqqa ketib, kitob o‘qishga tushdi.
Uning yoniga hech kim kelmadi ham, kitob oqishiga xalaqit ham bo‘lmadi. Lizel “Zulmatdagi qo‘shiq”ning to‘rtta qisqaroq bobini o‘qib tugatib, yaxshi kitobni o‘g‘irlaganligidan quvonch va mamnuniyat hissini tuydi.
Afsuski, oradan bir hafta o‘tgach, baxt trilogiyasi nihoyasiga yetdi.
Avgust oyining so‘nggi kunlarida ularga sovg‘a yetib keldi, aniq- rog‘i, uni payqab qolishdi.
Quyosh botib qorong‘ilik yoyila boshlagan kezda Lizel “Himmel” ko‘chasida Kristina Myulleming arqonda sakrashini kuzatib o‘tirardi. Aka- sining velosipedini tez haydab kelayotgan Rudi Shtayner uning oldiga yetishi bilan birdan tormoz berib yubordi.
— Ozgina vaqting bormi? — deb so‘radi Rudi kela solib.
Lizel yelka qisdi.
— Nega so‘rayapsan?
— Hozir men bilan birga bir joyga borib kelmasang bo‘lmaydi, — Rudi shosha-pisha velosipedni turgan joyiga tashlab, ikkinchi velosipedni olib kelish uchun uyiga qaytib ketdi. Lizel jimgina tepkining aylanishini tomosha qildi.
Ular Grande ko‘chasiga yetib kelishganlarida Rudi to‘xtab, nimani- dir kuta boshladi.
— Xo‘sh? — so‘radi Lizel. — Nimani kutyapmiz?
Rudi qo‘li bilan ishora qildi.
— Diqqat bilan atrofni kuzat.
Ular velosipedlarini asta haydab, ko‘m-ko‘k qarag‘ay tagiga bekinib olishdi.
Lizel tikanli novdalar orasidan qarab yopiq turgan oynani, so‘ngra oynaga suyangan bir buyumni ko‘rdi.
— Bu, axir...
Rudi bosh irg‘adi.
Ular bir necha daqiqa bahslashib axiyri bu ishni qilish kerakligiga amin bo‘lishdi. Kitob u yerga ataylab qo‘yilgan edi, agar u tuzoq bo4lsa, kitob tavakkal qilib ko‘rishga arziydi.
Lizel kukunli ko‘k shoxchalar ostida turib shunday dedi:
— Kitob o‘g‘risi uni oigan bo‘lar edi.
U velosipedini qulay joyga qo‘ydi, ko‘chani ko‘zdan kechirdi va hovlini kesib o‘ta boshladi. Bulutlaming soyalari qorong‘i o‘t-o¿lanlar osti- ga ko‘milib qolgan edi. Ular odamlar qulab yiqiladigan chuqurlarmi yoki yashirinish mumkin bo‘lgan quyuq qorong‘i joylarmi? Lizelning tasav- vurida shu chuqurlardan biriga tushib ketsa to‘ppa-to‘g‘ri hokimning dah- shatli panjalari tutib oladigandek tuyuldi. Bu xayollar dahshatli bo‘lsa ham uni biroz chalg‘itdi va Lizel deraza tagida kutilganidan tezroq paydo bo‘ldi.
“Hushtakboz”ning o‘g‘irlanish tarixi takrorlangandek edi go‘yo — qizning asab tolalari zo‘riqa boshladi, vujudini ter bosib, qaltiroq bosdi.
Lizel boshini baland ko‘tarib, derazaga suyangan kitobning sarlav- hasini o‘qidi: “Duden lug^ati1 va izohi”. Lizel bir soniya Rudiga o‘girilib: “Lug‘at kitob ekan”, — dedi.
Rudi yelkasini qisib, qo‘llarini ikki tomonga yoydi.
Lizel epchillik bilan derazaning romini yuqoriga itarib, ichkari to- mondan qaraganda o‘zining harakatlari qanday ko‘rinishini tasawur qilishga urindi. Uning ko‘z oldida derazani yuqoriga siljitib kitobning narigi tomonga qulashi uchun sharoit yaratgan o‘g‘rining qo‘li namoyon bo‘ldi. Lug‘at xuddi kesilgan daraxt kabi asta-sekinlik bilan qulab tushdi. O‘lja qo‘lga kiritildi. Hech qanday shubhali harakatlar va shovqin sezil- madi. Kitob unga qarab og‘ganda qiz bo‘sh qo‘li bilan uni ushlab oldi, derazani silliq va yumshoq tarzda yopib qo‘ydi-da, orqasiga o‘girilib, bulutlaming o‘ydim-chuqurlari osha ortiga qaytdi.
— Ajoyib natija, — dedi Rudi velosipedni unga uzatarkan.
1 “Duden” — nemis tilining imlo lug‘alining nomi. Nemis tilshunosi va leksikografí Konrad Duden (1829-1911) sharafiga shunday nomlangan. Birinchi nashri 1880-yilda chiqqan.
— Rahmat.
Ular muyulishga qarab velosipedlarini haydab ketishdi. Lizelni yana o‘sha, o‘ziga yaxshi tanish bo‘lgan bir his qamrab oldi — ulami kuza- tishayotgandi. Ichidagi ovoz tepkilami ayamay bosardi.
— Derazaga qara. Derazaga qara.
U buyruqqa bo‘ysundi. Timoqqa intizor qichimadek u ham to‘xtash- ni juda xohladi.
Lizel oyog‘ini yerga qo‘yib, hokimning uyiga va kutubxona oyna- siga o‘girildi va uni ko‘rdi. Albatta,u oldinroq shunday uchrashuv sodir bo‘lishini taxmin qilgan bo‘lsa kerak, shunga qaramay, Lizel deraza ortida turgan hokimning xotinini ko‘rganida, dahshatga tushganini yashira olma- si. Ayolning siymosi shaffof ko‘rinsa ham, baribir, u o‘sha yerda turgan edi. Paxmoq sochlar, ma’yus ko‘zlar, lablaridagi ifoda — hammasi o‘sha- o‘sha edi. liza Hermán ko‘chada qotib turgan kitob o‘g‘risiga asta qo'lini ko‘tardi. Harakatsiz qo‘l silkish.
Hayratdan hanuz qotib turgan Lizel Rudiga ham, o‘ziga ham hech narsa demadi. Shunchaki qaddini biroz rostlab, deraza ortidagi ayolga qo‘l ko‘tardi.
“DUDEN LUG‘ATI”. IKKINCHI IZOH
Do'stlaringiz bilan baham: |