Nachtrauem — pushaymonlik. Bo‘lib o'tgan ishdan yoki yo'qotishdan afsuslanish, umidsizlikka tushish.
Ma’nodosh so'zlar: tavba qilish, xafa bo'lish, qayg'urish, aza tutish.
— Uni ko‘ryapsanmi? — Hans bir kuni Lizel uning yoniga kelib panjara ustiga egilganda so‘rab qoldi. — Ana u yerda, suvda?
Daryo juda tez oqmayotgan edi. Erinib mavjlanayotgan to‘lqinlarda Lizel Maksning yuz tuzilishini, pardek sochlari va boshqa qismlarini ham ko‘rgandek bo4 Idi. Path sochlar va boshqa hamma narsalar.
— U yerto4 lamizda fyurer bilan har kuni mushtlashardi.
-^0^
— Yo Iso, Bibi Maryam va Yusuf! — Hansning qo‘llari yog‘och ko‘prikni mahkamroq ushladi. — Men tentakman.
“Yo‘q, dada. Siz shunchaki insonsiz”, — deya ich-ichidan sasla- nardi Lizel.
Bu so‘zlar Lizelning tiliga bir yildan so‘ng, u yerto‘lada o‘tirib o‘zining hikoyasini yozayotgan paytida keldi va o‘sha ko‘prikda turgan- larida ulami o‘ylamaganidan afsuslandi.
— Men ahmoqman, — dedi Hans Huberman asrandi qiziga. — Mehribonman ham. Bu esa meni dunyodagi eng katta ahmoqqa aylantiradi. Bilasizmi, ular meni olib ketish uchun kelishlarini xohlayman. Har kun kutib yashagandan ko4ra shunisi yaxshiroq.
Hans Huberman qanday qilib vijdoni oldida o‘zini oqlashi zarur edi. U Maks Vandenburgning uydan arzirli sabab bilan ketganligini bilishi kerak edi.
Nihoyat, deyarli uch haftalik kutishdan so‘ng u o‘sha fursat keldi deb o‘yladi.
O‘sha kuni kechqurun Frau Xolsapfelning uyidan qaytayotgan Lizel ko‘chada uzun qop-qora palto kiygan ikki kishini payqab qolib, tezda uyiga shoshildi.
— Dada, dada! — shoshilganidan oshxona stolini ag‘darib yubori- shiga bir baxya qoldi. — Dada, ular kelishdi!
Birinchi bo‘lib Roza chiqdi:
— Buncha shovqin ko‘taryapsan, hoy cho‘chqa? Kim kelibdi?
— Gestapo!
— Hansi!
Hans allaqachon hammasini eshitgan edi, shu sababli ularga pesh- voz chiqish uchun ildam yurib ketdi. Lizel dadasi bilan birga bormoqchi edi, lekin Roza uni ushlab qoldi. Shundan so‘ng ikkalasi deraza oldiga o‘tishdi.
Hans darvoza oldiga chiqqach, bezovta bo‘lib ikkilana boshladi. Roza Lizelni yelkasidan qattiqroq qisdi. Lekin kelguvchilar ularga qayrilib ham qaramay o‘tib ketishdi.
* * *
Hans deraza tomon xavotir bilan qarab qo‘yib, darvozadan tash- qariga chiqib ketdi va ikkalasining ortidan baqirdi:
— Hey! Men shu yerdaman. Sizlar izlagan odam menman. Mana bu uyda yashayman.
Uzun palto kiyganlar bir lahzaga to‘xtab, daftarlariga tikilishdi.
— Yo‘q, yo‘q, — deyishdi ular unga. Ulaming ovozlari past va dadil edi. — Afsuski, siz biroz kattalik qilasiz.
Ular biroz oldinga yurishdi, ammo uzoqqa ketishmadi — 35-uy oldida to‘xtab, ochiq darvozadan hovliga kirishdi.
— Frau Shtayner siz bo‘lasizmi? — eshik ochilganida shunday deb so‘rashdi.
— Ha, menman.
— Siz bilan gaplashib olishimiz kerak.
Plashli kishilar Shtaynerlaming tovuq katagidek uyining ayvonida ikki ustundek turishardi.
Ular ba’zi sabablarga ko‘ra Rudini so‘rab kelishgan edi.
SAKKIZINCHIQISM
“SO‘Z SILKITUVCHI”
; q
Do'stlaringiz bilan baham: |