Bu qism quyidagilarni o‘z ichiga
oladi:
Domino va zulmat — yalang‘och Rudi haqidagi o‘ylar —jazo — so‘zida turgan odamning rafiqasi — yig'uvchi — non xo‘randalari — daraxtdagi shamlar — maxfiy chizilgan rasmlar kitobi — anarxistning liboslar to‘plami.
LVIIBOB
DOMINO VA ZULMAT
Rudi Shtayneming mushtdek singillarining ta’biri bilan aytganda oshxonada ikkita maxluq o‘tirar, ulaming qo'rqinchli ovozlari eshik orti- dan ham eshitilib turardi. Bu paytda uch nafar Shtaynerlar “maxluqlar”dan sal narida domino o‘yinini o‘ynashar, qolgan uchtasi esa hech narsadan bexabar holda xonalarida radio tinglashardi. Rudi oshxonadagi suhbatning o‘tgan hafta maktabda sodir bo‘lgan voqealarga hech qanday aloqasi yo‘q deb umid qildi. O‘sha voqeani Lizelga ham, uydagilariga ham aytishni ep ko‘rmagandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |