Qora paltoli kishilar kim uchinchi ekanligini juda yaxshi bilishardi.
Ular “Himmel” ko‘chasiga kelib ketishganidan bir kun o‘tgach Rudi Lizel bilan uyining oldida o‘tirib, butun boshli qissasini ipidan ignasigacha aytib berdi, harto eng kichik tafsilotlami ham yashirib o‘tirmadi. U taslim bo‘lib, o‘sha kuni maktabda sinfdan olib ketilganida sodir bo‘lgan barcha voqeani aytib berdi. U harto bahaybat hamshira va Yurgenning yuzidagi ifodani kulib tasvirlab berdi. Ammo sirasini aytganda, uning hikoyasidan, ayniqsa oshxonadagi ovozlar va murdasimon domino donachalarini hisob- ga olganda, bezovtalik hidi anqirdi.
Lizel bir necha kun mobaynida miyasidan bitta o‘yni — uchta o‘g‘il bolaning, aniqrog‘i, Rudining tekshiruvdan o‘tkazilishini quva olmay yurdi.
U karavotida yotib, Maksni qo‘msar, uning hozir qayerlarda darba- dar yurganini bilishni istar, uning tirik va sog‘-salomat yurishi uchun tin- may ibodat qilar, lekin bular o‘rtasida Rudi ham bor edi.
Rudi qorong‘ida qip-yalang‘och holda qizarib turardi. Shundoq ham dahshatli manzara unga qo‘llarini yuqoriga cho‘zish buyurilgan lahzada battar avj olib ketdi.
Ushbu manzara qanchalik uyatli bo‘lmasin, lekin negadir Lizel undan anchagacha qutula olmadi.
LIXBOB
JAZO
Fashistlar Germaniyasida oziq-ovqatlardan farqli o‘laroq, jazo iste’moliga kartochkalar orqali hech qanday cheklov qo‘yilmagan edi, biroq har bir kishi ertami-kechmi o‘z nasibasini olishga majbur edi. Kimdir uchun bu nasiba begona mamlakatdagi urushda o‘lish shaklida, boshqalar uchun esa qashshoqlik va urush nihoyasida Yevropa bo‘yicha olti million yahudiyning bevaqt olingan jonlari uchun aybdorlik yuki shaklida uchrar- di.
Ularning aksariyat o‘zlarining jazolari yetib kelayotganini ko‘rib- bilib turishsa ham faqatgina kichik bir qismi buni mamnuniyat bilan qabul qildi. Ulardan biri Hans Huberman edi.
Ko‘chada yahudiylarga yordam berish yaxshilikka olib kelmaydi.
Yerto‘lada yahudiyni yashirmaslik lozim.
Hans uchun dastlabki jazo vijdon azobi bo‘ldi.
U Maks Vandenburgni o‘zi bilmagan holda tinch yerto‘ladan notinch yer yuziga sudrab chiqqanini o‘ylayverib ich-etini yedi.
Lizel vijdon azobining qanday berahm ekanligini rad etilgan tushl ¡klar va ko‘prik ustida Amper daryosiga tikilib turishlar misolida bilib oldi.
Hans endi akkordeon chaimas, doimo ezgulik bilan boquvchi kumush ko‘zlari yaralangan va harakatsiz qotib qolgan edi.
Bu holatni yomon deb baholash mumkin, lekin bu faqat boshlanishi
edi.
Noyabr oyining boshidagi chorshanba kunlaridan birida unga atal- gan haqiqiy jazo pochta orqali yetib keldi. U ko‘rinishidan xushxabarga o‘xshardi.
— Partiyaga qo‘shilish? — taajjubga tushdi Roza. — Senga ko‘zlari uchib turganlari yo‘q edi-ku.
— Hali ham shunday bo‘lsa kerak.
Hans o‘tirib, xatni qayta o‘qidi.
U qo‘poruvchilik harakatini amalga oshirganligi yoki yahudiylarga o‘z uyidan boshpana berganligi uchun sudga tortilmayotgandi, xatda bunga o‘xshash gap yo‘q. Aksincha, aksariyat odamlaming nazdida, u taqdir- langan edi. Axir, qanaqasiga?
Shu bilan bo'ldimi? Unga atalgani shumi faqat?
Yo‘q.
Juma kuni Hans Hubermanning Germaniya armiyasi safiga olinishi to‘g‘risida chaqiruv qog‘ozi keldi.
“Partiya a zosi o ‘z mamlakati boshdan kechirayotgan urushga hissa qo ‘shishdan xursand bo ‘lishi kerak”, — degan jumla bilan tugagandi o‘sha xabar.
Agar u xursand bo‘lmasa, oqibatlari yomon bo‘lishi aniq edi.
Endigina Frau Xolsapfelning uyidan qaytib kelgan Lizel oshxona sho‘rvaning bug‘idan hamda Hans va Roza Hubermanlaming ifodasiz yuz- laridan havosi og‘irlashgan oshxonaga kirdi. Hans kursida o‘tirar, Roza esa allaqachon qaynab to‘kila boshlagan sho‘rvaga e’tibor bermasdan uning tepasida turardi.
— Ey Xudo, ishqilib, Rossiyaga jo'natishmasin-da, — iltijo qildi
Hans.
— Oyijon, qarang, ovqat to‘kilyapti.
— Nima?
— Sho‘rva deyapman, — Lizel darhol oshxonani kesib o‘tib, qozonni olovdan oldi.
Ovqatni arang asrab qolgach, Lizel o‘girilib, o‘gay ota-onasiga qara- di.
Ularning yuzlari xuddi Yer sayyorasidan nom-nishonsiz yo‘q bo‘lib ketgan shaharlarga o‘xshardi.
— Dada, nima bo‘ldi?
Hans indamay unga stoldagi qog‘ozni uzatdi, Lizel uni olib o‘qigan sari qo‘llari titray boshladi. So‘zlar varaqqa qattiq zarb bilan urib yozilgandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |