Jahon adabiyotining bestselleri markus zusak


LIZEL MEMINGERNING TASAWURI



Download 1,76 Mb.
bet178/226
Sana06.02.2022
Hajmi1,76 Mb.
#433776
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   226
Bog'liq
Kitob o`g`risi

LIZEL MEMINGERNING TASAWURI
Sinchlangan, deyarli bo‘m-bo‘sh oshxonadagi olov
yonida eskirgan yozuv mashinkasining bitta o‘zi so'ppayib turibdi turibdi. Uning yuzasidagi tugmachalarining rangi allaqachon o‘chib ketgan, uchiga o'rnatilgan oppoq qog‘oz sabr-toqat bilan kutar, faqat ahyon-ahyonda derazadan kirgan yengil shabadaga biroz bo‘yin egardi. Qahva ichib olishga ajratilgan vaqt ham deyarli yakunlandi. Eshikdan o'zining bo‘yi bilan teng keluvchi qog'oz uyumini ko'tarib oigan odam chayqalib kirib keldi. Shu qog'ozlarga sigareta juda oson o'ralsa kerak.


Aslida, Lizel xotiralarini qalamga ola boshlaganidagina o‘sha yozuv mashinasini tasawurida ko‘rishga muvaffaq bo‘lgan edi. U butun Germa- niya bo‘ylab Hans Huberman va Aleks Shtaynerlardek bechoralarga yor-


dam berib, o‘z farzandidan voz kechishni rad etganlarga bunday xatlardan qanchasi yuborilganiga qiziqdi.


Bu nemis armiyasining tobora zaiflashib borayotganligidan dalolat edi.
Ular Rossiyada ketma-ket mag‘lubiyatga uchrashayotgan bir paytda Germaniya shaharlari bombardimon qilinayotgandi.
Front uchun ko‘proq askar zarur edi, shuningdek, aholini urushga jalb qilishning usullari ham bir talay edi.
Aksariyat hollarda eng yomon vazifalar safarbar etilganlaming eng no‘noqlariga nasib etardi.
Ko‘zlarini satrlar bo‘ylab yurgizayotgan Lizel zarb bilan bosilgan yumaloq harflar teshigi orasidan o‘zlarining yog‘och stolini ko4rdi. “Majburiyat” yoki “burch” kabi so‘zlar qog‘ozga qattiqroq botgandi. Lizelning ko‘ngli aynib, qusgudek bo‘ldi.
— Nima bu?
Hans yumshoqlik bilan javob berdi:
— Qizim, senga o‘qishni o‘rgatdim deb o‘ylab yurardim, — Hans- ning ovozida hech qanday g‘azab yoki istehzo alomati sezilmas, yuziga mos ravishda bo‘m-bo‘sh edi.
Lizel Rozaga qaraganida o‘ng ko‘zi ostidagi mayda yoshni ko‘rdi, bir daqiqadan so‘ng uning karton qutisidek yuzi qarata bo‘kirib yubordi. Ko‘z yosh yonoq bo‘ylab pastga dumaladi va iyagi tomon yo‘l oldi.

20 DAQIQADAN SO‘NG: “HIMMEL” KO‘CHASIDAGI QIZ
U yuqoriga nigohini tikkancha shivirlab gapirardi.
Maks, bugun osmon rangpar va yumshoq. Bulutlar ham shunchalik yumshoq va g'amginki, va... — u uzoqlarga qarab, qo'llarini bir-birining ustiga qo‘ydi. Urushga ketayotgan otasi haqida o'ylay turib paltosiga yaxshiroq o'ranib oldi. — Havo sovuq, Maks. Juda ham sovuq...



Besh kundan so‘ng — Lizel odatdagidek ob-havoni baholash uchun tashqariga chiqqanida — osmonni ko‘rish baxtiga muyassar bo‘la olmadi.
Qo‘shni uy zinapoyasida sochlari silliq taralgan Barbara Shtayner chekib, qaltirab o‘tirardi.
Lizel unga tomon yura boshladi, lekin Shtaynerlaming to‘ng‘ich farzandi paydo bo‘lishi bilan qotib qoldi.
Kurt uydan chiqib, onasining yoniga o‘tirdi. Lizelning to‘xtaganini ko‘rgach, unga qarata qichqirdi:
Bu yerga kelaver, Lizel. Rudi ham hozir chiqadi.
Biroz ikkilanib turgach Lizel yurishda davom etdi.
Barbara chekayotgan sigaretaning uchida kul chayqalib turardi. Kurt lining qo‘lida sigaretani olib kulini qoqdi, biroz ichiga tortgach qaytarib uzatdi.
Sigaret tugagach, Rudining onasi boshini ko‘tardi. U barmoqlarini sochlarining chiroyli chiziqlari bo‘ylab yuritdi.
— Otamiz ham ketyapti, — dedi Kurt.
Shundan keyin oraga jimlik cho‘kdi.
Frau Diller do‘konining tashqarisida bir guruh bolalar ko‘chada to‘p tepishayotgandi.
— Ular oldingga kelib, bolalaringdan birini berishni so‘rashganida, bo‘shliqqa gapirdi Barbara, — rozi bo‘lmasdan boshqa ilojing qolmas ekan.


——


LXBOB




VA’DASINING USTIDAN CHIQUVCHI AYOL







Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish