Variantlar asosida



Download 18,87 Kb.
Sana14.06.2022
Hajmi18,87 Kb.
#669707
Bog'liq
1-ONLAYN TEST



VARIANTLAR ASOSIDA

1-5-mavzular


1. Bolsheviklar sovet hokimiyatining dastlabki davri oralig’ida sodir bo’lmagan voqeani aniqlang.


A) Turkiston Kommunistik partiyasining II syezdida o’lka Musulmonlar Byurosi tashkl qilindi
B) Farg’ona vodiysida sovet rejimiga qarshi qurolli istiqlolchiliuk harakati boshlandi
C) RKP (b) X syezdi oziq-ovqat razvyorstkasini oziq-ovqat solig’I bilan almashtirish to’g’risida qaror qabul qildi
D) Markazga tashib ketilayotgan non mahsulotlari va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarining miqdori bir necha marta ko’paydi

2. Quyidagi voqealarni xronologik ketma-ketlikda joylashtiring.


1. Toshkentda Turkiston bolshevistik tashkilotlarning tashkiliy o’lka syezdi bo’lib o’tdi va unda Turkiston Kommunistik partiyasi tuzildi
2. Qo’qon shahridagi Rus-Osiyo banki binosida bolsheviklar tomonidan tayyorlangan tinchlik shartnomasi imzolandi
3. Turkiston Muxtoriyati tashkil topdi
4. Turkistonda Yangi iqtisodiy siyosat qo’llana boshlandi
A) 3, 2, 1, 4 B) 3, 1, 4, 2
C) 2, 4, 1, 3 D) 2, 4, 3, 1

3. Quyidagilardan tarixiy haqiqatga muvofiq kelmaydigan javobni aniqlang.


A) Yer-suv islohoti dastlab Yettisuv, Sirdaryo, Farg’ona, Samarqand viloyatlarida amalga oshirilgan
B) 1921-yil avgust oyida Turkiston Kompartiyasining VI syezdi o’tkazildi
C) Pud 16, 38 kg ga, desyatina esa 1, 09 gektarga teng o’lchov birligi
D) 1920-1921-yillarda Turkistondan Rossiyaga 4,4 mln pud g’alla jo’natilgan

4. 1918-yil 20-noyabrda Turkiston ASSRda kimning raisligida ocharchilikka qarshi kurash Markaziy Komissiyasi tuzilgan?


A) A. Muhitdinov B) T. Risqulov
C) N. Xo’jayev D) U. Xo’jayev
5. 1919-yil mart oyida tashkil etilgan Musulmonlar Byurosi tarkibiga quyidagilardan kimlar kiritilmagan edi?
1. A. Muhitdinov 2. Y. Agayev
3. M. Cho’qayev 4. O. Mahmudov
5. N. Xo’jayev 6. U. Xo’jayev
A) 3, 4, 5 B) 3, 4, 6 C) 2, 4, 5 D) 1, 3, 5

6. Turkiston Muxtoriyati tarkibidagi lavozimlarini ular egallagan shaxslar bilan to’g’ri muvofiqlashtiring.


1. Obidjon Mahmudov 2. A. O’rozayev
3. M. Cho’qayev 4. Ubaydulla Xo’jayev
a) harbiy vazir
b) ichki ishlar vaziri o’rinbosari
c) tashqi ishlar vaziri
d) oziq-ovqat vaziri
A) 1-d, 2-b, 3-c, 4-a B) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a
C) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c D) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a

7. Quyidagilardan xronologik xato javobni aniqlang.


A) 1917-yil 1-dekabrda Turkiston Muxtoriyatining Muvaqqat hukumati a’zolari imzolagan maxsus Murojaatnoma e`lon qilindi
B) 1917-yil 15-22-noyabrda Sho’royi –Ulamo tashkilotining tashabbusi bilan turli musulmon guruhlarining birlashgan kengashi o’tkazildi
C) 1918-yil 19-26-yanvarda Turkiston Muxtoriyati hukumatini kuch bilan tugatish haqida qaror qabul qilindi
D) 1917-yil dekabrda Toshkentda 60 ming kishi ishtirok etgan miting o’tkazildi

8. Noto’g’ri javobni aniqlang.


A) Hidoyatbek Yurali Agayev Turkiston Muxtoriyati hukumatida yer va suv boyliklari lavozimida ishlagan
B) 1917-yil noyabrda Turkiston o’lka Xalq Komissarlari Soveti tuzildi
C) Samarqand va Skobelev shaharlarida 1917-yil noyabrda sovet hokimiyati o’rnatildi
D) Sho’royi- Ulamo jamiyatining Toshkentdagi shubasiga Mulla Muhiddinxon rahbarlik qilgan

9. Xronologik xato javobni aniqlang.


A) 1917-yil sentyabrda Toshkentda Turkiston va Qozog’iston musulmonlari qurultoyi o’tkazilgan
B) 1917-yil 16-23-aprelda Toshkent shahrida Butunturkiston musulmonlarining I qurultoyi bo’lib o’tdi
C) 1919-yil may oyida bolsheviklar tomonidan Sho’royi Islomiya va Sho’royi-Ulamo tashkilotlari tugatildi
D) Turkiston o’lka XKS 1918-yil 30-yanvar kuni Turkiston Muxtoriyatiga qarshi harbiy harakatlarni boshladi

10. 1917-yil noyabrda Toshkentda Sho’royi –Ulamo tashkilotining tashabbusi bilan turli musulmon guruhlarining birlashgan kengashi o’tkazildi. Kengash kun tartibida … masalasi turar edi.


A) Turkistonda Muxtoriyat tuzish
B) Turkistonda hokimiyatni tashkil etish
C) Turkiston o’lka musulmonlari Markaziy kengashini tuzish
D) Butunturkiston musulmonlari qurultoyini chaqirish

11. Turkiston jadidlari islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish, taraqqiyot va rivojlanishga faqat tinchlik yo’li bilan, parlament orqali erishishni mo’ljallagan edilar, ammo qanday voqea kuchlar nisbatini butunlay o’zgartirib yubordi?


A) Fevral inqilobi
B) Muvaqqat hukumatning vujudga kelishi
C) Bolsheklar partiyasining vujudga kelishi
D) Jadidlar orasida qadimchilarni ajralib chiqishi

12. Qaysi voqea Turkiston o’lkasi musulmon aholisini siyosiy jihatdan uyg’otishda, demokratik o’zgarishlarga boshchilik qilmoqchi bo’lgan yangi kuchlarning siyosat maydoniga chiqishida muhim ahamiyat kasb etgan?


A) Fevral inqilobi
B) Turkiston komitetining tuzilishi
C) Oktabr inqilobi
D)”Sho’roi Islomiya”ni tuzilishi

13. Muvaqqat hukumat tomonidan Turkiston komiteti qachon tuzilgan va eserlar partiyasidan kim rasilik qilgan?


A) 1917-il 1-martda, Aleksandr Kerenskiy
B) 1917-yil 7-aprelda, Nikolay Shchepkin
C) 1917-il 1-martda, Georgiy Lvov
D) 1917-yil 7-aprelda, Vladimir Nakivkin

14. Quyidagi qaysi voqealar aynan bir kunda sodir bo’lgan?


1.Rossiya hududida grigorian kalendari joriy etish to’g’risida dekret
2.Imperator Nikolay II taxtdan voz kechdi
3.Moskvada Muvaqqat hukumat tuzildi
4.Turkiston komiteti tuzildi
5.Toshkentda ishchi deputatlari Soveti tuzildi
A) 1, 3, 4 B) 2, 5 C) 2, 3, 5 D) 1, 4

15. Quyidagi qaysi shahardada ”Sho’roi Ulamo”ning shu’basi bo’lmagan?


A) Marg’ilon B) Qo’qon
C) Toshkent D) Samarqand

16. 1917-yil 16-23-aprelda qabul qilingan dasturda qanday vazifalar qo’yilgan?


1. ichki siyosiy tuzilmada shariat qonunlariga qat’iy rioya qilish
2. mintaqadagi barcha musulmonlarni yagona maslak va fikr asosida birlashtirish
3. Turkistonga muxtoriyat maqomini berish uchun kurashish
4. milliy-diniy qadriyatlarni yuksaltirishga da’vat etish
5. madrasalarni iqtisodiy qo’llab-quvvatlash
6. o’lka musulmonlari orasida islohotlar o’tkazish g’oyalarini tarqatish
A) 2, 3, 6 B) 1, 3, 5 C) 1, 4, 5 D) 2, 4, 6

17. Milliy Markaz – Turkiston o’lka musulmonlar kengashi tashkil etilgach, kimlar kotiblari bo’lishgan?


A) Mustafo Cho’qay, Islom Shoahmedov
B) Munavvarqori, Zaki Validiy
C) Behbudiy, Munavvarqori
D)Islom Shoahmedov, Zaki Validiy

18. Bolsheviklar guruhi tashkil topganidan qancha vaqt o’tib, Lenin boshchiligida XKS ni tuzdilar?


A) 12 yil B) 19 yil C) 17 yil D) 14 yil

19. Turkiston Muxtoriyati hukumat a’zolari ocharchilik changalida qolgan Turkiston aholisiga qayerdan g’alla keltirish muammosini hal qilish uchun amaliy qadamlar tashlagan?


A) Orenburg B) Qrim
C) Kavkaz D) Moskva

20. Quyidagi qaysi qatorda Ivan Tobolin faoliyatiga xos lavozimlar berilgan?


1. Turkiston ASSR MIK raisi
2. Toshkent Soveti rahbari
3. Musbyuro raisi 4. TKP raisi
5. Turkbyuro raisi
A) 1, 5 B) 2, 4 C) 3, 4 D) 2, 5

21. Quyidagi qaysi hududda bo’lib o’tgan viloyat Sovetlari syezdida yig’ilganlar Turkiston Muxtoriyatiga qo’shilishga qaror qildilar va Millat Majlisi tarkibiga 5 vakil sayladilar?


A) Toshkent B) Samarqand
C) Andijon D) Qo’qon

22. Quyidagi tashkilotlar va ularning tuzilgan davri to’g’ri ko’rsatilgan javob variantini aniqlang.


1. Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Komiteti
2. Musulmonlar byurosi (MusByuro)
3.Turkiston Kompartiyasi
4. Ocharchilikka qarshi Markaziy komissiya
5. Turkiston o’lka Xalq Komissarlari Soveti
6. Turkiston o’lka musulmonlar kengashi
a) 1919-yil mart b) 1918-yil 20-noyabr
c) 1918-yil 20-aprel – 1-may
d) 1918-yil 17-25-iyun e) 1917-yil 16-23-aprel
f) 1917-yil 15-22-noyabr
A) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b, 5-e, 6-f
B) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b, 5-f, 6-e
C)1-f,2-a,3-b,4-d,5-c,6-e
D)1-f,2-a,3-e,4-b,5-c,6-d

23. Quyidagilardan xronologik xato javobni aniqlang.


A) Madaminbek bilan N. Veryovkin Roxalsiy o'rtasida 1920-yil 6-martda Skobelev shahrida yarash bitimi imzolandi
B) 1921-yil 13-sentyabrda Frag'ona vodiysida favqulodda holat e'lon qilindi
C) Bahrombek 1918-yildan boshlab 2000 yigit bilan Samarqand viloyatida qizil armiyaga qarshi janglarda faol qatnashdi
D) 1920-yilning kech kuziga kelib Madaminbek qo'l ostida 30 ming nafarga yaqin yigit qizil armiyaga qarshi istiqlol janglarini olib bordilar

24. Quyidagilardan nisbatan keyinroq sodir bo'lgan voqeani aniqlang.


A) Bahrombek va ukasi Shahriyor qo'rboshi qo'lga olinib Samarqand shahrida otib tashlandi
B) Bachqir qishlig'idan bo'lgan Kichik Ergash vafot etdi
C) T. Risqulov Turkiston Sovet Respublikasi nomini o'zgartirib, uni Turk Respublikasi deb atash taklifi bilan chiqdi
D) Ivan Tobolin raisligida 7 kishidan iborat Markaziy Komitet saylandi

25. Quyidagilardan to'g'ri javobni aniqlang.


A) 1918-yil 17-25-iyunda Turkiston Kommunistik partiyasi tashkiliy jihatdan rasmiylashtirildi
B) Ochilbek 1920-yildan boshlab Turkiston milliy birligi tashkiloti ko'rsatmalari asosida faoliyat ko'rsatgan
C) 1920-yil fevral oyiga kelib istiqlolchilik harakatlarida jangovor tashabbus qizil armiya qo'liga o'tdi
D) Istiqlolchilik harakatining yo'lboshchilaridan biri bo'lgan Madaminbek 1921-yil mayda o'ldirildi

26. Madaminbek vafot etgan (a) va Turkiston mintaqasida istiqlolchilik harakatining birinchi davri yakunlangan (b) yillarni aniqlang.


A) a-1920-yil, b-1924-yil
B) a-1921-yil, b-1923-yil
C) a-1920-yil, b-1923-yil
D) a-1921-yil, b-1925-yil

27. 1920-yil yanvar oyining o'rtalariga kelib jangovor tashabbus qizil armiya qo'liga o'tishiga quyidagi qaysi omil sabab bo'lgan?


A) harbiy texnika va qurol yarog' borasida ustunligi
B) Farg'ona vodiysiga bolsheviklar tomonidan qo'shimcha kuchlarning boshlanishi
C) kuchlar son jihatdan teng bo'lmaganligi
D) urushga puxta tayyorgarlik ko'rilgani

28. Quyidagilardan nisbatan oldin sodir bo'lgan voqeani aniqlang.


A) Farg'ona muvaqqat muxtoriyat hukumatining tuzildi
B) Shermuhammadbek boshchiligida Turkiston - turk mustaqil islom jumhuriyati tashkil topdi
C) Toshkentda Turkiston ishchi, soldat, krestyan, musulmon va dehqon deputatlarining V o'lka syezdi bo'lib o'tdi
D) Turkiston Muxtoriyati hukumatini kuch bilan tugatishga doir qaror qabul qilindi

29. ... viloyatidagi istiqlolchilarga 1918-1923-yillarda Bahrombek va Ochilbek kabi mashhur qo'rboshilar rahbarlik qilgan.


A) Farg'ona B) Samarqand
C) Yettisuv D) Amudaryo

30. Turkiston Muxtoriyati hukumat a’zolari ocharchilik changalida qolgan Turkiston aholisiga qayerdan g’alla keltirish muammosini hal qilish uchun amaliy qadamlar tashlagan?


A) Orenburg B) Qrim
C) Kavkaz D) Moskva



Download 18,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish