№9
SINTAKSIS
SINTAKSISHAQIDAMA’LUMOT
Bizfoydalanayotgantilturlibirliklardan, vositalardaniborat. Ularningharbiritildao'ziningmuhimvazifasinibajaradi. Tahlilqilgandatilbirliklariajratiladi, aniqlanadivaizohlanadi. Gap - tilning birligi. So'z birikmasi - tilning birligi. So'z - tilning birligi. Tovush - tilning birligi. Qo'shimcha - tilning birligi.
Til birligi – bir-biridan vazifasi,ifoda materiali,tuzilishi va tizimdagi o’rni bilan farqlanadigan til hodisasi.
BILIB OLING. So'zlarning tildagi muayyan qonun-qoidalar asosida o'zaro birikuvidan so'z birikmalari va gaplar hosil bo'ladi. So'z birikmalari va gaplar o'z qurilishi va ifoda mazmuniga ko'ra farqlanadi. So'zlarni tilning ma’lum qoidalari asosida bir-biriga bog’lab so’z birikmasi va gap hosil qilish sintaktik hodisadir, ana shunday hodisalarni,ya’ni so’z birikmalari va gaplarning qurilishi hamda ifoda xususiyatlarini o'rganuvchi til bo'limi sintaksis deyiladi.
Sintaksis yunoncha syntaxis so’zidan olingan bo’lib, “yopishtirish,bog’lash” demakdir.
Sintaksis so'zlarning bir-biri bilan bog'lanishi hamda gap tuzilishi qonun-qoidalarini o'rganganligi uchun unda: 1) so'z birikmasi sintaksisi; 2) gap sintaksisi kabi bo'limlar mavjuddir.
Gap og'zaki nutqda ma'lum bir ohang bilan aytiladi. Bu ohang yozuvda tinish belgilari bilan ifoda etiladi. Tinish belgilari qo'llanishi haqidagi qoidalar yig'indisi punktuatsiya deyiladi.
Har qanday til o'zining nutq tovushlari, so'zlari (iboralari) va qo'shimchalaridagi imkoniyatlarini sintaksisda, ya'ni gap qurilishida namoyon qiladi.
GAPDA SO’ZLARNING BOG’LANISHI
Gap,odatda,bir so’zdan yoki bir necha so’zlarning o’zaro grammatik va mazmuniy bog’lanishidan ham tashkil topishi mumkin. Masalan, Kuz…Bog’larda mevalar g’arq pishgan. Yuqoridagi gaplarning birinchisi faqat bir so’zdan tashkil topgan bo’lsa, ikkinchisi to’rtta so’zning o’zaro grammatik va mazmuniy bog’lanishi natijasida hosil bo’lgan.
Gap ikki va undan ortiq so’zlardan iborat bo’lganda,bu so’zlar o’zaro grammatik va mazmun tomondan bog’lanadi.
Bir so’zning boshqa so’zga grammatik vositalar (grammatik qo’shimchalar,yordamchi so’zlar) yordamida bog’lanishi grammatik bog’lanish hisoblanadi.
Masalan, yuqorida keltirilgan ikkinchi misolda bog’larda so’zi pishgan so’ziga –da kelishik qo’shimchasi bilan bog’langan.
Gapda so’zlarning bog’lanishi faqat grammatik bog’lanish bilan cheklanib qolmaydi. Bog’lanayotgan so’zlar mazmuniy tomondan ham o’zaro muvofiq bo’ladi. Masalan, gullamoq so’zi gul chiqarmoq ma’nosi bilan gullash xususiyatiga ega bo’lgan narsalarni bildiruvchi so’zlarga bog’lanadi: o’rik gulladi,jiyda gulladi kabi, lekin tosh,loy,suv kabi so’zlar bilan bog’lana olmaydi. Yashnadi,rivojlandi ma’nosi bilan yashnashi mumkin bo’lgan turli jamoa,tashkilot,mahalla nomlarini bildiruvchi so’zlarga ham bog’lanadi: qishloq gulladi,litsey gulladi kabi. Ko’rinadiki,o’zaro bog’lanayotgan so’zlarda mazmuniy uyg’unlik bo’ladi.
Gapda so’zlarning bog’lanishi ikki xil bo’ladi: a) teng bog’lanish; b) tobe bog’lanish.
Bir xil gap bo’lagi vazifasida kelib,ko’pincha b ir xil so’roqqa javob bo’luvchi bo’laklarning o’zaro teng bog’lovchilar yoki sanash ohangi yordamida bog’lanishi teng bog’lanish sanaladi. Teng bog’lanish – ikki so’zning teng huquqli,biri ikkinchisiga bo’ysunmay bog’lanishi: opam va kitob, uy va tom,olma va anor kabi.
So’zlarning teng bog’lanishi so’z qo’shilmalarini hosil qiladi.So’z qo’shilmasida har bir so’z ma’no mustaqilligini,alohida-alohida narsalarni nomlab kelish xususiyatini saqlab qoladi: siz-u biz,chol va dengiz; olma,anor,shaftoli – ohang yordamida bog’langan teng bog’lanish.
Bir bo’lakning boshqa bo’lakka kelishik,shaxs-son,zamon qo’shimchalari,ko’makchilar, so’z tartibi va ohang yordamida bog’lanishiga tobe bog’lanish deyiladi. Tobe bog’lanish ikki xil sintaktik birlikni vujudga keltiradi: a) gap; b) so’z birikmasi.
Shaxs-son qo’shimchalari yordamida bog’lanish gapni,kelishik,egalik qo’shimchalari,ko’makchilar va ohang yordamida bog’lanish so’z birikmasini hosil qiladi. Masalan: Gul ochildi (shaxs-son,zamon qo’shimchasi –di yordamida bog’langan) – gap. Gulning ochilishi (qaratqich va egalik qo’shimchasi yordamida bog’langan) – so’z birikmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |