13-mashq. Berilgan so'z birikmalari va gaplarni qiyoslang, so'z birikmasi va gap orasidagi farqlarni aniqlang. Kesim ulardan qay biriga xos?
1. Qiziqarli mashg'ulot - Mashg'ulot qiziqarlidir. 2. Oydin kecha - Kecha oydindir. 3. Maqolani o'qimoq - Maqolani o'qidim. 4. Qattiq sovuq - Sovuq qattiq. 5. O'qishli asar - Asar o'qishli.
14-mashq. Berilgan so'z birikmalarini va gap juftliklaridagi gap kesimini aniqlang va uning kesimlikni ifodalovchi qanday vositalar bilan shakllanib kelganligini tushuntiring.
1. Chiroyli gul. Gul chiroyli (chiroylidir, chiroyli edi). 2. Muhandis akam. Akam muhandisdir (muhandis edi, muhandis bo'ladi). 3. Shirin qovun. Bu qovun shirin (shirindir, shirin edi). 4. G'azalni yodlash (yodlamoq). G'azalni yodlaymiz (yodlang, yodladim). 5. Ko'chat o'tqazish. Ko'chat o'tqazing (o'tqazdik, o'tqazamiz).
So'z birikmalarini tahlil qilish. Tahlil tartibi:
1. Berilgan gapdagi so'z birikmalarini aniqlab, yozib chiqish.
2. Har bir so'z birikmasini alohida-alohida tahlil qilish:
a) hokim so'z bilan tobe so'zning birikish turini ko'rsatish;
b) hokim so'z va tobe so'zni aniqlash;
c) hokim so'z va tobe so'zni bog'lovchi grammatik vositani ko'rsatish;
d) hokim so'z va tobe so'zni qaysi so'z turkumi bilan ifodalanganligini izohlash;
e) so’z birikmasining hokim so’ziga ko’ra turini izohlash (otli so’z birikmasi, fe’lli so’z birikmasi).
Tahlil namunasi: Zargarov sahrodagi ishlarning miqyosini yaxshi tasvirlab berdi. (As.M.)
Gapda 4 ta so'z birikmasi mavjud: yaxshi tasvirlab berdi, miqyosini tasvirlab berdi, ishlarning miqyosi, sahrodagi ishlar.
1) yaxshi tasvirlab berdi - bitishuv; hokim so'z - tasvirlab berdi, tobe so'z - yaxshi; ohang va ma'no vositasida birikkan; sifat (ravish vazifasida) + fe'l;fe’lli so’z birikmasi; 2) miqyosini tasvirlab berdi - boshqaruv; hokim so'z - tasvirlab berdi, tobe so'z - miqyosini; tushum kelishigi qo'shimchasi (-ni) vositasida birikkan; ot + fe'l;fe’lli so’z birikmasi; 3) ishlarning miqyosi - moslashuv; hokim so'z - miqyos, tobe so'z - ishlarning; qaratqich kelishigi (-ning) va egalik (-i) qo'shimchalari vositasida birikkan; ot + ot; otli so’z birikmasi; 4) sahrodagi ishlar - bitishuv; hokim so'z - ishlar, tobe so'z -sahrodagi; ohang va ma'no vositasida birikkan; sifat + ot;otli so’z birikmasi.
15-mashq.Quyidagi gaplarni so'z birikmalari bo'yicha sintaktik tahlil qiling. 1. Derazaning ochiq tabaqasidan kirayotgan shamol darpardani xomushgina silkitardi. (O'.H.) 2. Ahmadjon aka o'z hayotida esda qoladigan hech nima ko'rmadi. (Yo.Shukurov) 3. Quyosh yo'lini hech qanday kuch to'sa olmaganidek, bizning haq yo'limizni ham hech qanday kuch to'solmaydi. (Yo. Shukurov)
GAPHAQIDAUMUMIYMA’LUMOT
Gapbirvoqea-hodisahaqidagixabarni,so’roqniyokibuyruqniifodalovchiasosiysintaktikbutunlikdir. Gapso’zbirikmasidankesimvaega, yokifaqatkesimbo’laklarigaaloqadorgrammatikasosgaegaligibilanfarqqiladi,so’zbirikmasitushuncha, gapfikrifodalaydi. Grammatikasosdagapningfikriymundarijasiifodalanadi. Bufikriymundarijafe’lkesimningmaylvazamonma’nolaribilanbog’liqbo’ladi. Masalan, Bolalar ishlayaptilar. Ozoda rasm chizmoqda gaplari ish-harakatning hozirgi zamonda bo’layotganidan darak bersa, Bolalar ishladi. Ozoda rasm chizdi gaplari esa ish-harakatning o’tgan zamonda bo’lganidan darak beradi. Siz dalaga borasizmi? Sen hikoyani o’qidingmi? gaplari o’tgan zamonda bo’lgan ish-harakat haqida so’roqni bildiradi. Siz she’rni o’qing. Siz shu ishni bajarib qo’ysangiz gaplari buyruq-istak ma’nosiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |