Savol: Maks Vandenburg qanday qilib Lizelning karavotiga kelib qoldi?
Javob: U yiqilib tushdi.
J
Fikrlar turlicha edi, ammo Roza Huberman barcha yovuzliklaming ildizi o‘tgan “Rojdestvo”ga borib taqalishi haqidagi fikrida sobit turib oldi.
24-dekabr och va sovuq keldi, lekin uning bitta ulkan afzalligi ham bor edi — o‘sha kuni uzoqqa cho‘ziluvchi tashriflar bo‘lmadi. Kichik Hans
bu vaqtda o‘zida ruslarga qarata miltig‘idan o‘q uzar va oilasi bilan aloqalarini cheklashda davom etardi. Trudi esa “Rojdestvo” arafasidagi dam olish kunlaridan birida atigi bir necha soat kirib o‘tishga ulgurdi, xolos. U o‘zi xizmatkorlik qiladigan oila bilan ta’tilga jo‘nab ketayotgan edi. Germaniyaning butunlay boshqa bir qatlami ta’tilga ketayotgan edi.
“Rojdestvo” arafasida Lizel Maksga ikkita hovuch qomi sovg‘a sifatida olib keldi.
— Ko‘zlaringni yum, — dedi u kela solib. — QoMlaringni esa oldinga cho‘z.
Qor qo4ldan qo‘lga o‘tishi bilanoq Maks sovuqdan titrab, kulib yubordi, lekin ko‘zlarini ochmadi. Awaliga u qomi erib ketmasidan burun shosha-pishä lablariga teggizib tatib ko‘rdi. Qor zarralari uning lablariga singib ketdi.
— Bu bugungi ob-havo ma’lumotimi?
Lizel unga yaqinroq kelib, muloyimlik bilan Maksning yengidan ushladi.
Maks yana qomi og‘ziga olib bordi.
— Rahmat, Lizel!
Dasturxonlarida na mo‘l-ko‘l ovqat va na bayram sovg‘alari bolsada, bu yilgi “Rojdestvo” ko‘tarinki ruh bilan boshlandi. Chunki ulaming yerto‘lasida Qorbobo bor edi.
Dastlabki ikki hovuch qomi yetkazib bergandan so‘ng Lizel ko‘cha- da hech kim yo‘qligiga ishonch hosil qildi va keyin uydan qo‘liga ilingan barcha chelak va idishlami olib chiqdi. Ulami dunyoning tor burchagi, ya’ni “Himmel” ko‘chasini qoplagan qor va muz uyumlari bilan to‘ldira boshladi. Barcha idishlami to‘ldirganidan keyin esa ulami uyga olib kirib, yerto‘laga tushirdi.
Hamma narsa o‘yinga shay bo‘lgach, Lizel birinchi bo‘lib bir hovuch qomi yumalab Maksga qarata otdi va u tomonidan qomiga qor kelib tushdi. Maks hattoki yerto4laga bir sabab bilan tushgan Hans Hubermanga harn qor uloqtirdi.
— Arschloch! Lizel, menga ham qoringdan ber-chi. Bir chelak qor
ber! — Hans qichqirib yubordi. Ular bir necha daqiqaga hamma narsani unutishdi. Boyagi baqir-chaqir va qichqiriqlar o‘mini o‘qtin-o‘qtin yang- raydigan qisqa kulgilar egalladi. Ular shunchaki yerto‘lada qor o‘ynayot- gan oddiy, baxtiyor odamlar edi.
Hans qor bilan liq to‘la idishlarga qaradi.
— Qolgan qorlarni nima qilamiz?
— Qorbobo! — dedi Lizel. — Kelinglar, undan qorbobo yasaylik.
Hans zinadan sal teparoqqa o‘rlab Rozani chaqirdi. Uning chaqiri- g‘iga javoban tanish ovoz va tanish so‘zlar yangradi:
— Yana nima gap, qari cho‘chqa?
— Yerto4 laga tushgin.
Xotini ko'rinishi bilan Hans Huberman unga qarata yaxshilab tay- yorlangan qor to‘pini irg'itish bilan o‘z hayotini xavf ostiga qo‘ydi. Qor mo'ljaldan biroz adashib, devorga tegdi-da, yerga tushdi. Bu esa Rozaning uzoq vaqt davomida nafasini rostlamay erini obdan so‘kishiga sabab bo‘l- di. Va nihoyat o'zini bosib olgach, Roza pastga tushdi va ularga qorbobo yasashda qilishda yordam beta boshladi. U hatto qorboboning ko‘zlari va bumi uchun tugmalami va tabassumi uchun ip ham olib keldi. Balandligi atigi yarim metrga teng bo‘lgan qorboboning bo‘yniga sharf o‘rab shlyapa ham kiydirib qo‘yishdi.
— Mana mitti qor odam ham tayyor, — dedi Maks.
— U eriy boshlasa, nima qilamiz? — so‘radi Lizel.
Roza allaqachon javobni tayyorlab qo‘ygandi:
— Sen, urg‘ochi cho'chqa, hamma yoqni bir zumda tozalab qo‘yasan.
Hans uning gapidan norozi bo‘ldi.
— Qorbobo erimaydi, —Hans qo‘llarini bir-biriga ishqalab, ichiga puflab qo‘ydi. — Bu yer juda sovuq-ku.
Garchi qorbobo asta-sekin eriy boshlagan bo‘lsa-da, ulaming har birining qalbida u awalgidek mag'rur va yuksak turaverdi. Ehtimol, o‘sha qorbobo siymosi “Rojdestvo” arafasida charchab uxlashga yotishganida hammasining ko‘z oldidan o‘tgan eng oxirgi narsadir. Ulaming quloqlarida
akkordeon ovozi yangrar, ko‘zlarida qor odami porlardi, Lizel esa kamin yonida Maks bilan xayrlashayotganda u aytgan oxirgi so‘zlar haqida o‘ylardi.
B
Do'stlaringiz bilan baham: |