305
XL BOB
SUZAYOTGAN KITOB
(II qism)
Dekabr oyi boshida Rudi Shtayner g‘ayrioddiy tarzda bo‘lsa ham nihoyat g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Qor yog‘ay-yog‘ay deb turgan sovuq, ammo sokin kunlaming birida maktabdan qaytayotgan Rudi va Lizel Aleks Shtayneming do‘koniga kirib o‘tishdi. Shundan so‘ng uylariga yo‘l olganlarida muyulishdan chiqib kela- yotgan Rudining eski do‘sti Frans Doychemi ko‘rib qolishdi. O€sha kun- larda Lizel “Hushtakboz”ni qo‘lidan qo‘ymay doimo yonida olib yurishni odat qilgan edi. Silliq muqovasi yoki qattiq qirralari uchunmi, ishqilib, u negadir shu kitobni qo‘lida ushlab yurishni yaxshi ko‘rardi. Doychemi birinchi bo‘lib Lizel ko‘rdi.
— Qara, — dedi u Rudini turtib. Doycher “Gitleryugend”ning yana bir yetakchisi bilan birga ulaming qarshisidan dadil qadam tashlab keli- shardi.
Rudi orqaga tisarildi, endi tuzala boshlagan ko‘zining yengil titra- ganini his qildi.
— Faqat bugun emas, — u yon-atrofiua nazar tashlab oldi. — Agar cherkovning yonidan aylanib o‘tib, daryo bo‘yidan ketsak, yo‘lni biroz qisqartira olarkanmiz.
Lizel ortiqcha gap-so‘zsiz Rudining orqasidan ergashdi va ular mu- qarrar kaltakdan, ya’ni Rudiga mushtumzo‘rlik qilgan yigit bilan to‘q- nashib ketishdan qutulib qolishdi.
Ko‘prik o‘rtasida yo'lni to‘sib sigaret burqsitayotgan bolalardan dastlab shubhalanishmadi, chunki bunday to‘dalar ayni paytda ko‘paygan edi. Lekin oradagi masofa qisqara borishi bilan ikki tomon bir-birini tanib olganida juda kech bo‘lgandi.
— Jin ursin, ular bizni ko‘rib qolishdi.
Viktor Hemmel iijaygancha nihoyatda do‘stona tarzda gapirdi. Bu esa uning hayot uchun eng xavfli kayfiyatda ekanligini anglatishi mumkin edi, xolos.
— Tushimmi bu yo o‘ngimmi? Mana bular Rudi Shtayner bilan uning kichkina fohishasi emasmi? — Viktor ulami quchoq ochib kutib oldi va “Hushtakboz”ni qizning qo‘lidan yulqib oldi. — Xo‘sh, qaysi kitobni o‘qiyapmiz?
— Quloq sol, uning kitobini darrov qaytarib ber, — Rudi u bilan murosa qilishga urindi. — Bu ikkimizning oramizdagi masala, uning bunga aloqasi yo‘q.
— “Hushtakboz”mish, — endi Hemmel Lizelga qarab gapira boshladi. — Qiziq ekanmi?
Lizel tomog‘ini qirib “Yomon emas”, — deya javob qaytardi. Afsuski, u hayajonli nigohi bilan allaqachon o‘zidagi hadikni fosh qilib qo‘ygandi. Lizel xato qilganini Xemmel kitobning qimmatbaho buyum deya baholab, uni qaytarish uchun o‘z shartini qo‘ygan paytda sezdi.
— Xo‘sh, endi meni eshitinglar, — deya davom etdi Viktor, — kitoblaringni ellik marka evaziga qaytarib olishlaring mumkin.
— Ellik marka?! — Endi Shmeykl hayratini yashira olmadi. — Qo‘ysang-chi, Viktor, bunday katta pulga mingta kitob sotib olish mumkin-ku.
— Sendan gap so‘ramadimmi, Endi?
Endi Shmeykl indamadi, uning og‘zi abadiy yopilgandek edi.
Lizel yuzida beparvolik ifodasini aks ettirishga urindi:
— Mayli, kitobni senga berganim bo‘lsin. Men uni allaqachon o‘qib tugatganman.
— Xo‘sh, unda oxiri qanday tugaydi?
Jin ursin! Lizel hali oxirigacha o‘qib chiqmagan edi.
Qiz ikkilanib qolgach, Viktor Hemmel bir zumda uning yolg‘on gapirganini sezdi.
Rudi unga yordam berishga oshiqdi.
— Qo‘y> Viktor, Lizelga ham yopishmasang-chi endi. Senga men
kerakman. Istagan narsangni qilaman, uni esa tinch qo‘y.
Viktor qo‘lidagi kitobni yuqoriga ko‘tarib, bir silkitib ko‘rdi va Rudining oxirgi jumlasini tuzatdi.
— Yo‘q, bunaqasi ketmaydi. Men istagan narsamni qilaman, — dedi va daryo tomon yurdi. Qiziq voqeadan quruq qolishni istamaganlar uning izidan yugurib yoki yurib ketishdi. Kimdir Viktor qilmoqchi bo‘lgan ishga norozilik bildirsa, kimdir uni qo‘llab-quwatlardi.
Tezda daryo bo‘yiga yetib kelishgach, Viktor haqoratomuz, lekin samimiy ovozda savol berdi:
— Menga aytinglar-chi, Berlindagi so‘nggi Olimpiadada disk otish bo‘yicha kim chempion bo‘ldi? — Rudi va Lizelga murojaat qildi, qo‘l- larini bir-biriga ishqalab isingan bo‘ldi. — Kim edi-ya o‘sha? Jin ursin, tilimning uchida turibdi. O‘sha amerikalik sportchimidi? Duradgor yoki boshqa bir...
Rudi: “Bas qil!” — deb o‘shqirdi. Oqim pasaya boshladi. Viktor Hemmel daryo tomonga o‘girildi. Kitob tantanali ravishda uning qoMidan uchib ketdi. Shamolda sahifalari ochildi, silkindi, shitirladi. Kitob kutil- ganidan ham keskinroq otilgani uchun parvoz paytida qotib qoldi va birdan pastga qulab tushdi. Shalop etib suv yuzasiga urildi va xuddi daryoga singib ketganday oqim bo‘ylab suzib ketdi.
Viktor boshini chayqadi.
— Mo‘ljalni balandroq olsam bo‘lar ekan. Shundan ham uloqtirish bo‘ldi-yu? — u yana tiijaydi. — Ammo, baribir, oltin medalga loyiq, shunaqa emasmi?
Rudi va Lizel atrofhi tutgan baralla kulgini eshitishni ham istash- madi.
Rudi kitobni ko‘zdan qochirmaslikka harakat qilib, qirg‘oq bo‘ylab yura boshladi.
— Uni ko‘ryapsanmi? — deb baqirdi Lizel.
Rudi shiddat bilan chopib ketdi. Qo‘li bilan kitobning qayerdaligini Lizelga ko‘rsatgancha suv chetiga yugurdi.
— Ana u! — u yugurishdan to‘xtab, qo‘lini silkitdi va oqimdan
o‘zish uchun yana yugurdi. Bir necha lahzadan so4ng u allaqachon palto- sini yechib tashlab, suvga sakragan va daryoning o‘rtasiga yo‘l olayotgan edi.
lining izidan chopayotgan Lizel qadamini sekinlatib yurishga o‘tdi, har odim otganida oyog‘i sovuqdan qaqshab ketayotganini sezdi. Azobli izg‘irin.
Lizel biroz yaqinlashganida Rudining yonginasidan suzib o‘tayot- gan kitobni ko‘rdi, lekin Rudi tezda unga yetib olib qo‘lini cho‘zdi-da, bir uyum shilta qog‘ozni baland ko‘tardi.
— “Hushtakboz”! — baqirdi u. O‘sha kuni Amper daryosida faqat bitta kitob suzib yurgan edi, ammo u, baribir, bu kitob nomini jar solib aytishni ma’qul ko‘rdi.
Yana shunisi qiziqki, Rudi kitob uning qo‘liga tushgan zahotiyoq muzdek suvdan chiqib ketishga shoshilmadi. U yana bir daqiqa yoki undan ziyodroq vaqt turib qoldi. Rudi bu qilig‘ining sababini hech qachon Lizelga izohlab bermagan bo‘lsa ham Lizelning o‘zi ikkita sababini yaxshi tushun- di deb o‘ylayman.
Do'stlaringiz bilan baham: |