BIR PARCHA HAQIQAT
Men o'roq ham, chalg‘i ham olib yurmayman.
Faqat sovuq havoda qora, qalpoqli uzun nimchamni kiyib yuraman.
Yuzim uzoqdan ko'rib qolgudek bo'lsangiz, qo'lingizni bigiz qilib ko'rsatadigan bosh suyaginikidek ayanchliemas.
Mening aslida qanday ko'rinishda ekanligimni bilmoqchimisiz?
Sizga yordam beraman.
Hikoyamda davom etayotganimda o'zingizga bitta oyna topib qo'ying.
Nuqul sizga o‘zim haqimda gapiraverishimdan 0‘lim juda xudbin ekan degan xayolga borib yurmang tag4in. 1942-yilda ko‘rgan-kechirgan narsalarim, sayohatlarim to‘g‘risida ko‘p vaysab yuborganimni tan ola- man. Boshqa tomondan qaraganda, siz odamsiz, shuni ng uchun o4ziga bino qo‘yish, o4zini sevish nima ekanligini yaxshi tushunsangiz kerak. Gap shundaki, men o‘sha paytda ko'rganlarimni sizga shunchaki aytib ber- mayapman. Aslida bu va boshqa voqealaming aksariyati Lizel Meminger- ga borib taqaladi. Ular urushni “Himmel” ko'chasigacha yaqinlashtirishdi va, albatta, meni ham o'zlari bilan sayohatga sudrab olib ketishdi.
Ha, o‘sha yili uzoq safarlarga chiqishimga to4g4ri keldi: awal Pol-
312
shadan Rossiyaga o‘tdim, undan keyin Afrikaga hatlab, yana izimga qaytib keldim. Qaysi yil bo‘lishidan qat’iy nazar, baribir, safar qilishimga zaruriyat tug‘ilishini ta’kidlab, men bilan bahslashishingiz munikin, lekin ba’zi paytlari insoniyat hammasini oshirib yuborishga moyil bo‘lib qoladi. Murdalar va osmonda uchayotgan jonlami ishlab chiqarish tez sur’atda o‘sib ketadi. Bir nechta bomba tashlanadi — tamom-vassalom. Yoki gaz kameralari, uzoqlardan eshitilayotgan avtomatlaming suhbatlari ham ishni hal qilib qo‘yaveradi. Agar bulaming hech biri boshlangan ishni yakunlay olmasa, hech bo‘lmaganda odamlar o‘zlarining boshpanalaridan mahrum bo‘lishadi va hamma joyni uysiz, darbadarlar chumolidek bosib ketadi. Vayronaga aylangan shaharlaming ko‘chalaridan uchib o‘tayotganimda ko‘pincha ulaming o‘zlari orqamdan yugurishadi. Allaqachon g‘oyatda band ekanligimni sezmasdan ulami o‘zim bilan birga olib ketishni iltimos qilishadi.
— Hali sening ham ketadigan vaqti-soating yetib keladi, — deb ulami ishontiraman va iloji boricha orqamga qaramaslikka harakat qila- man. Ba’zan sabr kosam to‘lib ketib: “Qo‘limda shuncha jon borligini ko‘rmayapsanmi?” — deb o‘shqirib yuborgim keladi-yu, lekin indamay- man. Ishdan bosh ko‘tarolmasdan ichimda nolib yuraveraman. Ba’zi yillarda ruhlar va tanalar shunchalik ko‘payib ketadiki, asti qo‘yaverasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |