.292
— Yegulik, — unga eslatdi Rudi. — Biror narsa top yeyishga. Imkoni bo‘lsa, sigareta ham olib chiq.
Ammo Rudi aytgan ikkala narsa ham Lizelni zarracha qiziqtir- mayotgandi. U nihoyat burgomistming har xil rang va har xil turdagi, muqovasiga oltin va kumush harflar bilan ziynat berilgan kitoblari orasida yurardi. Kitob sahifalarining yoqimli hidi dimog‘iga urildi, atrofida to‘p- langan so‘zlar mazasini deyarli tatib ham ko‘rdi. Oyoqlari uni o‘ng taraf- dagi devor tomonga boshladi. Lizel qayerga va nima uchun borayotganini aniq bilar edi, lekin ne ko‘z bilan ko‘rsinki, “Hushtakboz” tokchadagi o‘zining doimiy o‘mida yo‘q edi. U turadigan joy bo‘m-bo‘sh edi.
Yuqori qavatdan oyoq tovushlari eshitildi.
— Chiroq yondi! — Rudi shivirladi. Uning so‘zlari yarim ochiq derazadan to4g‘ri Lizelning qulog‘iga kirdi. — Chiroq o‘chdi!
— Scheisse! Ular pastga tushishyapti!
Shu bir soniya ichida Lizel darhol qaror qabul qilishi zarur edi. Uning ko‘zlari tezda xona bo‘ylab yugurib, “Hushtakboz”ni topdi: u yangi egasini sabr-toqat bilan kutib burgomistming yozuv stoli ustida yotar edi.
— Tezroq boTsang-chi, — ogohlantirdi Rudi, lekin Lizel xotiijam va ishonchli tarzda stol tomon yurib, kitobni qo‘liga oldi va ehtiyotkorlik bilan deraza ustiga ko‘tarildi. Derazadan pastga sakrab tushganida, baribir, hamma og‘irlik yana oyoqlariga tushib, bu safar to‘piqlari ozor chekdi.
— Yugur, — uni niqtadi Rudi. — Tez yugur! Schnell!
Lizelning tez chopganidan nafasi qisilib, burchakka burilishganida, daryo bo‘yida va Myunxen ko‘chasiga yetib kelishganda niholdek egilib biroz tin oldi. Uning tanasi yarmidan ikkiga bo‘linib ketgandek, yutayot- gan havosi og‘zida muzlab qolgandek, yuragi qulog'ida bong chala- yotganday tuyuldi.
Rudi ham hansirab zo‘rg‘a nafas olayotgan edi. U boshini ko‘tarib qarab, Lizelning qo‘ltig‘idagi kitobni ko‘rdi va gapirishga harakat qildi:
— Nimaga... — dedi u qiyinchilik bilan, — bu kitobni olib chiqding?
Atroíhi allaqachon zulmat lashkari egaliab borayotgan edi. Og‘ir-
—
o‘gir nafas olayotgan Lizelning tomog‘idagi havo asta-sekin eriy boshladi.
— Boshqa hech narsa topa olmadim.
Afsuski, Rudi yolg‘onning hidini seza olish qobiliyatiga ega edi. U boshini teskari tomonga qaratib, to‘g‘riligiga zarracha shubhalanmayotgan taxminini e’lon qildi:
— Sen u yerga yegulik olish uchun bormading, shunday emasmi? Va istagan narsangni topding...
Lizel qaddini rostladi, so‘ngra to‘satdan miyasiga chaqmoqdek uril- gan o‘ydan bo‘shashib ketdi: uning boshmoqlari qani?
U xavotirlanib Rudining oyoqlariga, keyin qo‘llariga va oxirida yon- veri ga qaradi.
— Nimani qidiryapsan? — deb so‘radi Rudi. — Nima gap?
— Cho‘chqa! — Lizel unga g‘azabini socha boshladi. — Mening boshmoqlarim qani?
Rudining rangi qordek oqarib ketgach Lizelning shubhasi tasdiq- landi.
— U o‘sha yerda, uyning yonida qoldi-a, shunaqami? — bolani savolga tutdi qiz.
Rudi qilib qo‘ygan ishining dahshatini tushunib o‘zining qo‘llariga, oyog‘i ostiga tikildi, boshmoqlami qayerda tushirib qoldirganini o‘ylab atrofga olazarak qarab qo‘ydi. Boshmoqlami yerdan oigan yoki olma- ganligini eslashga urindi qildi. Agar, haqiqatan ham, oigan bo‘lsa, ular, baribir, hozir yonida yo‘q edi. Lizelning boshmoqlari hanuz o‘sha yechil- gan joyida, Grande ko‘chasidagi 8-sonli uy devorining yonida umidsiz, asligini olganda, undan ham yomonroq ahvolda egasini ayblab yotar editar.
— Dummkopf! — Rudi o‘ziga tanbeh berib qulog‘iga urdi va xijo- latdan Lizelning ko‘zlariga emas, balki qovog‘i soliq paypoqlariga tikildi — uning avzoyi yaxshilikdan darak bermasdi. U uzoq o‘ylamasdan tezda muammoning oqilona yechimini topdi.
— Shu yerdan jilmay meni kutib tur, — dedi u jiddiy ravishda va bir zumda ortiga g‘oyib bo‘ldi.
— Ehtiyot bo‘l, qo‘lga tushib qolma, — deya Lizel uning orqasidan
baqirdi, lekin ancha olislab ketgan Rudi uni eshitmadi.
U ketgach, go‘yo vaqt to‘xtab qolgandek bo‘ldi. Bu paytga kelib tun qorong‘isi to‘liq cho‘kkan, Lizel uyga endi qaytib borganida ham shun- chaki kaltak bilan qutula olmasligini sezardi.
— Tezroq bo‘l, — ming‘irladi Lizel, lekin Rudi ko‘rinay demasdi. U uzoqdan politsiya sirenasining g‘ildiraklarini chiyillatib shiddat bilan yaqinlashayotganini tasawur qildi.
Hali hanuz Rudidan darak yo‘q edi.
Lizel toqati toq bo‘lib kir va ho‘l paypog‘ida chorrahaga qaytib bor- ganidagina Rudini ko‘rdi. U Lizel turgan tarafga qarab qaddini g‘ozdek kerib kelar, yuzida o‘zi intiqib kutgan g‘alaba nashidasi aks etardi. Tish- larining oqini ko‘rsatib iijaygancha qo‘llarida boshmoqlami osiltirib yetib keldi.
— 0‘lishimga bir baxya qoldi, lekin hammasini uddaladim, — dedi u kela solib. Lkkalasi daryodan o‘tishayotganlarida Lizelga boshmoqlarini uzatdi, qiz ulami yerga uloqtirib kiya boshladi. Yo‘l ustida enkayib bo- g‘ichlarini bog‘larkan eng yaqin do‘stiga minnatdorchilik bilan qaradi va: “Danke”, — dedi.
— Doimo sizning xizmatingizdaman, xonim! — Rudi unga qo‘l- larini havoda aylantirib ta’zim qildi va Lizeldan tashakkurdan tashqari yana nimadir olishga jur’at etdi. — Buning uchun bo‘sa olish huquqiga egamanmi yoki yo‘qmi deb so‘rashimdan naf bormi?
— O‘zing unutib qoldirgan boshmoqlarimni olib kelganing uchun- mi?
— Axir, shunga arziydigan ish qildim-ku, — Rudi bo‘sh kelmay qo‘llarini baland ko‘tarib, yo‘l-yo‘lakay vaysashda davom etdi, Lizel esa uning gaplarini eshitmaslik uchun o‘zini chalg‘itishga urindi. Uning qulog‘iga Rudining oxirgi so‘zlarigina chalindi, xolos.
— Menga ahamiyati yo‘q, ehtimol, og‘zingdan boshmoq- laringnikidek qo‘lansa hid kelsa, seni o‘pishni o‘zim istamay qolarman.
— Sendan jirkanaman, — dedi qiz Rudining lablarining bir cheti- dan qochib chiqib ketgan chala tabassumni sezmaganiga umid qilib.
“Himmel” ko‘chasida Rudi undan kitobni yulqib oldi va ko‘cha chirog‘i ostida nomini o‘qib, uning nima haqida ekanligini so‘radim.
Lizel xayolparastlik bilan javob berdi:
— Bir qotil haqida.
— Bo‘ldimi?
— Uni bitta politsiyachi ushlash uchun doimo izidan quvib yuradi.
Rudi unga kitobni qaytarib berdi.
— Aytgancha, uyga qaytganimizda ikkalamiz ham obdan adabi- mizni yesak kerak deb o‘ylayman. Ayniqsa sen.
— Nega adabimizni yerkanmiz?
— Axir, onang...
— Onarn? Unga nima qilibdi? — Lizel o‘zi mansub bo‘lgan oilaning har bir a’zosiga nisbatan aytilgan har qanday achchiq-tiziq gapni ko‘tara olmas, dadil turib himoya qilardi. O‘zi tengi boshqa o‘g‘il-qiz- laming oila a’zolarini istaganicha kalaka qilib, ustidan kulishi va tanqid qilishi mumkin, lekin Lizel boshqalaming o‘ziga nisbatan shunday qili- shiga hech qachon yo‘l qo‘ymaydi. Aynan shunday paytlarda insonlar o‘z oilalariga nisbatan qanchalik sodiq ekanliklarini namoyish etishadi.
— Xo‘sh, onamga nima bo‘libdi?
Rudi orqasiga tisarildi:
— Meni kechir, urg‘ochi cho‘chqa. Seni xafa qilish niyatim yo‘q edi.
Hatto zim-ziyo tunda ham Lizelning ko‘z oldida Rudining tanasi borgan sari o‘sib borar, yuzi esa cho‘zilardi. Malla sochlarining rangi ham asta qorayib, boshqa xususiyatlar ham o‘zgarib borayotganga o‘xshardi. Lekin undagi faqat bitta jihat o‘zgarmasdan qolaverdi. Rudidan uzoq vaqt davomida g‘azablanib yurish mumkin emas edi.
— Bugun biror tansiq taom yemaysizlarmi? — gapni boshqa yoqqa burdi Rudi.
— Unday deb o‘ylamayman.
— Men ham. Kitoblaringni yeya olmasliging uyat. Bir paytlar Artur Berg shunga o‘xshash bir gap aytgan edi senga. Esingdami?
Rudi va Lizel yo‘l oxiriga qadar birga o‘tkazgan shonli kunlami esladilar, Lizel tez-tez “Hushtakboz”ning kulrang qoplamasiga va qora rangli harflar bilan bitilgan sarlavhasiga nazar tashlab qo‘yardi.
O‘zlariga tegishli uylariga kirib ketishlaridan oldin Rudi bir soniya to‘xtab: “Xayr, urg‘ochi cho‘chqa”, — dedi va sharaqlab kulib yubordi-da, “Xayrli tun, kitob o‘g‘risi”, — deb qo‘shib qo‘ydi.
Shu lahzada Lizel birinchi marta o‘ziga mos unvon bilan siylandi va bu unvon o‘ziga xush yoqqanini yashira oimadi. 0‘zingizga ma’lumki, u muqaddam bir nechta kitoblami o‘g‘irlagan, ammo 1941-yil oktyabr oyining oxiridagina uning o‘g‘riligi rasman tan olindi. O‘sha oqshom Lizel Meminger, haqiqatan ham, kitob o‘g‘risi maqomiga ega bo‘ldi.
XXX1XBOB
Do'stlaringiz bilan baham: |