Jahon adabiyotining bestselleri markus zusak



Download 1,76 Mb.
bet130/226
Sana06.02.2022
Hajmi1,76 Mb.
#433776
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   226
Bog'liq
Kitob o`g`risi

XXXV BOB


RUDINING YOSHLIGI


Oxir-oqibat Lizel oshiqni otasiga berishga majbur bo‘ldi.
U ishga qanday kirishishni yaxshi bilardi.






U ayvondan bir necha metr narida turib, nihoyatda qat’iyat va quvonch bilan xitob qildi:
— Hech qaysisi bir chaqaga arzimaydi!
1941-yilning birinchi yarmida, Lizel Maks Vandenburgni yashirish, gazetalami o‘g‘irlash va burgomistming xotinini koyish bilan band boT- ganida Rudi “Gitleryugend” tashkilotida o‘zining yangi hayotini boshdan kechirardi. Fevral oyining boshidan boshlab u tashkilot tomonidan uyush- tirilgan yig‘ilishlardan kayfiyati battar tushgan holatda qaytib kela bosh- ladi. O‘shanday tushkun ahvoldagi qaytib kelishlaming aksariyatida Rudi- ga yuz ifodasi unikidan farq qilmaydigan Tommi Myuller hamrohlik qilar- di. Ulami qiynayotgan muammo uch qismdan iborat edi.





=3Ea^^Q«OR




Qaniydi, bundan olti yil burun Molking tarixidagi eng qahraton kun- lardan birida Tommi Myuller yetti soat davomida g‘oyib bo‘lib qolma- ganda edi.
Chunki o‘shanda uning quloqlari sovuqdan yalligTangan va asab tolalari birmuncha shikast yegan, bu esa “Gitleryugend” tashkilotining safda yurish mashg‘ulotlari paytida tartibni buzishiga sabab bo‘lar va, sizni ishontirib aytamanki, bu yaxshilikka olib bormas edi.
Dastawal uning safda qadam otish tezligidagi pasayish uncha sezil- madi, ammo Tommi har oyda, ayniqsa, marshlarda muntazam ravishda tashkilot boshliqlarining g‘azab o‘qlariga nishon bo‘lardi. Gitleming o‘t- gan yilgi tug‘ilgan kunini yodingizdan ko‘tarilmagan bo‘lsa kerak-a? O‘sha paytda Tommining qulog‘i birdan og‘irlashib ketib, karligi shu darajaga yetdiki, u deyarli hech narsani eshita olmay qoldi. Ular bir chiziq bo‘ylab safda harakatlanib ketishayotganida Tommi kutilmaganda e’lon qilingan buyruqlami tushunmay qolardi. Bunday to‘satdan berilgan buy- ruqlar zamon va makonni tan olmas, tashkilot zalida ham, tashqarida ham, qor va yomg‘irda ham kuzatilaverardi.
Bulardan maqsad hammaning bir vaqtda yurishdan to‘xtashiga erishish edi.
— Bitta ovoz! — deyishardi ular. — Fyurer faqat shu narsani eshitishni xohlaydi. Hamma birga, bir vaqtning o‘zida to‘xtasin!
Lekin Tommi mudom pand berardi.
Menimcha, uning chap qulog‘i yomonroq eshitar, ikkala qulog‘idan ham eng ko‘p muammoni aynan shu qulog‘i keltirib chiqarardi. “To‘xta!” degan achchiq buyruq yangrashi bilan boshqalaming quloqlari dikkaysa, Tommi g‘ayrioddiy va kulgili tarzda qadam bosishda davom etaverar, ko‘z ochib yumguncha bir chiziqda ketayotgan safhi tartibsizlik o‘chog‘iga aylantirib tashlardi.
lyul oyining boshlarida, shanba kuni soat uch yarimlar atrofida Tommi Myulleming quloqlari tufayli galdagi saf mashqlari muvaffaqiyat- siz tugagach Frans Doycheming (namunali yosh fashistning namunali nomi) sabr kosasi nihoyat toTdi.


— Myuller, du Affe1! Nima jin urdi-a seni bugun? — qalin malla sochlari boshini uqalagan Fransning haqoratli so‘zlari Tommining yuziga borib urildi.


Tommi hurkib orqaga chekina boshladi, lekin chap yuzi hamon savdoyinikidek xushchaqchaq tabassum bilan yonardi. U shunchaki g‘oli- bona tiijayish bilan cheklanmasdan o‘ziga yo‘llangan haqoratni quvonch bilan qabul qildi. Frans Doycher Tommining bu qilig‘iga aslo toqat qila olmadi. Uning rangpar ko‘zlari Tommi Myullerga qadaldi.
— Xo‘sh? — so‘radi u. — Xatongni qanday izohlamoqchisan?
Tommi Myulleming iijayishi tezlik jihatidan ham, chuqurlik jihati- dan ham yanada kuchayib ketdi.
— Sen meni masxara qilyapsanmi?
— Hayl... — Tommi undan ma’qullash ishorasini olish ilinjida jon- jahdi bilan harakat qildi, lekin bu jumlaning ikkinchi qismi — “Gitler”ni talafíuz qila olmadi.
Shu payt Rudi oldinga bir qadam qo‘yib chiqdi va Frans Doycher- ning yuziga tik qarab gapirdi:
— Janob, uning salomatligida muammo bor...
— Ko‘rib turibman!
— Quloqlari bilan bog‘liq, — gapini oxirigacha yetkazdi Rudi. — U yaxshi...
Yetar! — Doycher qo‘llarini bir-biriga ishqaladi. — Ikkalang ham hozir parad maydonchasi bo‘ylab olti marta yugurib aylanib chiqasiz- lar.
Ular buyruqqa itoat etishdi, lekin uni bajarishga shoshilishmadi.
— Schnell! — Doycheming ovozi ulaming orqasidan quvib ketdi.
Maydonni olti marta aylanib yugurish jazosi ijro etilgach, ularga bir necha o‘tirib turish mashqlari, uzundan uzoq o‘n besh daqiqadan so‘ng esa yerga yuztuban yotib turish mashqi buyurildi.
Rudi oyoqlari ostiga qaradi. Etiklar zarbidan dabdala boTgan loyli


1 Du Affe (nemischá) sen ahmoqsan.


ko‘lmak pastdan turib unga ishshaydi.


— Sen nimaga qarayapsan? — deb so‘roqqa tutgandek bo‘ldi ko‘lmak.
— Yot! — Fransning amrona ovozi eshitildi.
Rudi tabiiy ravishda ko‘lmakdan sakrab o‘tib, qomi bilan chalqan- chasiga turdi.
— Ko‘taril! — Frans tirjaydi. — Orqaga bir qadam bos.
Ular orqaga qadam tashlashdi.
— Yot!
Buyruq aniq edi va Rudi uni ikkilanmasdan qabul qilib, loy bagYiga sho‘ng‘idi va nafasini chiqarmay turdi. Qulog‘i bilan botqoq yerga qapi- shayotgan mahal jazolash jarayoni tugadi.
— Vielen Dank, meine Herren1! — dedi Frans Doycher kutilmagan muloyimlik bilan.
Rudi tizzalab oYirib, qulog‘ini qoqishga tushdi va Tommiga ko‘z tashladi. Tommi ko‘zlarini yumib olgan, yuzi titrardi.
Rudi va Tommi “Himmel” ko‘chasiga qaytib kelishganlarida hanuz- gacha “Nemis qizlari ittifoqi”ning kiyimini egnidan yechmagan Lizel o‘zi- dan kichik bolalar bilan yerga chizilgan shakllar ichiga tosh otib o‘ynab yurardi. Lizel ko‘z qiri bilan qarab bir o‘zi tomonga qarab yurib kelayotgan ikkita g‘amgin sharpani koYdi. Bittasi uning ismini aytib chaqirdi.
Uchovlon Shtaynerlar uyiga kiraverishda uchrashishgach, Rudi kun bo‘yi sodir boTgan voqealami bir boshdan gapirib bera boshladi.
O‘n daqiqadan so‘ng Lizel zinaga cho'kdi.
O‘n bir daqiqadan so‘ng Lizelning yonida o‘tirgan Tommi: “Ham- masi men sababli bo‘ldi”, — dedi, lekin Rudi uni gapirtirmasdan bir chetga — gap va tabassum o‘rtasidagi nuqtaga surib qo‘ydi va barmog‘i bilan loy qoldig‘ini ikkiga bo‘lib tashladi.
— Hammasiga men... — Tommi yana gapira boshlaganida Rudi uning gapini butunlay uzib tashladi va unga barmog‘ini nuqib ishora qildi:


1 Vielen Dank, meine Herren (nemischa) — ko‘p rahmat, janoblar


Tommi, qo‘ysang-chi, — Rudining yuzida vaziyatga nomuvofiq mamnuniyat aks etdi. Lizel umrida biron marotaba bunday baxtsiz va shu bilan birga chinakamiga quvnoq odamni ko‘rmagan edi.


— Sen indamay o‘tir. Yaxshisi, yuzingni qimirlat yoki boshqa bir ish qila qol, — Rudi hikoyasini davom ettirdi.
U o‘midan turib g‘olibona qadam tashladi, galstugini to‘g‘rilab qo‘ydi.
Uning tilidan chiqqan so‘zlar Lizelning oldiga uchib kelib, beton zinaga ohista qo‘ndi.
— Ishqilib o‘sha Doycher deganlari yomon bopladi-a bizni, Tom­mi? — gapiga quvnoq xulosa qildi.
Tommi bosh irg‘adi, yuzini qimirlatdi va so‘zladi, lekin men aytgan ketma-ketlikda emas, albatta.
— Bulaming hammasiga men aybdorman.
— Tommi, men senga nima dedim?
— Qachon?
— Hozirgina! Jim o‘tirib meni tingla, xo‘pmi?
— Bo‘pti, Rudi.
* * *
Bir necha daqiqadan so‘ng Tommi ma’yus holda yurib uyiga ketdi, Rudi esa vaqtdan foydalanib yangi va dohiyona usulni sinab ko‘rdi.
Rahm-shafqatni keltirish taktikasi.
Zinapoyada o‘tirganlarida u kiyimiga tegib qalin qog‘ozdek qotib qolgan loy bo‘lagiga qaradi, keyin umidsiz ravishda Lizelning yuziga tikildi.
— Xo‘sh, bunga nima deysan, urg‘ochi cho‘chqa?
— Nima haqida nima deyman?
— O‘zing yaxshi bilasan-ku...
Lizel odatiga binoan “Cho‘chqa” deb javob qaytarib kulganicha ikki qadam naridagi uyiga yo‘1 oldi. Albatta, qotib qolgan loy va rahm-shafqat-


ning beso‘naqay aralashmasi boshqa narsa, Rudi Shtayner bilan o‘pishish umuman boshqacha narsa edi.


Rudi zinadan turib g‘amgin jilmaygan ko‘yi sochlarini qo‘li bilan tarab Lizelga qichqirdi:
— O‘sha kun keladi, — ogohlantirdi u. — O‘sha bir kun, albatta, keladi, Lizel!
Oradan ikki yildan sal mo‘lroq vaqt o‘tgach, Lizel erta tong paytida qadrdon yerto‘lasida o‘tirib o‘z xotiralarini bayon etayotganida o‘qtin-o‘q- tin qo‘shni uyga borishni va Rudini ko‘rishni istab iztirob kechardi. Lizel awalo Rudida, so‘ngra o‘zida jinoyat sodir etishga nisbatan chanqoqlik, ehtimol “Gitleryugend” tashkilotida terga botib kechirgan kunlari sababli yanada kuchayganini tushunib yetdi.
Oxir-oqibat, ob-havoning onda-sonda aynib qolishiga qaramay yoz allaqachon o‘z kuchini ko‘rsata boshladi. Klar olmalari allaqachon g‘arq pishib yetilayotgandir. Oldinda yana bir qator o‘g‘irliklar kutib turibdi.

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish