Jahon adabiyotining bestselleri markus zusak



Download 1,76 Mb.
bet129/226
Sana06.02.2022
Hajmi1,76 Mb.
#433776
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   226
Bog'liq
Kitob o`g`risi

Oshiq olchi:
Yigirma to'rtinchi iyun


Germaniyaning Rossiyaga bostirib kirishidan ikki kun o‘tgach va
Buyuk Britaniya bilan Sovetlar harbiy kuchlarining birlashishidan uch kun


oldin oshiqning yettinchi tomoni tushdi.


* * *


Yetti.
Bu oshiqning boshqalariga o‘xshamaydigan g‘ayrioddiy oshiq ekan- ligini uni uloqtirib siljishini ko‘rgan paytingiz sezasiz. Uni omadsizlik deb da’vo qilishingiz mumkin, lekin uning shu tarzda harakatlanishini hamma vaqt bilib kelgansiz. Uni xonaga olib kirganingizda stol nafas olishingiz- dan uning hidini tuygan. Awal boshdanoq yahudiy cho‘ntagingizdan boshini chiqarib turgandi. U o‘rmalab qaytarma yoqangizga chiqib oladi, hatto oshiqni tashlagan lahzangizda ham sizga nima qilib bo‘lsa ham zarar yetkazishga urinuvchi yetti soni tushishini bilasiz. Oshiq harakatlanishdan to‘xtaydi. Yetti soni ikkala ko‘zingizga mo‘jizaviy va jirkanch nigoh hadya etadi, siz esa yuzingizni o‘girasiz va u sizning ko‘ksingizda qulayroq joylashib oladi.
“Bu shunchaki omadsizlik”, — deb qo‘yasiz.
“U hech qanday yomonlik keltirmaydi”, — deb umid qilamiz.
Shunday bo‘lishiga o‘zingizni ishontirishga urinasiz, chunki ich- ichingizdan shu ahamiyatsiz muvaffaqiyatsizlik ham sizni kutayotgan mu- qarrar falokatning alomati ekanligini sezasiz. Uyingizda yahudiyni yashir-


ganingiz uchun qachondir u yoki bu tarzda, baribir, tovon to‘laysiz.


Bo‘lar ish bo‘lib o‘tgandan keyin ham Lizel ushbu voqeada hech qanday dahshatli jihatni ko‘rmaganligini eslab o‘tgan. Ehtimol, u yerto‘la- da o‘z hikoyasini yoza boshlashidan oldin juda ko‘p hodisalar sodir bo‘lishga ulgurgandir. Lizelning mulohazasi bo‘yicha burgomistr va rafi- qasining Rozaning kir yuvish xizmatidan bosh tortganini ulkan baxtsizlik deb bo‘lmasdi. Qolaversa, bu yahudiylarga boshpana berish bilan ham zar- racha bog‘liq emas edi. Barchasi urushning keskin avj olib katta hudud- larga tarqalib ketishiga borib taqalardi. Holbuki Lizelning o‘sha paytda bunga aqli yetmas, ko‘ziga faqat yahudiyni bekitganliklari uchun jazo hissi ko‘rinardi.
Aslida hamma baxtsizlik 24-iyundan taxminan bir hafta oldin bosh- langandi. Lizel odati bo‘yicha Maks uchun gazeta qidirib, uni Myunxen ko‘chasining muyulishidagi axlat qutisidan topib olib, qo‘ltig‘iga qistirdi va Maksga topshirdi. Endi birinchi sahifani o‘qishni boshlagan Maks qizga qarab, u yerda bosilgan fotosuratga ishora qildi:
— Sizlar mana shu odamlaming kirlarini yuvib bermasmidinglar?
Devor oldida turgan Lizel orqasiga qaytdi. U Maksning arqonsimon buluti va uning ortiga bekingan quyoshi tasvirlarining yonida “bahs” so‘zini olti marta yozib mashq qilayotgan edi. Maks unga uzatgan gazetaga qaragach, uning gapini tasdiqladi:
— Xuddi o‘zi.
Lizel qiziqib maqolani o‘qiy boshladi: burgomistr Hayns Herman- ning so‘zlariga binoan, garchi urushda Germaniyaning oshig‘i olchi bo‘la- yotgan bo‘lsa-da, Molking shahri aholisi, barcha vijdonli va mas’uliyatli nemislar singari, tegishli chora-tadbirlami ko‘rishlari va oldinda duch kelish ehtimoli mavjud qiyin davrlarga tayyor turishlari kerak. “Hech qaysi birimiz hech qachon dushmanlarimiz nimani o‘ylayotganligini va bizni qanday qilib kuchsizlantirishga harakat qilmoqchi ekanligini bila olmay- miz”, — deya o‘z so‘zini yakunlagan burgomistr.
Bir hafta o‘tgach, burgomistming so‘zlari o‘zining ilk achchiq me- valami bera boshladi. Lizel, odatdagidek, Grande ko‘chasidagi uyga kelib




kutubxona polida “Hushtakboz”ning davomini o‘qidi. Uning ketish vaqti bo‘lguniga qadar burgomistming rafiqasida biron g‘ayritabiiylik (yoki odatdagiga xilof xatti-harakatlar) sezilmadi.
Bu safar u Lizelning “Hushtakboz”ni o‘zi bilan olib ketishini qat’iy talab qilib turib oldi:
— Iltimos, bu kitobni olgin. Ola qolgin, — kitobni mushtlari orasi- da mahkam siqqan ayol Lizelga yolvordi. Lizel ayolning bugungi g‘alati qilig‘idan ta’sirlanib, uni yana xafa qilishga o‘zida kuch topa olmadi. Sahifalari sarg‘aya boshlagan, muqovasi kulrang tusli kitob qo‘liga qo‘n- gach, qiz dahliz bo‘ylab ketishga chog‘landi. Kirlami berib yuborishini so‘ramoqchi bo‘lib turganida, burgomistming xotini unga qayg‘u libosiga o‘ralgan so‘nggi qarashini taqdim qilgancha javonning tortmasini ochdi va undan bitta xatjild oldi. Uzoq vaqtdan beri foydalanilmayotganligi uchun xirqiroq bo‘lib qolgan ovoz so'zlami yo‘talib aytdi:
— Bizni ma’zur tutinglar. Buni onangga berib qo‘y.
Lizel bir lahzaga nafas olishdan to‘xtab qoldi.
To‘satdan etigi ichidagi oyoqlari qayergadir yo‘qolib qolgandek bo‘Idi, tomog‘ida nimadir tiqilib qoldi, vujudida qaltiroq turdi. Nihoyat, u qo‘lini uzatib, xatjildni olganida, kutilmaganda kutubxonadagi soatning ovozi qulog‘iga chalindi. Ma’yus bo‘lib qolgan Lizel uzoqdan turib soatlar aslida chiqillab ovoz chiqarmasligini payqab qoldi. Kutubxonadagi soat­ning ovozi ham yerga bir maromda urilayotgan bolg‘aning darang-durung ovoziga, qabr sadosiga o‘xshardi.
— Qaniydi, hozir shu soat ovoz berib allaqachon qazib qo‘yilgan qabrimga chaqirayotgan bo‘lsaydi, —.xayolan iltijo qildi qiz, chunki o‘sha lahzalarda Lizel Meminger, chindan ham, o‘lishni xohlayotgan edi. Boshqalar ulaming kir yuvish xizmatini rad etishganda unchalik qattiq ta’sirlanmagan edi. Lizel mudom boy kutubxonaga ega burgomistming rafíqasi bilan aloqada bo‘lib kelayotgandi. Eng qayg‘ulisi, endi oxirgi mijozlarining yo‘qolishi bilan so‘nggi umidlari ham so‘ngandi. Bu safargi holat qizga eng yomon xiyonatdek tuyuldi.
U endi onasining ko‘ziga qanday qaraydi?







Bu xonadondan olib turiladigan arzimagan chaqalar ham ulaming bir kuniga yarab turgandi, Roza bu pullar evaziga qo‘shimcha bir hovuch un, bir bo‘lak go‘sht olayotgan edi.
Ilza Herman asta-sekin o‘zini o‘ldirayotgan edi, shuning uchun ham u Lizelni imkon qadar tezroq yonidan uzoqlashtirib tashlamoqchi bo‘l- gandi. Lizel buni uning qo‘l harakatlaridan, xalatining iplarini yanada qisibroq bog‘laganidan o‘qib oldi. Qayg‘uning noqulayligi hanuz ayolni qizdan yarim qadam narida ushlab turardi, ammo u ishni tezroq tugatish istagida yonayotgan edi.
— Onangga aytginki... — ayol yana so‘zlay boshladi. Bir gapi ikkinchisiga ulanib borgani sari uning ovozi ham me’yoriga kelayotgandi. — Bizni kechirsin, — Herman xonim gapini yakunlab qizni jimgina eshikka boshladi.
Lizel xafagarchilik va rad etilganlik yukining yelkasiga o‘mashib olganini sezdi.
— Hammasi shu bilan tugadimi? — xayolan burgomistming rafi- qasini so‘roqqa tutdi u. — Meni shunday itqitib tashlayverasizmi?
Lizel asta egilib bo‘sh sumkani oldi va eshikka qarab harakatlandi. Eshikdan chiqishi bilan orqasiga o‘girildi va qaqshatqich mag‘rurlik bilan, so‘nggi marotaba Ilza Hermanning yuziga qaradi.
— Danke schon1, — dedi Lizel.
Burgomistming rafiqasi siniq jilmaydi.
— Agar kitob o‘qish uchun kelishni istasang, eshigimiz sen uchun doimo ochiq, — u yolg‘on gapirdi yoki tushkun va xafa qizga uning so‘zlari yolg‘ondek tuyuldi.
O‘sha lahzada Lizel eshik oldining kengligidan ilk bor hayratda qoldi. Bitta eshik shuncha joyni band qilib turibdi. Nima uchun odamlar uylariga kirishlari uchun bu qadar katta joyga zarurat sezishadi? Agar Rudi hozir uning yonida bo‘lganida, Lizelni ahmoq deb atagan bo‘lardi, chunki uyga shu keng eshiklar orqali narsalar tashib kelinadi.


1 Danke schon (nemischd) — ko‘p rahmat.


— Хауг, yaxshi qoling, — qiz so4nggi so‘zini aytgach, eshik umidsizlik bilan yopildi.


* * *
Biroq Lizel darrov ketmadi, ancha vaqt zinada Molkingni tomosha qilib o‘tirdi. Tashqaridagi ob-havo na iliqqa va na sovuqqa o‘xshar, shahar tiniq va sokin ko‘rinardi. Molking shisha idish ichida gard yuqtirmasdan saqlanayotgandek edi.
Lizel qoMidagi xatjildni ochdi. Mayor Hayns Herman o‘z maktubida nima uchun Roza Hubermanning xizmatidan bosh tortishiga majbur bo‘lishganini xushmuomalalikbilan bayon qilgandi. Burgomistr o‘z xatida asosan boshqalarga qiyinchiliklarga tayyor turishni maslahat bera turib, o‘zi hamon hashamatli hayot kechirishda davom etsa, o‘zgalar nazdida, munofiq degan nom olishi mumkinligini tushuntirgan edi. Nihoyat Lizel o'midan turib uyiga yo‘l oldi. Myunxen ko‘chasidagi “STEINER — SCHNEIDERMEISTER” yozuvini ko‘rishi bilanoq qizning ichida noro- zilik g‘alayoni avj oldi, boyagi xafaligidan asar ham qolmay, uning o‘mini g‘azab egalladi.
— Yaramas burgomistr va uning ayanchli xotini, — pichirladi Lizel. — Agar qiyin paytlar kelayotgan bo‘lsa, qaytanga Rozani ish bilan ta’minlashda davom etishi kerak emasmidi? Ular esa bila turib ishdan bo‘- shatishdi. Lizel endi oddiy odamlardek faqat o‘zlarining juldur kiyimlarini yuvib, dazmollab yuraverishlarini tasawur qildi. Ular kambag‘al edilar.
Lizel qo‘lidagi “Hushtakboz”ni mahkamroq ushladi.
— Demak, shuning uchun ham bu kitobni menga bergan ekansiz- da, — dedi Lizel, — menga achinganingizdan, to‘g‘rirog‘i, vijdoningiz qiynalmasligi uchun shunday qilgansiz.
Uy bekasining bu kitobni o‘sha kundan ilgari ham bir necha bor bermoqchi bo‘lganligi uning fikrini zarracha o‘zgartirmadi.
Lizel o‘sha paytdagi kabi shartta ortiga burilib qat’iyat bilan Grande ko‘chasidagi 8-uy tomon yo‘l oldi. Yugurish vasvasasi zo‘rlik qilayotgan







bo‘lsa ham Lizel gapirayotgan paytida nafasi yetmay qolishidan hadiksirab shoshilmay ketishni ma’qul ko‘rdi.
Hashamdor uyga qaytgach, Lizel burgomistming o‘zi uyda emasli- gidan afsuslandi. O‘sha safargidek yo‘l chekkasiga qo‘yilgan mashina ham yo‘q edi. Ehtimol bu ham yaxshilikkadir, agar hozir uning ko‘zi mashinaga tushganida shundoq ham boy va kambag‘allar orasidagi adolatsiz tafovut- dan to‘lib turgan Lizel unga biror nima qilmasdan turolmasdi.
Lizel ikki zinani bir bosib eshikka yaqin keldi va uni shu qadar qattiq urdiki, mushti qaqshab og‘riy boshladi. Unga og‘riqning mayda bo‘laklari juda yoqib tushdi.
Shubhasiz, burgomistming rafiqasi qizni yana ko‘rganidan hayratda qoldi. Uning paxmoq sochlari biroz namlangan, qizning odatda bo‘zarib turadigan yuzidagi g‘azabni payqab, ajinlari kengayib ketdi. Ayol so‘zlash uchun og‘zini ochdi, lekin u yerdan hech qanday tovush chiqmadi. Bu esa suhbatni faqat o4zi olib borishni ko‘zlayotgan Lizel uchun ayni muddao bo‘ldi.
— Mana bu kitobingiz bilan meni sotib olish mumkin deb o‘yla- dingizmi? — xitob qildi qiz. Uning ovozi titrab chiqqan bo‘lsa ham ayol- ning naq tomog'idan ushladi. Lizelning ichidagi g‘azab tobora avjiga minib, o‘zi asabiylashib borar, ammo u, baribir, to‘siqlami yengib so‘z- lashga kuch topardi. U ayolga bundan ham achchiq-tiziq gaplami aytib uning ko‘z yosh to‘kkanini ko‘rishni istadi. — Menga shu kitobini sovg‘a qilasiz va men xursand holda onamga borib oxirgi mijozimiz ham xiz- matimizdan voz kechganini aytishim kerak, shunaqami? Shunda hammasi yaxshi bo‘lib ketadi deb o‘ylaysizmi? Shunday qilsangiz, mana bu qasringizda osoyishta o‘tirasizmi?
Burgomistming xotinining qo‘llari osilib qoldi, yuzi sirpanib ketdi. Ammo Lizel taslim bo‘lmadi. U alamli so‘zlarini to‘ppa-to‘gkri ayolning ko‘ziga sepdi:
— Eringiz bilan shu qasrda hech narsadan xabarsizdek yashay- verasiz-da, — Lizelning g‘azabi o‘n chandon ortdi, o‘zining shunchalar yovuz va badkirdor bo‘la olishiga ko‘zi yetmasdi. Ha, so‘zlar ham jarohat


yetkazishga, shafqatsizlikka qodir.


Lizel miyasiga qayerdan kelib qolganini o‘zi bilmaydigan so‘zlami chorlab, liza Hennanga qarshi tashlayverdi:
— Allaqachon sassiq kiyim-kechaklaringizni o‘zingiz yuva bosh- lashingiz kerak edi. O‘g‘lingiz o£lganligini tan olish vaqti keldi. Uni o‘ldirishgan! Yigirma yillar oldin uni bo‘g‘ib, so‘yib o‘ldirishgan. Yoki sovuqdan muzlab o‘lganmidi? Qanday o‘lgan bo‘lsa ham u vafot etgan! U o‘lgan, siz esa o‘zingizni bechora ko‘rsatib, muzxonangizda titrab-qaqshab o‘tirasiz va uning o‘liinidan azob chekayotganingizni ko‘z-ko‘z qilasiz. Bolasini yo‘qotgan bitta sizmi?
Xuddi shu daqiqada Lizelning yonida marhum ukasi paydo bo‘ldi va jim bo‘lishini so‘rab qizning qulog‘iga pichirladi, lekin u ham o‘lgan edi, shuning uchun uni tinglashga hech qanday sabab yo‘q edi.
U poyezdda vafot etgan edi. Uni qorga ko‘mdilar.
Lizel unga bir qarab qo‘ydi, lekin o‘zini tiyishning uddasidan chiqa olmadi. U hali gapini tugatmadi.
— Mana bu kitobingizga kelsak, — davom etdi Lizel. U ukasini zinadan itarganida bola yiqilib tushdi. — Menga u umuman kerak emas, — Lizel sekinroq, animo, baribir, shafqatsiz gapirdi-da, “Hushtakboz”ni ayolning shippaklari ustiga uloqtirib yubordi, shu onda kitobning sementni chertgani qulog‘iga chalindi. — Menga bu badbaxt kitobingiz kerak emas...
Lizel nihoyat maqsadiga yetgach, jimib qoldi. Bo‘g‘zi ham tin oladi- gan bo‘ldi. Hech qanday so‘z qolmadi. Tizzasini ushlab oigan ukasi ham ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
Beso‘naqay sukutdan so‘ng burgomistming rafiqasi egilib yerda yotgan kitobni oldi. U yaxshilab savalangan va kaltaklangandek ko‘rinardi, yuzida zarracha ham tabassum aks etmasdi. Lizel ayolning yuziga qaragan paytda uning bumidan qon oqib, lablarini yalay boshlaganini, ko‘z ostlari ko‘karib chiqqanligini ko‘rdi. Tig‘ kesgan joylari ochilib, teri yuzasiga bir to‘da jarohatlar paydo bo‘la boshladi. Hammasi so‘zlardan, Lizel aytgan so‘zlardan kelib chiqdi.







Qaddi kamondek egilgan liza Hermán afsusda ekanligini aytmoqchi bo‘lib og‘iz juftladi, ammo bu gap hech qachon tashiga chiqmadi.
— Meni uring, — xayolidan o‘tkazdi Lizel. — Qani, ursangiz-chi! Tarsaki tushirsangiz-chi!
liza Hermán uni urmadi, shunchaki chiroyli uyining chirkin havo- siga qaytib kirib ketdi. Lizel yana zinapoyalami changallagancha yolg‘iz qoldi. U ortiga burilib qarashdan cho‘chidi, chunki o‘girilgan taqdirida Molking ustidagi shaffof shisha qoplama chil-chil singanligini ko‘rib, bundan xursand bo‘lishini bilardi.
Ishini nihoyasiga yetkazib qo‘yish uchun Lizel qo'lidagi xatni qayta o‘qidi va darvoza oldiga yaqinlashganida kuchining boricha qattiq g‘ijim- lab, xuddi toshdek eshikka qarata irg‘itdi. Kitob o‘g‘risining nimani kutga- nini bilmasdim, lekin mustahkam yog‘och eshikka urilgan bir parcha qo- g‘oz ayvonning etagiga tushib ketdi va yumalab Lizelning oyog‘i tagiga keldi.
— Xatingiz ham o‘zlaringizga o‘xshash bir chaqaga arzimaydi, — dedi Lizel xatni maysalar ustiga tepib yuborarkan.
Uyga qaytib borar ekan, yomg‘ir yog‘ganida yoki Molking ustidagi yamalgan shaffof qobiq teskari o‘girilganda qog‘oz parchasining taqdiri nima bo‘lishini tasawur qilib ketdi. Lizel allaqachon so‘zlaming to yo‘- qolib ketguncha harfma-harf eriyotganini ko‘z oldida jonlantirdi. Eng oxirida faqat qog‘oz va yer qoldi.
Lizel uyga kelganda, Roza baxtga qarshi, oshxonada kuy- malanayotgan edi.
— Xo‘sh? — so‘radi u. — Yuvishga kir olib kelmadingmi?
— Bugun kir berishmadi, — dedi Lizel.
Roza stol yoniga yaqinlashib kursiga ohista cho‘kdi. U hammasini tushungan edi. To‘satdan u bir necha yoshga qarib ketgandek tuyuldi. Lizel Rozaning sochlarini yoyib yuborib yelkasiga tashlasa qanday ko‘rinishini tasawur qildi. Sochlardan to‘qilgan kulrang sochiq hosil bo4ldi.
— U yerda nima qilding, cho'chqaning bolasi? — Rozaning gaplari karaxt bo‘lib chiqdi, odatdagi zaharxandadan asar ham yo‘q edi.







— Hammasiga men sababchiman, — dedi Lizel. — Mutlaqo. Men burgomistming xotinini haqorat qildim, ancha yillar awal vafot etgan o‘g‘li uchun yig‘lab-siqtashni bas qilishi kerakligini aytdim. Uni ayanchli xotin deb atadim. Shuning uchun ham ular sizning xizmatingizdan voz kechishdi. Hozir, — Lizel tokchadan bir hovuch qoshiq olib Rozaning oldiga, stol ustiga qo‘ydi. — Bittasini tanlang.
Roza bittasini tanlab qo‘liga oldi, lekin o‘qtalmadi.
— Sening gaplaringga ishonmayman.
Lizel umidsizlik va hayrat o‘rtasida parcha-parcha bo‘lib ketdi. U hayotida bir marta kaltak yeyishni chin dildan juda-juda xohladi, lekin shuni ham rad etishdi!
— Bu sening aybing bilan bo‘lmadi, — uni tinchlantirdi Roza va hatto o‘midan turib, Lizelning anchadan beri yuvilmagan yog‘li sochlarini silab qo‘ydi. — Bilaman, sen hech qachon bunday deb aytmaysan.
— Yo‘q, aynan shunday deb aytdim!
— Mayli, bo‘lar ish bo‘libdi, — Roza suhbatga nuqta qo‘ydi.
Oshxonadan chiqib ketayotganida Lizel yog‘och qoshiqlaming te- mir qutiga qaytarib solinganini eshitdi. Xonasiga kirganida esa hamma qoshiq quti bilan birga yerga uchib tushdi.
Birozdan so‘ng Lizel yerto‘laga, zulmat qo‘ynida turgan va ehtimol fyurer bilan birga boks tushayotgan Maks Vandenburgning yoniga tushdi.
— Maks? — burchakda qizil tanga misol lipillab chiroq yondi. — Menga yuztuban yota turib mashq qilishni o‘rgata olasanmi?
Maks mashqni qanday bajarishni bir necha bor ko‘rsatdi va qizning gavdasini to‘g‘ri tutishiga ham yordamberdi, ammo tanasi qanchalik nozik ko‘rinmasin Lizel tabiatan kuchli qiz bo‘lganligi uchun o‘z vaznini be- malol ko‘tara oldi. U o‘sha oqshom miltillab yonib turgan chiroq yorug‘ida yangi 0‘rgangan mashqini necha marta bajarganini hisoblamadi, lekin shundan keyin bir necha kun davomida mushaklari qattiq og‘rib yurdi. Maks bugunga yetarli deb eslatganida ham u mashq qilishdan to‘xtamadi.
Uxlashga yotishlaridan oldin Lizel o‘gay otasi bilan birga kitob o‘qishdi. O‘tgan bir oy ichida Hans birinchi marta qizining yoniga kelib




Lizelning yuziga tikila turib unga nimadir bo‘lganligini payqadi. Uning kelishi Lizelni biroz yupatgan bo‘lsa-da, baribir, yuz ifodasi hammasini oshkor qilib qo‘ygan edi. Hans Huberman esa har doim nima deyishni, qachon kelishni va qachon qizini yolg‘iz qoldirishni yaxshi bilar edi. Ehti- mol, Lizel Hans haqiqiy mutaxassisi bo‘lgan yagona soha edi.
— Kirlaring bilan bog‘liq nimadir bo‘ldimi? — so‘radi u.
Lizel boshini chayqadi.
Bir necha kundan beri soqol olmagan Hans har ikki-uch daqiqada yuzidagi tuklarini qichib qo‘yardi.
Lizelga gapirayotganida yoki u haqida gap ketganida uning kumush ko‘zlari doim sokin, osoyishta va iliq boqardi.
Mutolaa tugagach, Hansning ko‘zlari yumilib uxlab qoldi. Shundan keyingina Lizel diliga tugib qo‘ygan, uyg‘oqligida tiliga chiqarolmagan narsalari haqida gapira boshladi.
— “Dada, — deb pichirladi u, — men o‘lsam, to‘ppa-to‘g‘ri do‘- zaxga ravona bo‘lsam kerak”, — deb o‘ylayapman.
Qizning oyoqlari issiq, tizzalari esa muzdek edi.
Lizel qo‘rqinchli tush ko‘rib to‘shakni ho‘llab qo‘ygan paytlarida otasining indamasdan choyshabni yuvib kelib, unga alifbodagi harflami o‘rgatgan uzun kechalami esladi. Hozir shu ko‘ngilchan odamning nafasi ko‘rpasi osha uni allalayapti.
Lizel egilib uning tikanli yuzidan o‘pdi va:
— Soqol ingizni olmasangiz bo‘lmaydi, — dedi.
— Sen do‘zaxga tushmaysan, — ming‘irladi Hans.
Lizel bir necha lahza uning yuziga tikilib qoldi, so‘ngra unga su- yanib yotib ko‘zlari ilindi.
Hans va Lizel Myunxenda emas, balki Germaniya deb nomlangan oshiqning yettinchi qirrasida birga uxlab qolishdi.



Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish