Jahon adabiyotining bestselleri markus zusak


-, 3-, 4- VA 5-RAQAMLI SOVG'ALAR



Download 1,76 Mb.
bet144/226
Sana06.02.2022
Hajmi1,76 Mb.
#433776
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   226
Bog'liq
Kitob o`g`risi

2-, 3-, 4- VA 5-RAQAMLI SOVG'ALAR
Bitta soch tasmasi

Bitta qarag'ay so'tasi.
Bitta tugma.
Bitta tosfa





O‘sha fútbol to‘pi Lizelga yangi bir g‘oyani amalga oshirishiga
turtki berdi.

Endilikda u har safar maktabga ketishda va qaytishda atrofiii diqqat
bilan ko‘zdan kechirib, o‘lib borayotgan do‘sti uchun ahamiyatli bo‘lishi
mumkin bo‘lgan har qanday narsani topib unga olib borishni odat qildi.
Awaliga u nima uchun bunday qilayotganini o‘zi ham tushunmadi. Qan-
day qilib eski-tuski, tashlandiq narsalar odamga tasalli berishi mumkin?
Ariqda yotgan
lenta, ko‘cha o‘rtasidagi qarag‘ay so‘tasi, sinfdagi pol ustiga
tasodifan tushib qolgan tugma va daryo bo‘yida yotgan yassi dumaloq tosh
bular zig‘ircha ham qimmatga ega bo‘lmasa ham Lizelning Maks haqi-
da g‘amxo‘rlik qilayotganini ko‘rsatadi va, ehtimol, u bir kun kelib uy-
g‘onganida suhbat qurish uchun mavzu bo‘la oladi.

Lizel bitta o‘zi yolg‘iz qolgan paytlarda u bilan bo‘lajak suhbatlami
mashq qilardi.

— Xo‘sh, bu xonani nimalar bilan to‘ldirib tashlading? — deydi
Maks. — Hamma yoqni axlat bosib ketibdimi?

— Axlat? — Lizel o‘zining karavot chetida o‘tirganini tasawur qil-
di. — Bu umuman axlat emas, Maks. Sen shulaming yordami bilan
0‘zingga kelding.






6-, 7-, 8- VA 9-RAQAMLI SOVG'ALAR

Bitta pat.
Ikkita gazeta.
Qand o'ralgan qog'oz.
Bulut.

J


Myunxen ko‘chasidagi cherkov eshigi tutqichiga bandi bo‘lib qol­gan pat juda chiroyli edi. U silkinib tutqunlikdan qochmoqchi bo‘la- yotganini ko‘rib qolgan Lizel darhol uni qutqarishga shoshildi. Patning chap tomonidagi tolalari bir tekis taralgan, ammo o‘ng tomoni qirrali uch- burchak bo‘laklardan iborat edi. Uni boshqacha so‘zlar bilan tasvirlashning


imkoni yo‘q edi.


Gazetalar ko‘chadagi axlat idishining muzdek tubidan tortib olindi (shuning o‘zi yetarli deb o‘ylayman), qand o‘ralgan tekis qog‘ozning rangi biroz o‘chgan edi. Lizel uni maktabining yonidan topib olib, nurga tutish uchun osmonga ko‘targanida qog‘ozda oyoq izlarining to‘plami ko‘rindi, xolos.
Nihoyat, keyingi sovg‘a — bulutga ham yetib keldik.
Sizningcha, qanday qilib biror odamga osmonning bir parchasini sovg‘a qilish mumkin?
Fevral oyining oxirlarida Lizel Myunxen ko‘chasida turib, oppoq maxluq kabi tepaliklar ustida suzib kelayotgan bahaybat yolg‘iz bulutga ko‘zi tushib, ancha payt tomosha qilib turdi. Bulut tog‘lar ustiga chiqib, quyoshni to‘sib qo‘ygach, shahar ustidan kulrang yurakli oq maxluq hukmronlik o‘matdi.
— Ana u bulutga qarang, dedi u otasiga.
Hans boshini ko‘tarib osmonga qaradi va xayoliga kelgan fikmi Lizelga e’lon qildi.
— Lizel, shu bulutni Maksga olib borib bermasang bo‘lmaydi. Ehtimol, uni boshqa sovg‘alar singan yotoqxonangdagi stol ustiga qo‘yib qo‘yarsan.
Lizel Hansning aqldan ozib qolgan yoki qolmaganligini tekshir- moqchiday unga tikilib qaradi.
— Axir, qanday qilaman buni?
Hans kafti bilan qizning boshiga ohista urib qo‘ydi.
— Uning ko‘rinishini yodlab oída, keyin Maksga uni yozma shaklda tasvirlab ber.
—... O‘sha bulut xuddi bahaybat oppoq maxluqqa o‘xshar edi, — dedi Lizel bedor tun og‘ushida hushsiz yotgan Maksga qarab, — tog‘lar- ning ustidan asta sudralib chiqdi.
Nihoyat, bir necha xil o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgandan so‘ng yaxlit va mukammal jumlalar shakllandi, Lizel esa o‘zi xohlagan narsaga erishganini tushundi. U bu sovg‘aning uning qo‘llaridan Maksning







qo‘llariga ko‘rpalar orasidan qanday o‘tishini tasawur qildi va keyin miyasidagi so‘zlarini tartib bilan qog‘ozga yozib, daryodan topgan toshini uning ustiga qo‘yib qo‘ydi.

10-, 11-, 12- va 13-RAQAMLI SOVG‘ALAR
O'yinchoq askar.
Bitta go'zal barg.
Buzilgan hushtak.
Bir burda qayg‘u.

* * *


Tommi Myuller yashaydigan uyning tashqarisidagi loy ichiga botib yotgan o‘yinchoq askar obdan timalib, toptalgan edi. Holbuki og‘ir yarador boTishiga qaramay hamon oyoqlarida tik tura olardi.
Lizel maktabga tegishli jihozlar turadigan javon ichidan, supurgi, chelak va latta-puttalar orasidan zarang daraxtining bargini topib oldi. Javonning eshigi yengil va oson ochilardi. Barg xuddi qovurilgan nondek qurib, qattiqlashib qolgan, terisining ustiga tepaliklar va vodiylar chizilgan edi. Yarim yulduzdek bargning qanday qilib qilib maktabning ichiga kirgani va javonga tushib qolgan noma’lum edi. Lizel javonning ichiga qoTini suqib uni barmoqlari bilan ushlab oldi.
Boshqa sovg‘alardan farqli oTaroq, u bargni yotoqxona stolining ustiga qo‘ymadi. “Hushtakboz” asarining so‘nggi o‘ttiz to‘rtta sahifasini o‘qishni boshlashdan oldin uni yopiq pardaning bir qatiga ilib qo‘ydi.
U o‘sha kuni kechki ovqatini ham yemadi, hojatxonaga ham borma- di, hattoki, suv ichmasdan o‘tirdi. Maktabda o‘tgan butun kuni mobaynida bugun nima qilib boTsa ham Maks uchun kitobni o‘qib tugatishga o‘z- o‘ziga va’da berib yurdi. Maks shundan so‘ng uyg‘onishi kerak edi.
Bu paytda odatdagidek ishsiz Hans burchakdagi polda jim o‘tirardi. Xayriyatki, u tez orada akkordeonini olib Knollerga ketadi. U iyagini



Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish