Jahon adabiyotining bestselleri markus zusak


® HUBERMANLAR OILASI TARIXIDAGI JUDA UZOQ DAVOM ETGAN 3 DAQIQA



Download 1,76 Mb.
bet152/226
Sana06.02.2022
Hajmi1,76 Mb.
#433776
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   226
Bog'liq
Kitob o`g`risi

®
HUBERMANLAR OILASI TARIXIDAGI JUDA UZOQ DAVOM
ETGAN 3 DAQIQA

Hans stolda o‘tirib kuta boshladi. Roza jimgina lablarini qimirlatib, burchakda ibodat qildi. Lizel esa uch tomonlama og'riqni his qilardi: tizzasi, ko‘ksi va qocl mushaklari zirqirardi. 0‘ylaymanki, ulaming hech biri ayni damda mabodo yerto'lalari boshpana vazifasini bajarishga yaroqli deb topilgudek bo'lsa, nima qilishlari haqida o‘ylab ham ko'rishayotgan edi. Chunki eng oldin hozirgi tekshiruvidan omon-eson o‘tib olishlari kerak edi.




Uchalasi ham qulog‘ini ding qilib, yerto‘ladagi natsistning qadam- larini tinglardi. Pastdan uzunlikni o‘lchovchi uskunaning shitirlashi eshitil- di.
Lizelning xayolidan zinapoya ostida o‘zi rasmlar bilan bezagan kitobini mahkam bag‘riga bosib qunishib o‘tirgan Maks hech ketmasdi.
Hans o‘midan turdi — unda yangi g‘oya tug‘ilgandi.
Dahlizga chiqib: “Pastda ishlar yaxshi ketyaptimi?” — deb ovoz berdi.
Javob Maks Vandenburgning ustidagi zinapoya orqali yuqoriga o‘rladi:
— Ha, bir daqiqa.
— Choy yoki qahvaga nima deysiz?
— Yo‘q, rahmat!
Hans oshxonaga qaytib, Lizelga kitobini olib kelishni, Rozaga esa tushlik tayyorlashni buyurdi.
Qilinishi kerak bo‘lgan eng oxirgi ish kundalik tashvishlariga qaytish edi.
— Qani, o‘mingdan tur, Lizel, — dedi u baland ovozda. — Aytga- nimni qil. Tizzangning og‘riyotgani bilan ishim yo‘q, menga baribir. O‘zing aytganingdek, anavi kitobingni tugatishing lozim.
Lizel hayajonini sezdirib qo‘ymaslikka qattiq harakat qildi.
— Xo‘p, dada.
— Xo‘sh, unda nimani kutib turibsan? — Lizel otasining o‘ziga ko‘z qisishi uchun juda ko‘p kuch sarflaganini ko‘rdi.
Lizel shoshganidan dahlizda partiya a’zosi bilan to‘qnashib kelishi- ga sal qoldi.
— Otang bilan kelishmayapsanmi? E’tibor berma, men ham farzandlarimga shunday tarbiya beraman.
Shundan so‘ng ikkalasi ham o‘z yo‘llaridan ketishdi. Lizel xonaga kirishi bilan jizillatayotgan og‘riqqa ham qaramasdan tizzalab o‘tirib qoldi. Partiya a’zosining yerto‘la boshpana uchun juda sayozlik qilishi haqidagi xulosasi, keyin esa xayrlashgani eshitildi:


— Auf Wiedersehen1, telba futbolchi!


O‘ziga alohida yo‘llangan xayrlashuv so‘zlarini eshitishi bilan Lizel o‘ziga keldi va: “Xayr!” — deb qichqirdi. Uning qo‘lida “Tush tashuvchi” erib borardi.
Tekshiruvchi eshikdan chiqib ketgan mahalda, Hansning ta’biri bo‘- yicha, Roza ham allaqachon olov yonida turib eriy boshlagandi. Ular Lizel- ni ham olib, shosha-pisha yerto‘Iaga tushishdi va qog‘oz, bo‘yoq idish- larini bir chetga surib tashlashdi. Maks Vandenburg zanglagan qaychini pichoqdek o‘qtalib zinapoya ostida o‘tirardi. Ustidagi kiyimi terdan jiqqa ho‘l bo‘lgan, lablaridan yarador so‘zlar uchardi.
— Men qaychini ishlatmoqchi emasdim. Men... — u nima deyishni bilmay talmovsiradi va zanglagan qaychini boshi uzra ko‘tardi. — Meni kechiringlar, sizlami shuncha azoblarga duchor qildim.
Hans sigareta tutatdi. Roza qaychini Maksning qo‘lidan oldi va: “Muhimi sen ham, biz ham tirikmiz”, — dedi.
Endi kechirim so‘rash uchun juda kech edi.
XLVIIBOB
ICHKI TABASSUM
Bir necha daqiqadan so‘ng eshik ikkinchi marotaba taqilladi.
— Ey xudo, o‘zing shafqat qil! Yana bittasi keldimi?
Darhol hammasi bir necha daqiqa ilgarigi holatiga qaytarildi. Maks- ni yana yashirib qo‘yishdi. Roza zinapoyadan yuqoriga ko‘tarildi, lekin eshikni ochganda natsistlardan asar ham yo‘q edi. Ulami bu safar malla sochli va yaxshi niyatli Rudi Shtayner yo‘qlab kelgandi.
— Lizelning ahvolini bilish uchun kelgandim.


1 Auf Wiedersehen (nemischa) — xayr, ko‘rishguncha.

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish