Jahon adabiyotining bestselleri markus zusak



Download 1,76 Mb.
bet153/226
Sana06.02.2022
Hajmi1,76 Mb.
#433776
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   226
Bog'liq
Kitob o`g`risi

353


Rudining ovozini eshitib, Lizel zinadan yuqoriga ko‘tarila boshladi.


— Bunisini menga qo‘yib beraveringlar.
— Uning sevgilisi kelibdi, — Hans bo‘yoq idishlarga qarata shun- day degach, galdagi tamaki tutunini burqsitdi.
— U mening sevgilim emas, — qarshilik bildirdi Lizel, lekin g‘a- zablanmadi. Bunday gapga g‘azablanish mumkin emas edi. — Hozir chiq- masam, oyim uyni boshiga ko‘taradi.
— Lizel!
Qiz zinapoyaning beshinchi pog‘onasida edi.
— Ana, ko‘rdingizmi?
* * *
Eshik oldida turgan Rudi Lizel chiqqach, og‘irligini bir oyog‘idan ikkinchisi soldi.
— Seni ko‘rgani keldim... — u gapirishdan bir lahzaga to‘xtab ha- voni hidladi. — Bu nimaning hidi bo‘ldi? Nima, sigareta chekib o‘tirgan- miding?
— Yo‘g‘-e. Otamning yonida o‘tirgandim.
— Sizlarda sigareta ko‘pmi? Balki, uni sotsak yaxshiroq bo‘lar- midi.
Lizel hozir bu mavzuda talashib turadigan kayfiyatda emas edi. Ona- si eshitib qolmasligi uchun sekingina shipshidi:
— Men otamning hech narsasini o‘g‘irlamayman.
— Ammo boshqa odamlardan o‘g‘irlaysan-ku. Hoy, balandroq gapirsang-chi! Ovozingga nima bo‘ldi?
Rudi nim tabassumini ishga tushirdi:
— O‘g‘rilik odamlami ne ko‘ylarga solishini ko‘rdingmi? Sen har bir soyadan xavfsiraysan.
— Go‘yo o'zing hech qachon hech narsa o‘g‘irlamagandek gapiri- shingni qara.
— Ha, lekin faqat sendan o‘g‘rilik hidi keladi, — Rudining gapi-


rishga ishtiyoqi oshib ketdi. — Cho‘milib olishingni maslahat beraman.


Rudi orqasiga o‘girilib, Tommi Myullerga baqirdi:
— Hoy, Tommi, tez yetib kelib bir narsani hidlab koT!
— Nima deysan? — Tommi alang-jalang boqdi. — Hech narsa eshitilmayapti!
Rudi boshini chayqab: “Ahmoq”, — deb qo‘ydi.
Lizel eshikni yopishga tushdi.
— Hoziroq daf bo‘l bu yerdan, cho‘chqa, seni ko‘rgim kelmayapti.
Rudi o4zidan mamnun holda ko‘cha yuziga qaytdi. Pochta qutisi oldiga yetganida nima uchun Lizelning yoniga kelgani yodiga tushib bir necha qadam orqaga qaytdi.
— Alles gut, Saumensch? Tizzangni nazarda tutyapman.
lyun oyi. Germaniya.
Hamma narsa yo‘q bo‘lib ketish arafasida turardi.
Lizel esa bundan tamoman bexabar edi. Uylarining yerto‘lasida yot- gan yahudiy fosh bo‘lmadi, o‘gay ota-onasini undan hech kim tortib olma- di va bu muvaffaqiyatlaming ikkalasiga ham uning o‘zi beqiyos hissa qo‘shgan edi. Shu bois ham fútbol o‘yinida orttirgan jarohatini o‘ylamas- dan Rudiga:
“Ha, hammasi binoyidek”, — deb javob qaytardi.
Darhaqiqat, Lizel o‘zini yaxshi his qilayotgan edi.


XLVIII BOB




O‘LIM KUNDALIGI: SHO‘RPESHONA
PARIJLIKLAR

Yoz keldi.
Kitob o‘g‘risining hamma ishlari juda yaxshi ketayotgan edi.
Menga kelsak, osmon yahudiylar rangiga bo‘yalib borardi.
Tanalar eshiklardagi yoriqlami qidirishni to‘xtatganda ruhlar isyon ko‘tarishdi. Timoqlar daraxtlami timab tashlaganlarida va umidsizlik kuchi ta’sirida yopishib qolganida jonlar oldimga chopishdi, qo‘llarimga qo‘nishdi va birgalikda duv-duv yog‘ayotgan o‘qlar selidan qutulib, tomga va undan balandga, abadiylikning xavfsizligiga tomon yo‘l oldik. Sei usti- dan sei yog‘ar, ulaming saflari uzluksiz ravishda daqiqa say in kengayib boraverardi.
Osvensim1 va Mauthauzenga1 2 birinchi marta borgan kunlarim hech qachon esimdan chiqmaydi. Mauthauzenda bir necha bor qochishga urinishlari muvaffaqiyatsiz tugab, baland jarlik etagida qolib ketgan jonlar- ni yig‘ib chiqishimga to‘g‘ri kelgan edi. O‘qqa uchgan o‘lik tanalar va shirin yuraklar. Bunday o‘lim gaz xonalarida oMishdan yaxshiroq edi. Ba’zi birlarini yarim yo‘lga yetgan paytlarida ushlab oldim-da, jonlarini osmonga olib chiqdim, qolgan-qutgan jismoniy qobiqlari esa yerga qulab


1 Osvensim konslageri — 1939-yilda Germaniya Polshani bosib olgandan keyin Polshaning Osvensim shahnning nomini Aushvits deb o‘zgartirgan va bu yerda Aushvits nomli konslagemi (o‘lim lagerini) qurgan. 1941-1945-yillarda bu lagerda 2 milliondan ziyod yahudiylar, 140 mingdan ziyod polyaklar, 20 mingdan ziyod qochoqlar, 10 ming ziyod sovet harbiy asirlar va o‘n minglab boshqa millat vakillari o‘ldirilgan.


2 Mauthauzen —gitlerchi fashistlar konslageri. 1938-yilda Avstriyadagi Mauthauzen shahri yaqinida Daxau konslagerining “filiali” sifatida tashkil etilgan. 1939-yil martdan — mustaqil lager. 1938—1945- yillarda Mauthauzenda ko‘plab mamlakatlardan keltirilgan 335 ming kishiga yaqin mahbuslar saqlangan. Ulaming 122 mingdan ortig'i (shu jumladan, 32 mingdan oshiq sovet fuqarosi) qatl etilgan va qiynab o‘ldirilgan. II jahon urushidan so‘ng Mauthauzen o‘mida muzey tashkil qilingan. Mauthauzenda qiynab o‘ldirilgan sovet general] D. M. Karbishevga 1948-yil fevralda haykal o'matilgan.





tushdi. Ulaming barchasi xuddi yong‘oq qobiqlari singari yengil edi. U joylarda osmonni tutun bosgan, sovuq havoni kuygan jasadlaming qo‘lan- sa hidi tutib ketgan edi.
O‘sha kunlami eslaganimda beixtiyor titrab ketaman, o‘sha sahifa- lami xotiramdan o‘chirishga harakat qilaman. Biroz bo‘lsa ham isitish uchun kaftlarimga iliq nafasimni ufuraman.
Ammo jonlar hanuz sovuqdan dir-dir titrayotgan bir mahalda ulami tutgan qo‘llarimni isitish juda qiyin.
— Xudo.
Ular haqida o‘yiayotganimda har doim shu nomni tilga olaman.
— Xudo.
Ikki marta aytdim.
01am sinoatlarini tushunishga behuda uringan kezlarimda uning ismini aytaman.
— Bu sinoatlami tushunishni menga kirn qo‘yibdi? — o‘zim bilan bahslasha boshlayman. Xudo hech qachon hech narsa demaydi. Seningcha, u faqat sening savollaringni javobsiz qoldiradimi? Sening ishing... — shu tariqa o‘zim bilan bahslashishdan to‘xtayman, chunki ochig‘ini aytganda, bunday suhbatdan charchab ketaman. Fikrlarim meni qattiq toliqtiradi va charchoqlarimni chiqarishdek marhamatga ega emasman. Men ishlashda davom etishim zarur, chunki o‘lim hech kimni kutib turmaydi, kutganda ham bu uzoq davom etmaydi. Bu haqiqatni Yer yuzidagi hamma odamlar ham bir ovozdan ma’qullamasa ham, baribir, aksariyati bu fikming to‘g‘ri- ligini e’tirof etadi.
1942-yil 23-iyunda Polsha tuprog‘idagi nemis qamoqxonasida saq- lanayotgan bir guruh fransuz yahudiylari uchun bordim. Birinchi bo‘lib eshikka yaqin joydagi odamning jonini oldim. O‘sha lahzada uning ongi dastlab yugurardi, keyin esa bir sur’atda yurishga o‘tdi, oxir-oqibat juda sekinlashib qoldi.
Xoh ishoning, xoh ishonmang, lekin o‘sha kuni men har bir jonni xuddi yangi tug‘ilgan chaqaloq kabi qabul qildim. Hatto bir nechtasining horg‘in, zaharlangan yonoqlaridan o‘pib qo‘ydim. Ulaming eng so‘nggi


bo4g4iq qichqiriqlarini, yo‘qolib borayotgan so‘zlarini eshitdim. Ulaming sevgi-muhabbat haqidagi tasawurlarini tomosha qildim va qo‘rquvlaridan forig4 qildim.


O4sha yahudiylaming hammasini birma-bir olib ketdim, o‘sha kuni o‘zimni chalg‘itadigan narsaga har qachongidan ham ko'proq muhtojlik sezayotgandim. Batamom umidsizlikda dunyoga balanddan turib qaradim, osmonning kumushrangdan yomg4ir rangi — kulrangga aylanishini kuzat- dim. Hatto bulutlar ham xijolat bo4lib, boshqa tomonga qarashga urinardi.
Ba’zi paytlarda quyoshning malla rangda, chegarasi ko4rinmaydigan atmosferaning moviy rangda ekanligini yaxshi bilsam-da, bulutlar ustidan qaragan chog‘da borliqdagi jismlaming qanday ko4rinishda bo‘lishini tasawur qilardim.
Ular fransuzlar, yahudiylar edilar, ular siz edingiz.


YETTINCHIQISM




DUDENNING MUFASSAL VA
MUKAMMAL LUG‘ATLARI”

£

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish