Jahon adabiyotining bestselleri markus zusak



Download 1,76 Mb.
bet151/226
Sana06.02.2022
Hajmi1,76 Mb.
#433776
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   226
Bog'liq
Kitob o`g`risi

Luft Schutz Raum — bombardimon paytidagi boshpana — . — — ■ - >
Lizel o‘sha bolaning yoniga yetganida u koptokni olib birdan o‘girildi va ular shunday qattiq to‘qnashib ketishdiki, o‘yin o‘z-o‘zidan bir necha lahzaga to‘xtab qoldi. To‘p yon tomonga dumalab ketgach, barcha o‘yinchilar uning izidan yugurishdi. Lizel bir qo‘li bilan qonayotgan tizza- sini, ikkinchi qo‘li bilan boshini ushladi. Klaus Berg esa o‘ng oyog‘ining boldirini siypalagancha yuzini bujmaytirib tinmay so‘kinardi.
— Qani u? — tupuk sochib baqirdi Klaus. — Men uni o‘ldiraman!
Lekin qotillik bo‘lmaydi, balki undan ham yomonrog‘i yuz beradi.
Ulami kuzatib turgan muloyim partiya a’zosi masalaga hakamlik qilish uchun o‘yinchilar yoniga yetib keldi.
— Bu yerda nima bo‘ldi? — so‘radi u.
— Anavi qiz g‘irt aqldan ozgan, — Klaus qo‘lini bigiz qilib Lizelga ko‘rsatdi. Partiya a’zosi borib Lizelning o‘midan turishiga yordam berdi. Uning tamaki hidini ufurayotgan nafasi qizning yuzi oldida tutunli qumloq tepalikni hosil qildi.
— Sen endi o‘yinni davom ettira olmasang kerak, qizaloq. Qayerda yashaysan?
— Men yaxshiman, —javob berdi Lizel. — Haqiqatdan ham yax- shiman. Men o‘zim yura olaman. Iltimos, mendan nari turinglar. O‘z holimga qo‘yinglar!
Har doimgidek shu joyida lip etib Rudi paydo bo‘ldi.
— Men uyingga ketishingda ko‘maklashaman, — dedi u.
Ey Xudo, nima uchun Rudi doim boshqalaming ishiga bumini suqaveradi-a?
— Chindan ham, o‘zim yura olaman, — dedi Lizel. — O‘yinni davom ettiraver, Rudi. Ishon, qo‘limdan keladi.
— Yo‘q, yo‘q. Bunaqasi ketmaydi. Bir-ikki daqiqa kechroq o‘yna-


sam, hech narsa qilmaydi.


Uni fikridan qaytarish imkonsiz edi. Qanday o‘jar bola-ya!
Lizel yana bir nima o‘ylab topmasa bo‘lmasligini tushundi. Rudi uning qo‘lidan ushlab yurishiga yordamlasha boshlaganda Lizel o‘zini orqaga tashlab yerga yiqilib tushdi.
— Dadajon, — dedi u bitta ham buluti yo‘q musaffo osmonga tiki- lib. — Otamni chaqirib kela olasanmi, Rudi?
— Xo‘p, shu yerda qimirlamay o‘tir, — Rudi o‘ng tomoniga o‘giri- lib baqirdi: — Tommi, unga ko‘z-quloq bo‘lib tur, xo‘pmi? Uning qimir- lashiga yoT qo‘yma.
Tommi tezda o‘yinni tashlab ulaming yoniga keldi.
— Xavotirlanma, Rudi, uni o‘zim nazorat qilib turaman, — Tommi yuzidagi tabassumni oshkor qilmaslikka harakat qilib u yoq-bu yoqqa yur- di. Lizel esa partiya a’zolaridan ko‘zlarini uzmasdi.
Bir daqiqadan so‘ng Hans Huberman uning yonida xotiijamlik bilan turardi.
— Dada!
Hansning lablarida tashvishli tabassum o‘ynardi.
— Shu kun qachon kelar ekan deb kutib yuruvdim o‘zi.
Hans Lizelni koTarib, uyga olib bordi. O‘yin ilgarigidek alpozda davom etaverdi va tekshiruvchilar Hubermanlar xonadonidan bir nechta uy nariga kelib qolgan, ular taqillayotgan eshikni hech kim ochmayotgan edi.
Rudi uzoqdan turib baqirdi:
— Yordam kerak emasmi, Herr Huberman?
— Yo‘q, yo‘q, bemalol o‘ynayvering, Herr Shtayner.
“Herr Shtayner” — so‘zlami o‘z vaqtida mohirlik bilan ishlatuvchi Lizelning o‘gay otasini yaxshi ko‘rmaslikning iloji yo‘q edi.
Uyga kelishlari bilan Lizel unga vaziyatni tushuntirdi. U sukut va umidsizlik o‘rtasida biron chora topishga harakat qilib tipirchilardi.
— Dada, nima qilamiz?
— Jim, gapirma.
— Axir, partiya a’zolari yurishibdi, — pichirladi qiz. Hans eshikni
—.....¿»L—-


ochib, ko‘chaga qarash istagidan arang o‘zini tiydi va Lizelni kursiga o‘tqazdi.


— Ular boshpana topish uchun yerto‘lalami tekshirib yurishibdi. Sen aqlli qizsan, Lizel, — Hans darhol Rozani chaqirdi.
Ulaming reja tuzib olishlari uchun atigi bir daqiqa vaqtlari bor edi.
— Uni Lizelning xonasidagi karavot ostiga yashiraylik, — taklif qildi Roza.
— Faqat shumi? Mabodo ular xonalami ham tekshirishni istab qolsalar-chi?
— Boshqa yaxshiroq rejang bormi?
Yuqoridagi gapga tuzatish: ulaming bir daqiqadan juda kam vaqtlari bor edi.
“Himmel” ko‘chasidagi 33-uyning eshigiga berilgan gurs-gurs zarba ovozi eshitilishi bilan Maksni boshqa joyga ko‘chirishga allaqachon kech bo‘lgandi. “Eshikni oching!” — degan ovoz keldi.
Uchovlonning yurak urishlari bir-biri bilan qanchalik tez urish bo‘- yicha bellashardi. Lizel o‘z yuragini yeb qo‘ymoqchi bo‘ldi, biroq yuragi- ning ta’mi unchalik xursand qilmadi.
Roza pichirladi:
— Yo Iso, Bibi Maryam va...
O‘sha kuni Hans ularning joniga oro kirdi. Yerto‘la eshigiga tomon yugurib, zinapoyadan pastga ogohlantirish belgisini berdi. Qaytib kelgach, tez va to‘xtamasdan gapirdi.
— Demak, hech qanday hiyla-nayranglarga vaqt qolmadi. Ulami yuz xil usul bilan chalg‘itishimiz mumkin edi, ammo hozir faqat bitta yo‘l qoldi. U ko‘zlarini eshikka tikib, gapini tugatdi: — Shunchaki hech narsa qilmaymiz.
Roza undan bunday gapni sira kutmayotgan edi. Shu sababli kofczlari olayib ketdi.
— Hech narsa qilmaymiz deganing nimasi? Jinni bo‘ldingmi?
Eshik takroran taqilladi.
Hans fikrida qat’iy turdi.




— Hech narsa qilmaymiz — tamom, vassalom. Biz hatto pastga ular bilan tushmaymiz ham, ulaming ishiga o‘zimizni mutlaqo befarq tuti- shimiz zarur.
Boya tezkorlik o‘tgan vaqt endi toshbaqadek sekinlashib qoldi. Roza ham noiloj ko‘ndi.
Muqarrar musibatni o‘ylab ayol boshini chayqadi va eshikni ochish- ga ketdi.
— Lizel, — Hansning ovozi qizni burdalab tashladi, — eng muhimi tinchlan, o‘zingni bo‘sh qo‘y, verstehst?
— Xo‘p, dada.
Qiz e’tiborini lat yegan tizzasiga qaratishga urindi.
— Barakalla!
Eshik oldida turgan Roza bunday kutilmagan tashrifhing sababini o‘smoqchilab so‘rayotganida boyagi mehribon partiya a’zosi allaqachon Lizelni ko‘rib qoldi.
— lya, aqldan ozgan futbolchi-ku! — u tirjaydi. — Tizzang yaxshi bo‘lib qoldimi?
Natsistlami odatda hech kim o‘ta quvnoq odamlar deb sanamasa-da, bu odam, shak-shubhasiz, shunaqa edi. U ostonadan ichkariga kirib, jaro- hatni tekshirmoqchi bo‘lgandek qizning tizzasiga egildi.
U bizni sezib qoldimikan? Balki u yahudiyni yashirayotganimizni hidlab qolgandir? — Lizelning xayoliga xavotirli o‘ylar kela boshladi.
Hans rakovina tomondan nam mato bilan qaytib kelib, uni Lizelning qontalash tizzasiga bosdi.
— Achiyaptimi? — Hansning kumushrang ko‘zlari mehribon va xotiijam edi. Ulardagi qo‘rquv aksini farzandining jarohatidan qayg‘ura- yotgan otaning xavotiri deb o‘ylash mumkin edi.
Roza oshxonadan turib baqirdi:
— Albatta, achiydi, lekin bu qizga, baribir, kam. Hama, shundan saboq chiqarib, aqli kirib qolsa.
Partiya a’zosi qaddini rostlab kulib yubordi:
— Menimcha, u yerda koptok ketidan chopib qizingiz o‘ziga saboq





olayotgan bo‘lmasa kerak, Frau...


— Frau Huberman, — Roza yuzini burishtirib o‘zini tanishtirdi.
— Frau Huberman, qizingizning o‘zi boshqa bolalarga saboq berib qo‘yishi mumkin! — u Lizelga tabassum bilan qaradi. — To‘g‘rimi, qiza- loq?
Hans Lizelning oyog‘idagi shilingan joyni nam latta bilan qattiqroq bosganida qiz partiya a’zosiga javob berish o‘miga seskanib ketdi. Uning o‘miga Hans gapirib qizining qilig‘i uchun uzr so‘radi.
Shundan so‘ng oraga noqulay jimlik tushgach, partiya a’zosi birdan aslida nima uchun kelganini eslab qoldi.
— Agar qarshi bo‘lmasangiz, bombalardan yashirinish uchun mos yoki mos emasligini bilish uchun uyingizdagi yerto‘lani bir-ikki daqiqaga ko‘zdan kechirib chiqmoqchi edim, — izoh berdi u.
Hans yana bir marta jarohatlangan tizzasiga sekin urib qo‘ydi.
— Lizel, endi tizzang ko‘karib, juda chiroyli bo‘lib yuradi, — Hans qizni xayolga berilmaslikka undab, yelkasi osha partiyaning a’zosiga javob berdi. — Albatta. O‘ng tomondan birinchi eshik. U yerdagi tartibsizlik uchun oldindan uzr so‘rayman.
— Menga farqi yo‘q, hozirgacha ko‘rganlarimdan ham yomonroq ahvolda bo‘lmasa kerak degan umiddaman. Mana shumi?
— Ha.

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish