ROZANING OVOZIDAN TARALGAN SO‘ZLAR
— Agar u o'ziga kelmasa nima qilamiz? Agar u shu yerda o'lib qolsa-chi, Hansi?
Ey Xudo, gapira qolsang-chi, uning jonsiz murdasini nima qilamiz axir? Bu yerda uni zinhor qoldira olmaymiz — hidiga chidab bo'lmaydi. Uni tashqariga olib chiqib ko'cha o'rtasiga sudrab ham bora olmaymiz. Hammaga qarata: “Ertalab yerto'lamizdan nima topib olganimizni tasavvur ham qilolmaysiz”, — deb yolg'on ham to'qiy olmaymiz. Bizni darrov hibsga olib uzoq-uzoqlarga ravona qilishadi.
Roza mutlaqo haq edi. Yahudiyning jasadi katta muammoni keltirib chiqaradi. Hubermanlar Maks Vandenburgni nafaqat uning o‘zi uchun, balki o‘zlari uchun ham hushiga qaytarishlari zarur edi. Hatto doimiy xotiijamlik namunasi bo‘lgan Hans ham endi jiddiy xavotirlana boshlagan edi.
— Quloq sol, — Hansning ovozi juda past, ammo salmoqli yangra- di. — Agar shunday bo‘ladigan bo‘lsa, agar u vafot etsa, qilishimiz kerak bo‘lgan ishlami aniqlab olishimiz kerak bo‘ladi. Lizel uning yutinib qo‘y- ganini aniq eshitdi. — Mening aravam, bir nechta qog‘oz uyumlari bilan...
Lizel oshxonaga kirdi.
— Lizel, hozir mavridi emas, — Hans qizning yuziga qaramasdan shunday dedi. U teskari o‘girilgan qoshiq yuzida o‘zining bujmaygan yuzi- ni ko‘zdan kechirar, tirsaklari stol ichiga botib ketgandi.
Kitob o‘g‘risi ortiga qaytib ketmadi. Yana bir necha qadam tashlab kursiga o‘tirdi. Muzdek barmoqlari yenglarini chimdigan kezda quyidagi jumla lablaridan uchib ketdi:
— U hali o‘lmadi.
Bu so‘zlar stolga tushib, o‘rtaga joylashib oldi. Uchalasi ham ularga qaradi. Yarim-yorti umidlar yuqoriroqqa ko‘tarilishga jur’at etisholmadi. U hali o‘lmadi. U hali o‘hnadi. Roza gapni boshqa yerga burib yubordi:
— Kimning qomi ochdi?
Maksning xastaligi, ehtimol, kechki ovqat mahalidagina qisqa fur- satga boTsa ham xayollaridan faromush bo‘lgandek tuyulardi. Aslida esa uchovlon oshxona stolida non, sho‘rva yoki kartoshka kavshab o‘tirish- ganida ham u haqida o‘ylashar, lekin hech kim miq etib og‘iz ochmasdi.
Bir necha soat o‘tgach, Lizel yarim tundauyg‘onib ketib yuragining nima uchun tez-tez ura boshlaganiga hayron bo‘ldi. (U bu iborani “Tush tashuvchi” kitobidan o‘qib bilib oldi, ammo uning mohiyati “Hushtak- boz”ning mutlaqo qarama-qarshisi bo‘lib chiqdi. “Tush tashuvchi” ruhoniy bo‘lishni istagan tashlandiq bola haqidagi asar edi.)
Lizel o‘midan turib o‘tirdi va yutoqob tungi havoni so‘ra boshladi.
— Lizel, senmisan? — Hans yonboshiga ag‘darildi. — Nima boTdi?
— Hech narsa, dada, hammasi yaxshi, — deya Lizel gapini gapini tugatgan zahotiyoq tushida o‘zi bilan sodir bo‘lgan hamma narsani o‘ngida yana ko‘rdi.
0
'A BITTA KICHIK TASVIR
Asosan, barchasi bir xil edi.
Poyezd bir xil tezlikda taraq-turuq qilib harakatlanadi, ukasi esa yo'taladi.
Ammo bu safar Lizel uning yerga qaragan yuzini ko‘ra olmagach, sekin u tomonga egildi. Qo^i bilan uning iyagini ohista ko'tarib, boshini o‘ziga qaratdi — uning oldida Maks Vandenburgning ko'zlari olaygan ketgan yuzi zohir bo'ldi. Bu yuz Lizelga tikilardi. Patlar polga tushdi. Boshga mutanosib ravishda tana ham kattalasha boshladi. Poyezd chinqirdi.
— Lizel?
— Sizga aytdim-ku hammasi yaxshi deb!
Lizel titrab-qaqshagancha to‘shagidan ko‘tarildi. Qo‘rquvdan aql- dan ozguday bo‘lib dahlizga chiqdi va Maksning oldiga bordi. Uning yoni- da ancha o‘tirib qo‘rquv va dahshatlari arigach, tushining nima ma’no anglatishi mumkinligi haqida o‘yladi. Bu Maksning o‘limiga ishorami? Yoki oshxonada tushdan keyin bo‘lib o‘tgan suhbatga Lizelning muno- sabatimi? Ukasining o‘mini Maks egalladimi? Agar shunday bo‘Isa, o‘zining joni va qoni singgan bu odamning o‘lib ketishiga qanday jim qarab tura oladi? Yoki bu Maksning o‘limi uchun qalbining tub-tubida ya- shirini oigan istakning namoyon bo‘lishimi? Ukasi Verner shunday taq- dirga loyiq bo‘lsa, demak, bu yahudiy ham munosib.
— Sen, haqiqatan ham, shunday deb o‘ylaysanmi? — Lizel karavot ustida tikka turib pichirladi. — Yo‘q, — Lizelning bunga ishongisi kel- masdi. U zulmatning karaxtligi yo‘qolib, stol ustidagi buyumlar katta-ki- chik soyalami paydo qilganida o‘z savoliga javob oldi. O‘n uchta sovg‘aning soyalari.
— Ko‘zingni ochgin, — dedi u.
Maks uyg‘onmadi. Uning o‘ziga kelishi uchun yana sakkiz kun kerak bo‘ldi.
Maktabda dars bo‘layotgan mahal eshik bo‘g‘iq taqilladi.
— Kiring, — qichqirdi Frau Olendrix.
Eshik ochilgach, butun sinf guv etib ostonada qotib turgan Roza Hubermanga taajjub bilan qaradi. Bir-ikki o‘quvchi yupqa qimtilgan lab- lariga labbo‘yoq surgan, ko‘zlari bilan yeb qo‘ygudek tikilayotgan ayoldan iborat manzarani ko‘rib oh tortib yubordi. Bu haqiqiy afsona edi. Roza o'zining eng yaxshi kiyimlarini kiyib kelgan bo‘Isa ham kulrang rezina sochiqqa o‘xshash paxmoq sochlari mukammal ko‘rinishga pand berib turardi. O‘qituvchi ham bu vajohatli ayolning kutilmagan tashrifidan biroz qo‘rqqan edi.
— Frau Huberman... — o‘qituvchining harakatlari bir-biriga uy- qash kelmasdi. U o‘quvchilami bir-bir ko‘zdan kechira boshladi.
— Lizel!
Lizel Rudiga bir qarab qo‘yib, o‘midan turdi va xijolatpazlikka iloji boricha tezroq nuqta qo‘yish uchun eshik tomon shoshildi. Eshik orqasidan yopilgach, u va Roza yo‘lakda yolg‘iz qolishdi.
Roza boshqa tomonga qaradi.
— Niina bo‘ldi, oyijon?
Roza boshini unga qarata burdi.
— “Nima bo‘ldi, oyijon”mish! Urg‘ochi cho‘chqa! Mening taro- g‘im qani?
O‘shqirib aytilgan so‘zlaming tezligi Lizelni cho‘chitib yubordi. Eshik ortidan kimlamingdir yengil kulgisi sizib chiqdi, lekin darhol to‘sib qo‘yildi.
— Oyijon, nima deyapsiz?
Rozaning yuzi qahrli bo‘lsa-da, lablarida tabassum o‘ynardi.
— Mening tarog‘imni nima qilding deyapman, ahmoq cho‘chqa, kichkina o‘g‘ri? “Narsalarimga qo‘lingni teggizma”, — deb senga yuz martalab aytganman, lekin sen quloqsiz o‘z bilganingdan qolmaysan!
Rozaning tahdidli nutqi yana bir daqiqacha davom etdi, bu orada Lizel o‘sha taroqning qayerda bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida bir nechta umidsiz taxminlarini aytishga muvaffaq bo‘ldi. So‘zlar oqimi to‘satdan to‘xtadi — Roza bir necha soniyaga Lizelni o‘ziga yaqin tortgan edi. Uning shivirlab aytgan gapini shunchalik yaqindan turib ham eshitishning iloji yo‘q edi.
— O‘zing sinfga kirib baqirishimni so‘ragan eding-ku, esingdami? Shunda hamma chippa-chin ishonadi, degan eding, — Roza awal chap, keyin o‘ng tomoniga tez qarab oldi. Uning ovozi xuddi ip va ignadek ingichkalashib ketgan edi. — U o‘ziga keldi, Lizel. U ko‘zini ochdi, — Roza cho‘ntagidan ust-boshi ayanchli ahvoldagi o‘yinchoq askami chi- qardi. — Senga shuni olib borishimni so‘radi. Hamma narsalar ichida shu- nisi unga juda yoqibdi, — Roza qizga o‘yinchoqni berib, yelkasidan mah- kam ushladi va jilmayib qo‘ydi. Lizel biron bir narsa aytishga og‘iz juftlashga ulgurmasidan Roza gapni yana ilib ketdi.
— Xo‘sh? Javob ber deyapman! Uni yana qayerda qoldirgan bo4lishing mumkin?
Lizelning xayolida faqat bitta hayotbaxsh jumla aylanardi: “U tirik”.
—... Yo‘q, oyijon. Kechiring, men...
— Sen bilan uyga borganingda gaplashaman! — Roza uni qo‘yib yubordi va bosh irg‘ab ortiga qarab ketdi.
Lizel yana bir necha soniya turdi. Yo‘lak juda katta edi. Kaftidagi askarga qaradi. Ichki hissiyotlari uni hozir uyga chopib ketishga undadi, ammo ehtiyotkorlik bunday qilishiga yo4l qo‘ymadi. Lizel shoshib xato qilib qo‘yishini hisobga olib, eski o‘yinchoq askami cho‘ntagiga soldi va sinfga qaytdi.
Hamma uning kelishini kutib turardi.
— Ahmoq sigir, — deb pichirladi Lizel o‘ziga-o4zi.
Frau Olendrixdan boshqa barcha gur etib kulib yubordi.
— Lizel! Nima deding hozir?
Lizelning kayfiyati shu qadar baland ediki, o‘zini daxlsizdek his qilardi.
— Men “ahmoq sigir” deb aytdim, — quvnoq tabassum bi lan javob qaytardi Lizel. O‘sha lahzaning o4zidayoq Frau Olendrixning tarsakisi yuziga kelib tushdi.
— Oying haqida bunday gapirishga qanday jur’at etding? — o4sh- qirdi o'qituvchi, ammo bu o'shqirish ham deyarli naf bermadi. Lizel qilt etmay turib tabassumini saqlashga harakat qildi. Nari borsa, yana kaltak yeyishi mumkin.
— Hoziroq joyingga o‘tir!
— Xo‘p bo‘ladi, Frau Olendrix.
Uning yonida o‘tirgan Rudi gapirishga jur’at etdi.
— Yo Iso, Bibi Maryam va Yusuf! — pichirladi u, — uning qip- qizil barkashdek qo‘lini yuzingga qanday urganini o‘zing ko‘rganingda edi. Yirik-yirik beshta barmoq-a!
— Ajoyib,! — Lizelning bundan zarracha xo‘rligi kelmadi, chunki Maks tirik edi.
Lizel uyga yetib kelganida Maks to‘shakda yorilgan koptokni ushlab o‘tirardi. Soqoli o‘sib ketganidan yuzi qichir, hali holsiz ko‘zlarini ochish uchun juda ko‘p kuch sarflar edi. Sovg‘alar yonida ovqatdan bo‘shagan kosa turardi.
Ular bir-birlariga salom berishmadi — nigohlarining tutashishi yetarli bo‘ldi.
Eshik gMyqillab, Lizel kirib keldi va kosadan ko‘zini uzmay Maks- ning oldida turdi.
— Onam uni tomog4ingga majburlab quydimi?
Maks mamnun va charchagan holda bosh irg‘adi.
— Ammo juda ham xushta’m ekan.
— Onam tayyorlagan sho‘rvami? Rostdanmi?
Maks bu safar tabassum emas, aksincha, deyarli sezilmaydigan lab yoshini yo‘lladi.
— Sovg‘alar uchun sendan juda minnatdorman. — Bulut uchun alohida tashakkur. Otang u haqida menga biroz gapirib berdi.
Bir soatlardan key in Lizel ham nimanidir tan olishga urindi.
— Agar sen o‘lib qolgudek bo‘lsang, nima qilishimizni bilmay rosa qiynaldik, Maks. Biz...
Maks uzoq vaqt sukut saqlab o‘tirmadi.
— Ya’ni, jonsiz tanamdan qanday qutulishni o‘ylabmi?
— Meni kechir.
— Yo‘q, kechirim so‘rama, — Maks so‘zlayotgan chog‘ida qo‘li- dagi koptokni beparvo o‘ynar, qizdan aslo xafa emasdi. — Sizlar to‘g‘ri qilgansizlar, ya’ni bu haqda qayg‘urib to‘g‘ri ish qilgansizlar. Hozirgi sharoitda o‘lik yahudiy tirik yahudiy singari sizlar uchun xavfli, ehtimol, o‘n karra xavfliroq bo‘lishi mumkin.
— Men bitta tush ham ko‘rdim, — Lizel o‘yinchoq askarni qo‘lida ushlab, ko‘rgan tushini batafsil bayon qildi. U yana kechirim so‘ramoqchi edi, lekin Maks uning gapini bo‘ldi.
Lizel, — Maks qizning o‘ziga qarashini kutdi. — Hech qa- chon mendan kechirim so‘rama. Seni shuncha xavotirga qo‘yganim uchun
men sendan kechirim so‘rashim lozim, — Maks Lizel tashib kelgan narsalarga qarab, qo‘liga mo‘jazgina tugmachani oldi. — Ularga bir qara. Qanday ajoyib sovg4alar. Roza har kuni ikki marta, ba’zan esa uch marta tepamda o‘tirib kitob o‘qib berganingni aytdi, — Maks pardalar ortidan xuddi shahar ko‘rinayotgandek ulardan ko‘z uzmay turardi. U joyidan qo‘zg‘alib o‘tirdi va o‘n martalab gapirishga og‘iz juftladi-yu, lekin inda- maslikni afzal ko‘rdi. Uning yuziga tashvish pardasi tortildi va qiz oldida bir narsani tan oldi.
— Lizel? — u biroz o‘ng tomoniga egildi. — Men yana shunday uzoq uxlab qolishimdan qo‘rqyapman.
Lizel qat’iy javob berdi: — Unda men senga kitob o‘qib beraman. Agar mudray boshlaganingni ko‘rsam yuzingga tarsaki tushiraman. Kitobni yopib qo‘yaman-da, to uyg‘onguningcha seni silkitaveraman.
Kunning qolgan qismi tugab oqshom cho‘kkanda ham Lizel Maksga kitob o‘qib o‘tiraverdi. Maks to‘shakda o‘tirdi va soat o4nga qadar ongli ravishda uning so‘zlarini o‘ziga singdirdi. Qisqa tanaffus paytida Lizel kitobdan boshini ko‘tarib, Maksning uxlab yotganini ko‘rdi va jahli chiqib uni kitob bilan turtdi. Maks uyg‘ondi, lekin yana uch marta shunday uxlab qoldi. Ikki marta Lizel uni majburlab uyg‘otdi.
Keyingi to‘rt kun davomida Maks tongda Lizelning karavotida, keyin esa kamin yonida va nihoyat aprel oyining o‘rtalarida yerto‘lada uy- g‘ondi. Uning salomatligi tiklandi, soqolini oldi, awalgi vazniga ham asta qayta boshladi.
Bu Lizelning ichki dunyosida buyuk xotiijamlik va quvonch davri bo‘ldi. Taassufki, tashqi dunyo bu vaqtda larzaga kelayotgan edi. Mart oyining oxirida Lyubek nomli shahar bombalar bilan bombardimon qilindi. Endilikda navbat Kyoln shahriga kelgan edi va tez orada Germaniyaning boshqa ko'plab shaharlariga, jumladan Myunxenga ham bu dahshatlar yetib keladi.
Ha, yelkamda chordana qurib o‘tirgan xo‘jayinim: “Qil! Bajar!” — deb turardi.
Bombalar kelishiga oz qoldi va men ham ular bilan birga edim.
Do'stlaringiz bilan baham: |