Qorbobo uxlagan payt yalmog’iz kelib qorqizni o’g’il bolaga aylantirib qo’yadi.
-- Qorbobo: Qorqizim menga nonushtani olib kelchi. Yaqinda Yangi yil. Qiladigan ishlarim ko’p.
-- Qorqiz: Mana bobojon!
-- Qorbobo: Yo qudratingdan….. Daxshat… bu nimasi? Bir kechada nima jin urdi seni? Yoki kachka zaldan kelyapsanmi? Qorqiz patnisda o’zini ko’rib, qo’rqib ketadi.Qo’lidan patnis tushib ketadi.
-- Qorqiz: Daxshat….. bu nimasi?
-- Qorbobo: Endi nima qilsam ekan? Yaqinda Yangi Yil bo’lsa, kimdan yordam so’rasam ekan? Ha!!! Ekstrasenslarni yordamga chaqiraman. Ular ko’p narsani bilishadi.
--1. Ekstrasens: Ha, ko’ryapman, ko’rinyapti trubka chekadigan erkak.
--2. Ekstrasens: Ha-ha yordamchisi ham bor.
--1.2.Ekstrasenslar: Bu aniq Sherlok Xolmos va Vatson. Bu ularning ishi. Bizni bu ishga aloqamiz yo’q.
--Qorbobo: Unda nima qilib o’tiribmiz? Ularning oldiga ketdik.
--Xolmos: Vatson kechagi jinoyatda sizga anavi qiz g’alati tuyulmadimi?
--Vatson: Hmm.. Biroz g’alatiroq edi, lekin hech qanday daxli yo’q-ku!
--Gargamel: Yangi Yilni yomon ko’raman, hammani smurfga aylantiraman.Bayram dasturxonini smurflab tashlayman!
--Qorbobo: Ha Gargamel, o’zimam o’ylagandim, bu seni ishing deb,Qorqizni o’z holiga qaytar!
--Gargamel: Nima? Voy axmoqlar! Men nima dardda-yu bular
nima dardda?
--Xolmos: Yo’q Gargamelni aloqasi yo’q!
--Gargamel: Qorbobo iltimos, Yangi Yilda menga smurflar Qishlog’I qayerdaligini ko’rsat! (yig’laydi)
--Vatson: Shoshmanglar! Kinolarda eng yovuz ishlarni qiladigan qahramon kim bo’ladi? Ha, bu aniq Valandemord, bu aniq uning ishi.
--Qorbobo: Unda ketdik.
--Valondemord: Ha men qo’rqinchliman1 Ha man shunaqa yomonman, barcha yomonliklarda mening qo’lim bor. Umuman kim o’ylab topdi, bu gapni “tv3”kanalimi? Sizni Qorqizingizga meni aloqam yo’q.
--Qorbobo: Hmm… Tushunarli.
Valondemord: Aaa.. balki bu ishga plastik xirurgning qo’li bordir.
--Qorbobo: Ha bu seni ishingmi? Go’zallik yarataman deb, Qorqizni ne ahvolga solding.
--Plastik xirurg: Nima-nima tushunmadim? Munisa Rizayevani men go’zal qilganman, to’g’ri, Rayhonni ham, Zarina ham kep-ketgandi. Lekin Qorqizga aloqam yo’q.
--Qorbobo: Hmm…… Yana jumboq.
--Xolmos: (o’ylovga ketadi) Menimcha bunga har doimgidek Yalmog’iz kampirning qo’li bor.
Yalmog’iz yashirinib o’tayotganda Vaqtida ushlab olishadi.
--Yalmog’iz: Men emas, meniaybim yo’q! Kechiringlar aybim yo’q, kechiringlar, xursandchilik ham (yig’laydi)
--Vatson: Yalmog’iz agar Qorqiznio’z holiga qaytarsang, plastik xirurigimiz seni go’zal qizga aylantiradi.
--Xolmos: Keyin qorbobo sovg’a ham beradi.
--Yalmog’iz: Yaxshi, roziman, faqat bayramga men ham qatnashaman(yig’laydi).
Erta qahramonlari hamma, sahnada aylana bo’ylab aylanishadi, yolmog’iz qorqizni o’z holiga qaytaradi.