REGISTON KARIMOV TEST MARKAZI (KTM)
Leksikologiya №1
Quyidagi qaysi gap(lar)da o‘zaro shakldosh qo‘shimchalar qatnashmagan?
1. Alisher uyga kirishi bilan qolganlar jim bo‘lishdi.
|2. Agar sen olgan qarzingni o‘z vaqtida qaytarsang, ularning ham senga bo‘lgan ishonchi ortar edi.
3. Ko‘klamda yashargan qari tol ham insonning diliga ajib bir tarovat baxsh eta boshladi.
4. Sen ham meni shoshirmasdan ishni bitirsang bo‘lardi.
A) 2, 3, 4
B) faqat 4
C) 3, 4
D) 1, 3
Har ikki qismi ham omonim xarakterga ega bo‘lgan so‘zlardan tashkil topgan juft otlar ko‘rsatilgan javobni toping.
1) ochko‘z; 2) qo‘y-qo‘zi; 3) yor-do‘st;
4) uzuq-yuluq; 5) gul-chechak
A) 3, 5
B) 1, 3, 4
C) 2, 3, 5
D) 2, 4, 5
Qaysi so‘zlarga ikkita so‘z yasovchi morfema ketma-ket qo‘shilganda ikki xil fonetik o‘zgarishni kuzatish mumkin?
1) taroq, 2) yig‘i, 3) qiyin, 4) tarqa,
5) o‘yin, 6) sariq
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6
B) 2, 3, 5, 6
C) 2, 3, 5
D) 1, 2, 3, 4, 5
Ko‘zlarim hali harf tanimas edi, Qalam ushlolmasdi hali qo‘llarim. Kapalak izidan quvib tinmasdim, Yulduzlarni sanar edim tunlari.(M.Boboyev)
She’riy parchada necha o‘rinda qarashlilik ma’nosini bildirgan egalik qo‘shimchalari qo‘llangan?
A)3
B)4
C)5
D)2
Berilgan qaysi so‘zlar to‘rtta ma’noli qismga ajraladi?
1) go‘zallashtirmoq; 2) yonboshlab;
3) sanog‘ini; 4) surishtirmoq; 5)ta’mirlatmoq
A) 1, 2, 3, 4, 5
B) 1, 2, 4, 5
C) 1, 2, 5
D) 1, 3, 4
Qaysi so‘zlarda qatnashgan unlilar og‘izning ochilish darajasiga ko‘ra birlashtiruvchi belgiga ega? 1) komil; 2) kemtik; 3) tikuvchi;
4) kamolot; 5)cho‘chimoq; 6) mudir A)1, 2, 3, 4, 5 B) 3, 4, 6
C)1, 2, 5 D) 2, 3, 4, 5, 6
Ko‘zimdan yomg‘irlar to‘kilar tinmay. . . Ushbu gapda ma’no ko‘chishining qaysi turi kuzatiladi?
A)sinekdoxa
B)vazifadoshlik
C)metafora
D)metonimiya
Har qanday go‘zallik zamirida mehnat yotadi. Ushbu gapda yopiq bo‘g‘inlar tarkibida lablanmagan unlilar soni nechta? A)9ta
B)8ta
C)7ta
D)6ta
Fonetik o‘zgarish asosida yozilgan so‘z qo‘llangan maqolni aniqlang.
A)Qarisi bor uyning parisi bor.
B)Qalovini topsang, qor yonar.
C)O‘roqda yo‘q, mashoqda yo‘q, xirmonda hozir.
D)Aybsiz do‘st axtargan do‘stsiz qolar.
Uch o‘rinda shakldosh bo‘la oladigan so‘zlar to‘liq ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) bog‘; 2) til; 3) chog‘; 4) qil; 5) to‘p; 6) ort A)2, 5, 6
B)2, 5
C)1, 2, 3, 4, 5, 6
D)2, 3, 5, 6
Ona zamin qish uyqusidan uyg‘ondi. Ushbu gapda ma’no ko‘chishining qaysi turi kuzatiladi?
A)sinekdoxa
B)vazifadoshlik
C)metafora
D)metonimiya
Qaysi gapda asosi omonim so`zga ikkita sinkaktik shakl yasovchi qo`shimcha qo`shilgan?
A)Menga o‘xshagan esli-hushli bolaga zoriqib o‘tirgan ekan.
B)Tinchlik oliy ne’mat ekanligini unutmang. C)Sergaplik odamlar ichida qadringni tushiradi.
D)Kutilmagan quvonchli xabardan boshi aylanib ketdi.
Oyog‘ingniz yugursa, maqsadingizga yetkazadi, tilingiz yugursa, boshingizgafalokat keltiradi. Ushbu gapda ajratib ko‘rsatilgan so‘z ma’nosi qaysi usulda ko‘chgan? A)vazifadoshlik
B)metonimiya
C)metafora
D)sinekdoxa
Qaysi javobda ikkita omoni so`z ishtirok etgan?
A)Xonaga beqasam to‘n kiygan do‘ppili kishi kirib keldi.
B)Afting qiyshiq bo‘lsa, oynadan o‘pkalama! C)Achchiq savol berib, shirin javob kutma. D)Uying tor bo‘lsa ham, ko‘ngling keng bo‘lsin!
Gul bag‘rini nasim tildi−to‘kildi, Saboga hikoyat qildi−to‘kildi. Falak ishiga boq: bir haftada gul Chiqdi, g‘unchaladi, kuldi, to‘kildi... Ushbu she’riy parchada nechta yasama so`zning yetakchi morfemasi omonim?
A)2
B)3
C)bunday so`z yo`q
D)1
Gul bag‘rini nasim tildi−to‘kildi, Saboga hikoyat qildi−to‘kildi. Falak ishiga boq: bir haftada gul Chiqdi, g‘unchaladi, kuldi, to‘kildi... Ushbu she’riy parchada nechta so`zning yetakchi morfemasi omonim? A) 2
B) 4
C) 5
D) 6
Qaysi gapda paronimlarni qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik mavjud?
A)O‘tmish merosimizni o‘rganishga, ota-bobolarimizning boy tajribalarini ko‘zdan kechirishga azm qildi.
B)Birozdan so‘ng hamma tinchib, tashqaridan tanbur ovozi yangradi.
C)Yosh Mirzoning hushyorligi, topqirligiga qoyil qolgan Umarshayx ayonlariga qarab: “Qilichni emas, aqlni ishga solmoq kerak”,−dedi.
D)Kech bo‘lsa ham uyda yolg‘iz qolgan onaizorini bir ko‘rib ko‘nglini xotirjam qilib ketishga ahd qildi.
Qaysi javobda keltirilgan so‘zlar tarkibida ikkita so‘z yasovchi ishitirok etgan? A)changitmoq, tinchimoq, qiynoq B)yarqiroq, atama, qiynoq
C)sanoqsiz, o‘ynoqi, tinimsiz
D)eslaganlik, yamoqchilik, yig‘loqi
Ochsang davronlarning kitoblarini, Qancha karvonlarning ertagi bordir. Tingla donolarning xitoblarini: Egasi bor yurtning ertasi bordir. Ushbu parchada nechta so‘z tarkibida sintaktik shakl yasovchi bor? A)9ta
B)7ta
C)8ta
D)10 ta
Quyidagi qaysi gapda yetakchi morfemasi omonim bo`lgan so`zlar bitta?
1. Agarda birorta kichikroq baliq suv yuziga suzib chiqsa, mushuk bir hamla bilan ushlab olar edi.
2. Dunyoda do‘stlikdan afzalroq narsa yo‘q. 3. Atrofda go‘zal va ajoyib gullar o‘sar edi. 4. Bugun Nilufar hammadan ko‘p paxta terdi. 5. Go‘zallikdan ezgulik yaxshiroqdir.
A)1, 2, 3, 4
B)2, 4, 5
C)2, 5
D)2, 3, 4
Qaysi maqolda fonetik o‘zgarishga uchragan so‘z qo‘llanmagan?
A)Burgaga achchiq qilib, ko‘rpangni kuydirma!
B)Bilagi zo‘r birni yiqar, Bilimi zo‘r mingni yiqar.
C)Uying tor bo‘lsa ham, ko‘ngling keng bo‘lsin.
D)Boshingga qilich kelsa ham to‘g‘ri so‘zla!
Jarangsiz jufti mavjud bo‘lmagan til oldi undoshlarini aniqlang.
A)x, h
B)r, l, n
C)r, l, n, y
D)l, m, r, n
Quyidagi qaysi gaplarda paronimlar bilan bog‘liq xatolarni kuzatish mumkin?
1. Yosh yigitni tamburning sadolari maftun etardi.
2. Sizning bir so‘zingiz biz uchun tilladan afzal.
3. Saroy ayonlari podshoh huzurida bosh egib turardi.
4. Ilm-u odob−bebaho ganch.
5. Yonilg‘i to‘la idishlar xavfsiz joyga olib qo‘yildi.
A)1, 2, 3, 4, 5
B)1, 3, 4
C)3, 5
D)3, 4, 5
Bolalikdan boshlangan do‘stlik insonning keyingi ulg‘aygan va kamolga erishgan davrida orttirgan barcha do‘stlari orasida alohida ahamiyatga ega. Gapdagi yasama so‘zlardan nechtasi faqat til undoshlari va unli tovushlardan tashkil topgan?
A)3
B)5
C)4
D)2
Birovning narsasini so‘roqsiz olish kechirilmas gunoh sanalishini bilarding, ammo unga amal qilish lozimligini anglamaganing tufayli kulgili vaziyatga tushib qolishingni his qilmaganding.
Ushbu gapda birgina portlovchi til undoshi bilan ifodalangan qo‘shimcha necha o‘rinda qatnashgan?
A)5
B)2
C)1
D)3
Bu yerda tayyorlanayotgan turli-tuman shirin milliy taomlar, qulay shart-sharoitlar va yuqori darajada ko‘rsatilayotgan xizmatimiz sizga so‘zsiz manzur bo‘lishiga ishonchingiz komil bo‘lsin.
Ushbu gapda bir tovushdan iborat qo‘shimchalar soni nechta?
A) 5ta
B) 4ta
C) 3ta
D) 2ta
Sof ilmiy uslub fan sohasidagi kishilar orasidagina qo‘llaniladi, shuning uchun bu uslubda fanning ma’lum sohasigagina doir atamalar keng qo‘llaniladi.
Ushbu gapdagi so‘z yasovchilar sonini toping. A)7ta
B)6ta
C)4ta
D)5ta
Lermontovni tashlamadim hech, So’ngra qo’lga oldim Hofizni (H. Olimjon) Ma’no ko’chishining qaysi turi qo’llangan? A) Metafora
B) Metonimiya
S) Sinekdoxa
D) Vazifadoshlik
Mumtoz she’riyatdagi tuyuq janri qanday so’zlarga asoslanadi?
A)Ma’nodosh
B)Shakldosh
C)Zid ma’noli
D)Paronimlarga
Qaysi javobda o`zakdosh antonimlar berilgan?
A) Laylakning ketishini emas, kelishini kutishadi.
B) Olisning oti o`zguncha, yaqinning toyi o`zar.
C) Ilmsiz bir yashar, ilmli ming yashar. D) Bilganga bir kun hayit, bilmaganga – uch kun
Qaysi javobda tuzilishi jihatdan gapga teng frazeologik iboralar berilgan?
A) Ilonning yogini yalagan, chuchvarani xom sanamoq, gap tashlamoq.
B) Bosh qotirmoq, gap otmoq, apoq-chapoq bo`lib ketmoq.
C) Boshi osmonga yetdi, toqati toq bo`ldi, tarvuzi qo`ltig`idan tushdi.
D) Ko`zi to`rt bo`ldi, ishtahasi ochildi, taqdirga tan berdi.
E) Xamir uchidan patir, yuragi yorila yozdi, oyog`ini qo`liga olib chopdi.
Qaysi qatordagi qo`shimchalar o`zaro antonim bo`la oladi?
A) –choq, -chak, -cha, bo-.
B) –siz, be-, ser-, ba-, -li.
C) –ning, -chi, -da, -siz.
D) –gi, -li, -ki, -qi.
Po`stagini qoqmoq iborasining sinonimini belgilang.
A) qattiq jazolamoq
B) ayovsiz tanqid qilmoq C) ozor yetkazmoq
D) talabchan bo`lmoq
Metafora yo`li bilan ma’nosi ko`chgan so`zni aniqlang.
A) O`choq og`zida o`tga qo`yilgan qora qumg`on varaqlab qaynamoqda edi.
B) Fuzuliyni oldim qo`limga. C) Tuyog`imiz ko`paysa ko`paydiki, kamaygani yo`q.
D) To`g`riga zavol yo`q.
Qaysi gapda yengil so`zi ko`chma ma'noda ishlatilmagan?
A) Es-hushingni yig`, unaqa yengil bo`lma! B) Davlatbekov radiodan aytilayotgan yengil kuydan, xususan, uning so`zlaridan zavqlanib tebrandi.
C) Yigirma minut o`tgandan keyin yengil ta'zim bilan Gulandom kirib keldi.
D) Yo`lchi yengil eshikchani ochib kirdi.
E) Safar cho`tirning bir barmoјi yengil yaralangan edi
Qaysi qatorda sinekdoxa asosida ma’no ko`chgan?
A) Majlis qaror qildi.
B) Bor, lochinim, bor, shunqorim, yaxshi bor! C) Kalning nimasi bor – temirdan tarog`i bor. D) Mazkur gaplarning hammasi ustoz
A. Qahhorning qalamiga mansub.
E) Osmonga tikilar million juft ko`zlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |