Registon karimov test markazi (ktm) Leksikologiya №1



Download 339,89 Kb.
bet3/100
Sana08.01.2022
Hajmi339,89 Kb.
#333632
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
Bog'liq
Leksikologiya VARIANT

Leksikologiya №3

1. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar o‘zaro sinonim bo‘lgan yasama fe’llar hisoblanadi? A) tortiq, sovg‘a, tuhfa


B) qah-qah otmoq, hiringlamoq, kulmoq
C) yugurmoq, chopmoq, yelmoq D) shivirlamoq, so‘zlamoq, gapirmoq 2. Qaysi javobda sifat turkumiga oid o‘zaro ma’nodosh so‘zlar juftligi berilgan?
A) tantiq - saxiy
B) ozodlik - mustaqillik
C) husn - go‘zal
D) chiroyli -- suluv 3. Qaysi javobda ot turkumiga oid o‘zaro ma’nodosh so‘zlar juftligi berilgan?
A) tantiqlik - saxiylik
B) husn - go‘zal C) sovg‘a - tuhfa
D) tabassum - yig‘i
4. Qaysi javobda berilgan so‘3zlar juftligi o‘zaro ma’nodosh emas?
A) chopmoq – yelmoq
B) husn - go‘zal C) ayyor – makkor
D) epchil - abjir
5. Qaysi javobdagi so‘zlar o‘zaro ma’nodoshlik hosil qila oladi?
A) chiroy, suluv
B) abzal, ortiq C) rostgo‘y, mehnatsevar
D) ko‘nmoq, unamoq
6. Qaysi javobdagi so‘zlar o‘zaro ma’nodoshlik hosil qila oladi?
A) ganch, xazina
B) dangasa, mehnatkash
C) husn, chiroyli
D) suluv, ko‘rkam
7. Qaysi javobdagi so‘zlar o‘zaro ma’nodoshlik hosil qila olmaydi?
A)obro‘, nufuz
B) belgi, nishon C) beadad, behisob
D)ganch, xazina
8. Qaysi javobdagi so‘zlar o‘zaro ma’nodoshlik hosil qila olmaydi?
A) chiroy, suluv
B) subutsiz, betayin
C) ganj, xazina
D) bezak, ziynat
9. Qaysi javobdagi so‘z birikmasida fe’l bilan shakldosh bo‘la oladigan so‘z qatnashgan?
A) katta bog‘
B) ko‘m-ko‘k o‘t C) yaxshi so‘z
D) bo‘sh joy
10. Qaysi javobdagi so‘z birikmasida fe’l bilan shakldosh bo‘la oladigan so‘z qatnashgan?
A) shirin o‘y
B) yomon so‘z
C) bugungi yumush
D) uzun bo‘y
11. Qaysi javobda asosi omonim bo‘lgan yasama so‘z berilgan?
A) bo‘ydor
B) tomizmoq
C) oqimtir
D) yashirin
12. Qaysi javobda asosi omonim bo‘lgan yasama so‘z berilgan?
A) ko‘zlamoq
B) otilmoq
C) bo‘g‘ma
D) chopiq
13. Qaysi javobda o‘zaro zid ma’noli iboralar berilgan?
A) do‘ppisini osmonga otmoq, ko‘kka ko‘tarmoq
B) ko‘kka ko‘tarmoq, yerga urmoq
C) tepa sochi tikka bo‘lmoq, qovog‘idan qor yog‘moq
D) tilining uchida turmoq, ko‘z qorachig'iday asramoq
14. Qaysi javobda asosi omonim bo‘lgan tub so‘z berilgan?
A) oqizmoq
B) tuzlamoq
C) changimoq
D) kechikmoq
15. Qaysi javobdagi so‘zlar o‘zaro ma’nodosh bo‘la olmaydi?
A) ayon, aniq
B) ko‘rk, chiroy
C) gavdali, norg‘ul
D) mazali, lazzat
16. Qaysi javobda ot turkumiga oid so‘z bilan paronim bo‘la oladigan birlik berilgan?
A) yod
В) xam
C) bob
D) ahil
17. Qaysi javobda fe’l turkumiga oid so‘z bilan paronim bo‘la oladigan birlik berilgan?
A) urush
B) azim
C) yoqilg‘i
D) undash
18. Qaysi gapda ajratib ko‘rsatilgan so‘zda metonimiya usulida ma’no ko‘chgan?
A) Unga hozir eshitguvchi quloq kerak edi, shu bois gapirishdan to‘xtamadi.
B) Sen o‘tkir zehnli bola ekansan-ku.
C) Qo‘zivoy chol anchadan beri samovarga chiqmay qo‘ygan.
D) Siz ko‘zovnakli kishidan keyin kirasiz.
19. Qaysi javobda olmosh turkumiga oid o‘zaro ma’nodosh so‘zlar qatori berilgan?
A) beg‘ubor, sof, musaffo
B) hech kim, har bir, ana shu
C) kimdir, birov, allakim
D) picha, sal, ozgina
20. Qaysi javobdagi tasviriy ifodaning izohi to‘g‘ri emas?
A) oq oltin - pilla
B) charm qo‘lqop ustalari - bokschilar
C) yaylov bahodirlari - cho‘ponlar
D) hayvonlar podshosi - sher
21. Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zda metonimiya usuli orqali ma’no ko‘chishi yuz bergan?
A) Negadir ishtaham aochib ketdi.
B) Shamol kuchayib olovning tili yana ham uzunlashdi.
C) Bu g‘arib bosh nimalarni ko‘rmagan, jigarim.
D) Tez orada «Sohibqiron» sahna yuzini ko‘radi.
22. Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zda metonimiya usuli orqali ma’no ko‘chishi yuz bergan?
A) Yoqimli hid dimog‘ini qitiqladi.
B) Olti oykim do‘stlarim ham pana-panada, Iste’dodim so‘nganidan qilar karomat.
C) Buni eshitgan quloo nima deydi?
D) O‘zbek Navoivni o'qimay qo‘ysa, Oltin boshning kalla bo‘lgani shudir.
23. Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zda sinekdoxa usuli orqali ma’no ko‘chishi yuz bergan?
A) Yoqimli hid dimog‘ini qitiqladi.
B) Och nazarim tushar suratga.
C) Bir boshga bir o‘lim.
D) «Nasaf» Toshkentdan g‘alaba bilan qaytdi.
24. Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zda metafora usuli orqali ma’no ko‘chishi yuz bergan?
A) Olma archayotganda qolini kesib oldi.
B) Negadir ishtaham qochib ketdi.
C) Dasturxonga qarang, ona qizim, nozne’matlardan yeb o‘tiring.
D) Bu maxfiy sirni ishonchli og‘iz orqali yetkazing.
25. Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zda metafora usuli orqali ma’no ko‘chishi yuz bergan?
A) O‘zbek Navoivni o‘qimay qo‘ysa, Oltin boshning kalla bo‘lgani shudir.
B) Kurash bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada Qashoadarvo birinchi o‘rinni egalladi.
C) Inshoolloh, mehribon qo‘llar sizni qo‘llab yuborar.
D) Olti oykim do‘stlarim ham pana-panada, Iste’dodim so‘nganidan qilar karomat.
26. Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zda metafora usuli orqali ma’no ko‘chishi yuz bergan?
A) Albatta, yurtimizdagi bunday o‘zgarishlarni ko‘rgan ko‘zlar xursand bo‘ladi.
B) Har shanba «Muqimiv»da «Advokatlik osonmi?» dramasi qo‘yilayotgan ekan.
C) Yanvarning o‘n beshlarida butun qishloq to‘g‘on qurishga otlandi.
D) Mustaqillik tufayli millatning g‘ururi, obro‘-e’tibori o‘sdi.
27. Qaysi javobda fe’l turkumiga oid ma’nodosh so‘zlar qatori berilgan?
A) chopmoq, yugurmoq, yelmoq
B) kelmoq, ketmoq
C) istak, xohish, orzu
D) bormoq, yurmoq, yozmoq
28. Qaysi javobda ot turkumiga oid ma’nodosh so‘zlar qatori berilgan?
A)yer, osmon
B)inoq, ahil
C)ma’no, mazmun
D)chopish, yugurish
29. Qaysi javobda sifat turkumiga oid so‘z bilan paronim bo‘la oladigan birlik berilgan?
A) azm
B) xam
C) ahil
D) xiyla
30. General stol yoniga kelib, tamaki qoldig'ini kuldonga tashladi.
Ajratib ko‘rsatilgan so‘z bilan asosdosh bo‘la oladigan so‘z qatnashgan gapni aniqlang.
A) Qozon osilgan kulsiz o‘choqqa ko‘zi tushdi.
B) Xatni o‘qib, Abdurahmonovning kulcha yuziga qon yugurdi.
C) Kulgi - misoli oftob: u inson yuzidan qish qahrini olib tashlaydi.
D) Uning raso bo‘y-basti, quralay ko‘zlari, o‘ng betidagi kulgichi ko‘z o‘ngimdan o‘tdi.
31. Qozon turgan kulsiz o'choqqa ko‘zi tushdi. Ajratib ko‘rsatilgan so‘z bilan asosdosh bo‘la oladigan so‘z qatnashgan gapni aniqlang.
A) Stol ustidagi kuldon bir chetga olib qo‘yildi.
B) Kulgi - misoli oftob: u inson yuzidan qish qahrini olib tashlaydi.
C) Xatni o‘qib, Abdurahmonovning kulcha yuziga qon yugurdi.
D) Uning raso bo‘y-basti, quralay ko‘zlari, o‘ng betidagi kulgichi ko‘z o‘ngidan o‘tdi.
32. Qaysi javobdagi gaplar juftligida ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar o‘zaro shakldosh so‘zlar hisoblanmaydi?
A) Bir yil ichida yigitning bo‘vi ancha o‘sdi. Bog‘dagi gullarning muattar bo‘vi kishiga huzur bag‘ishlaydi.
B) Maktabda «O‘tkir zehnlilar» musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Uning o‘t,kir boltasi bo‘lsa-yu, shu qurigan daraxtni chopib tashlasa.
C) Hech bo‘lmaganidan ko‘ra kech bo‘lgani yaxshi. Bir qoshiq qonidan kech bu bechoraning.
D) Raqib darvozasiga ketma-ket to‘p kiritildi. Ayol stoldagi bir to‘p xatni olib, ko‘z yugurtirdi.
33. Qaysi javobdagi gaplar juftligida o‘zaro asosdosh so‘zlar qatnashmagan?
A) Anhor yoqasida ikki echki o‘tlab yurar edi. U har kuni sero‘t dalalarda qo‘ylarini boqib kelardi.
B) Cho‘lboboning payvandlariga havas qilmaydigan bog‘bon kam topiladi. Yigit tadbirkorligi tufayli yerli, suvli va bog‘li mulkdorga aylanibdi.
C) Bir kechik topish kerak daryodan o‘tgani. Kechki shabada uning tanasiga huzur bag‘ishlamoqda edi.
D) «Ko‘cha changitib yurgan yillaring ortds qoldi, bolam», - dedilar bobom. Yangi chiqqan oy dalani sovuq, xira, qandaydir changsimon nur bilan qoplagan edi.
34. Qaysi javobda o‘z shakldoshi bilan o‘zaro bis xil turkumga oid bo‘la oladigan so‘z bilan ifodalangan ega qatnashgan?
A) Ishga berilib ketganidan yuz-ko‘ziga ko‘cha changi yopishayotganini ham payqamas edi.
B) Bu taxt sening avlodlaringga ham nasib etmaydi.
C) Tanlovda bu tuman faxrli birinchi o‘rinni egalladi.
D) «Yoz o‘tmoqda soz», - deya'ko‘chalarda chopib o‘ynashardi.
35. U bog'li poyabzal sotib olishni mo‘ljallagan edi. Ushbu gapda ajratib ko‘rsatilgan so‘z bilan asosdosh bo‘la oladigan so‘z qaysi javobda qatnashmagan?
A) Polvon belini belbog‘ bilan mahkarri bog‘ladi va ishga shaylandi.
B) Bu voqeadan qanday xulosa chiqarishi uning aql-idrokiga bog‘liq.
C) Nodirjon echkini o‘tloqqa bog‘lab uyga qaytdi.
D) Yigit tadbirkorligi tufayli yerli, suvli va bog‘li mulkdorga aylanibdi.
36. Qaysi gapdagi barcha so‘zlarning asosi shakldoshlik xususiyatiga ega?
A) Sen bir qoshiq qonidan kech bu bechoraning.
B) Topgan gul keltirar, topmagan - bir bog‘ piyoz.
C) Tushgacha qoplangan unlarni ortib, uyga ketishdi.
D) Bir yil tut ekkan kishi yuz yil gavhar teradi.
37. Qaysi javobdagi gaplar juftligida o‘zaro asosdosh so‘zlar qatnashgan?
A) Bir kechik topish kerak daryodan o‘tgani. Kechki shabada uning tanasiga huzur bag‘ishlamoqda edi.
B) «Ko‘cha changitib yurgan yillaring ortda qoldi, bolam», - dedilar bobom.
U milliy madaniyatimiz tarixida mashhur changchi sifatida nom chiqargan edi.
C) Cho‘lboboning payvandlariga havas qilmaydigan bog‘bon kam topiladi. U bog‘li poyabzal sotib olishni mo‘ljallagan edi.
D) Anor butasimon mevali daraxtlar sirasiga kiradi. Bolakay mevazor bog‘da aylanib yurdi.
38. Qaysi javobdagi gaplar juftligida o‘zaro asosdosh so‘zlar qatnashgan?
A) Uning o‘tli nigohlari qarshisida hech narsa deya olmas edi. Bolaligimni eslasam, o‘tloqda dumalab o‘ynaganlarimiz yodimga tushadi.
B) Cho‘lboboning payvandlariga havas qilmaydigan bog‘bon kam topiladi. U bog‘li poyabzal sotib olishni mo‘ljallagan edi.
C) Tuzdonni stol ustiga keltirib qo‘ydi. Tuzsiz xamir tandirda turmas.
D) Yoshliging g‘animat, bolam, o‘sib, un. U yoshli ko‘zlari bilan menga termilardi.
39. Qaysi gapdagi eganing asosi fe’l bilan shakldosh bo‘la oladi?
A) Bog‘bon yosh nihollarni avaylab parvarish qilar va ularning rivojlanishini sinchiklab kuzatar edi.
B) Kaftday kichkina hovlining bir chekkasidan o‘tgan anhor bo‘yidagi tolzor uning sevimli maskani edi.
C) Birov suv topolmaydi ichgani, birov kechik topolmaydi kechgani.
D) Yozgi ta’tilda men badiiy kitoblar o‘qishni rejalashtirganman.
40. Qaysi javobdagi gaplar juftligida o‘zaro asosdosh so‘zlar qatnashmagan?
A) Anor butasimon mevali daraxtlar sirasiga kiradi. Bolakay mevazor bog‘da aylanib yurdi.
B) Bog‘da ishlayotganlar allaqachon tushlikka chiqishgan edi. Salimjon tushki ovqatga do‘stini ham taklif qildi.
C) U eshikning chiroyli shisha tutqichini avaylabgina ushlab ko‘rardi. Oradan biroz vaqt o‘tgach xonaga tutqunni olib kirishdi.
D) Furqat o‘z vatanida turg‘un yashay olmadi. Anjumanda turli millat vakillari ishtirok etayotgan edi.
41. Qaysi javobdagi gaplar juftligida o‘zaro asosdosh so‘zlar qatnashgan?
A) Qovunning bir tilimini arang yedi.
Bechora tilsiz jonivor zo‘rg‘a chidab turardi.
B) Qishloqning chekkasida kattagina tutzor yastanib yotar edi. Oradan biroz vaqt o‘tgach xonaga tutqunni olib kirishdi.
C) Bemor sog‘ayish uchun astoydil harakat qildi. Ne’mat akalarning ikkita sog‘in sigiri bor.
D) Shuni bilginki, bolali uy - bozor. Bugun do‘stim bilan bolaligimizni eslab rosa kuldik.
42. Qaysi gapdagi yasama holning asosi fe’l bilan shakldosh bo‘la oladi?
A) O‘rta asrlarda bandli qum soatlar urf bo‘lgan edi.
B) U har doim o‘sha tolzorda sayr qilishni yaxshi ko‘rar edi.
C) Men yozgi ta’tilda badiiy kitoblar o‘qishni rejalashtirganman.
D) U gapga qo‘shilmay xafa bolib o‘tirardi.
43. Qaysi gapda asosi sifat bilan shakldosh bo‘la oladigan sodda yasama so‘z qatnashgan?
A) Chiroyli, do‘mboq bola eshik oldida yotsirab turardi.
B) Unga hashamatli to‘yning ham, qalinning ham, sepning ham keragi yo‘q edi.
C) Rashid oqimga qarshi suzolmay qiynaldi. D) Yozgi ta’tilda Asqad Muxtorning «Chinor» romanini o‘qib chiqmoqchiman.
44. Qaysi gapda asosi sifat bilan shakldosh bo‘la oladigan sodda yasama so‘z qatnashgan?
A) Amakimlarning bir nechta qo‘ylari va sog‘in sigirlari bor edi.
B) Sojida oqimtir rangli narsalarni yaxshi ko‘radi.
C) 0‘tgan yilning yozida mana shu chiroyli imoratni qurganman.
D) Ahmad - endi yigirmaga kirgan, bo‘ydor, kelishgan yigit.
45. Qaysi gapda asosi fe’l bilan shakldosh bo‘la oladigan sodda yasama so‘z qatnashgan?
A) Faqat bir tilim handalak yedi-yu, issiqissiq choy ichdi. B) Rashid oqimga qarshi suzolmay qiynaldi.
C) Inson sog‘lig‘i hamma narsadan qimmat turadi.
D) Bu bo‘ychan yigit Karima xolaning o‘g‘li ekan.
46. Qaysi gapda asosi fe’l bilan shakldosh bo‘la oladigan sodda yasama so‘z qatnashmagan?
A) Chiroyli, do‘mboq bola eshik oldida yotsirab turardi.
B) Mahalladagi o‘rtoqlarim bilan bolalikdagi sho‘xliklarimizni eslab maza qildik.
C) Faqat bir tilim handalak yedi-yu, issiqissiq choy ichdi.
D) Inson sog‘ligi hamma narsadan qimmat turadi.
47. Qaysi gapda asosi sifat turkumiga oid so‘z bilan shakldosh bo‘la oladigan sodda yasama so‘z qatnashmagan?
A) Jo‘ra amakining ikkita sog‘in sigiri bor edi.
B) Rashid oqimga qarshi suzolmay qiynaldi.
C) Bu o‘ychan yigit Karima xolaning o‘g‘li ekan.
D) Bolalar birin-ketin yotoqlariga kirib ketdilar.
48. Qaysi gapda asosi ot turkumiga oid so‘z bilan shakldosh bo‘la oladigan sodda yasama so‘z qatnashgan?
A) Yozgi ta’tilda buvimnikida dam olmoqchiman.
B) Jarohati ochilib ketib, qonagani yaxshi bo‘lmabdi.
C) Men kasal bo‘lgan yigitni o‘ylab juda kuyindim.
D) Ish qurollari sozlanib, hasharga shay qilib qo‘yildi.
49. Qaysi gapda asosi ot turkumiga oid so‘z bilan shakldosh bo‘la oladigan sodda yasama so‘z qatnashmagan?
A) Bo‘lib o‘tgan voqea haqida yozma ma’lumot berildi.
B) Uning o‘ng yuzidagi kulgichi o‘ziga juda yarashar edi.
C) Qondoshlarim, qo‘lni qo‘lga berib mehnat qilmog‘imiz kerak.
D) Eshikning o‘yma naqshlari juda chiroyli.
50. Qaysi javobda berilgan so‘zlar o‘zaro asosdosh so‘zlar sanaladi?
A) qondosh, qonamoq
B) sog‘inmoq, sog‘aymoq
C) tushlik, tushkun
D) kuldon, kulgi
51. Qaysi javobdagi gaplar juftligida ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning asoslari o‘zaro shakldosh bo‘la olmaydi?
A) Bayram dasturxoni noz-ne’matlarga to‘la. To‘lin oy g‘arbga tomon og‘gan, hamma yoq sutday oppoq.
B) Bu yilgi toshqin xavfi qishloqdagilarni o‘ylantirib qo‘ygan edi. Toshloq yo‘lda mashina juda qiynalib yurayotgan edi.
C) Dildan chiqqan kulgi umrni uzaytiradi.
U stol yoniga kelib, tamaki qoldig‘ini kuldonga tashladi.
D) Yigit qonavotgan jarohatini bog‘lab qo‘ydi. Hakim bobo g‘o‘zalarni suvga qondirish uchun tinmay mehnat qildi.
52. Quyida berilganlardan asosi o‘z shakldoshi bilan o‘zaro bir xil turkumga oid bo‘la oladigan yasama so‘zlarni aniqlang.
1) yog‘siz; 2) bo‘shamoq; 3) toychoq;
4) bog‘li. A) 2,4
B) 2, 3, 4
C) 1, 3, 4
D) 1,3
53. Quyida berilganlardan qaysilari shakldoshlik xususiyatiga ega bo‘lgan asosdan yasalgan shakldosh yasama so‘zlar sanaladi?
1) bo‘sha; 2) oqish; 3) yozmoq; 4) toza; 5) kechik; 6) chopmoq.
A) 1, 2, 5
B) 1,5
C) 3, 4, 6
D) 2, 3, 4, 5
54. Qaysi javobda o‘z shakldoshi bilan o‘zaro bir xil turkumga mansub bo‘la oladigan asosdan yasalgan yasama so‘z bilan ifodalangan aniqlovchi qatnashgan? A) Yozgi ta’tilda buvimning yumushlariga yordam bermoqchiman.
B) Shoir vatanida turg‘un yashay olmadi.
C) Uchrashuvdan keyin mehmonlar to‘kin dasturxonga taklif qilindi.
D) Poliz ekinlaridan bo‘shagan yerlar shudgor qilindi.
55. Quyida berilganlardan hokim qismining asosi fe’l bilan shakldosh bo‘la oladigan bitishuvli so‘z birikmalarini aniqlang.
1) katta qozonda; 2) qush ini; 3) bukchaygan tollar; 4) qovun tilimi; 5) otning dumi;
6) sog‘inchli salom.
A) 1, 2, 4, 6
В) 1, 3
C) 3, 5
D) 2, 3, 4
56. Quyida berilganlardan tobe qismining asosi fe’l bilan shakldosh bo‘la oladigan so‘z bilan ifodalangan bitishuvli so‘z birikmalari ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) tol bargi; 2) bu tuzdon; 3) o‘ychan odam;
4) tilshunos olim; 5) tutqich sindi;
6) toshqin daryo.
A) 1, 2, 5, 6
B) 3, 4
C) 2, 4
D) 1, 2, 3, 4
57. Qaysi javobdagi gaplar juftligida ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar o‘zaro shakldosh so‘zlar hisoblanmaydi?
A) Rayhona kirlarni kir yuvish mashinasida vuvdi. // Guruhimizga ko‘rsatgan yordami bilan Sardor ham ayblarini vuvdi.
B) Tut xalq xojaligida eng ko‘p foydalaniladigan daraxtlar sirasiga kiradi. // O‘g‘lim, yaxshilarning etagini tut, adashmaysan.
C) Biz yosh kadrlarni malaka oshirish uchun Yevropaga jo‘natdik. // Filmdagi eng yaxshi chiqqan kadrlarni ko‘rsatdik.
D) Arg‘amchiga qil — quvvat. / / Doniyor, sen uy vazifalarini o‘z vaqtida qil.
58. Qaysi javobda “olmalarni” so’zining atash ma’nosi berilgan?
1) mevali daraxt 2) olma daraxti mevasi
3) ko’plik shaklidagi ot 4) tushum kelishigi shaklidagi ot
A) 1,2
B) 3,4
C) 1,2,3,4
D) 2,4
59. Ammo bola ularning savollariga javob bera olmay qolgan edi. Gapdagi atash ma’nosiga ega bo’lgan so’zlar miqdori toping.
A) 3 ta
B) 4 ta
C) 5 ta
D) 6 ta
60. Ammo bola ularning savollariga javob bera olmay qolgan edi. Gapdagi mustaqil so’zlar miqdori toping. A) 4 ta
B) 5 ta
C) 6 ta
D) 7 ta
61. Qaysi javobda sinonim so’zlar berilgan?
A) a’yon—ravshan
B) amir—farmon
C) asr—tutqun
D) tal’at—chehra
62. Qaysi javobda paronim so’zlar berilmagan?
A) devon—dovon
B) sayil—sayr
C) vafo—jafo
D) afzal—abzal
63. Qaysi javobda paronim so’zlar berilgan?
A) qobirg’a—qovurg’a
B) ajdar—ajdarho
C) kabutar—kaptar
D) jodi—jodu
64. Qaysi javobda omonim so’zlar berilgan?
A) afg’on, qalin, chechak
B) tilla, qattiq, ushshoq
C) adib, nufuz, surat
C) daho, borliq, nasha
65. Qiyin so’zining antonimi bilan sinonim bo’la oladigan iborani toping.
A) yog’ tushsa yalagudek
B) tomdan tarasha tushgandek
C) xamirdan qil sug’urgandek
D) tulkini inlatgan tozidek
66. Berilgan sinonimik qatordagi bosh so’zni toping. ulkan—katta—buyuk—gigant
A) ulkan
B) katta
C) buyuk
D) gigant
67. Talaffuzi bir xil, imlosi biroz farq qiladigan, ammo ma’nosi bir-biridan tubdan farq qiladigan so’zlar qanday ataladi?
A) omonim so’zlar
B) paronim so’zlar
C) sinonim so’zlar
D) antonim so’zlar
68. Bir ma’noni ifodalovchi bir nechta so’z bu…
A) sinonim so’zlar
B) ko’p ma’noli so’zlar
C) omonim so’zlar
D) paronim so’zlar
69. Bir nechta ma’no ifodalovchi bitta so’z bu…
A) sinonim so’zlar
B) ko’p ma’noli so’zlar
C) omonim so’zlar
D) paronim so’zlar
70. Bir shaklga ega bo’lgan bir nechta so’z bu…
A) sinonim so’zlar
B) ko’p ma’noli so’zlar
C) omonim so’zlar
D) paronim so’zlar
71. Kasbiy atamalar berilgan javobni toping.
A) hujayra, ildiz, musbat
B) tashbeh, kesim, qit’a
C) katet, azimut, kometa
D) chala, yonbosh, halol
72. Faqat to’g’ri ma’noda qo’llanadigan, ko’chma ma’noda qo’llanmaydigan so’zlar qanday nomlanadi? A) monosemantik(bir ma’noli) so’z
B) polisemantik(ko’p ma’noli) so’z
C) uyadosh so’z
D) shakldosh so’z
73. So’zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra qaysi turi yordamida tajnis she’riy san’ati, tuyuq janri yaratiladi?
A) sinonim so’zlar
B) antonim so’zlar
C) polisemantik so’zlar
D) omonim so’zlar
74. “Taqdiringni qo’ling bilan yoz,
Mehring bilan qishni qilgin yoz.
Erkinlikning osmonida uch,
Maqsad sari qanotingni yoz”. (Hamid Nuriy)
Berilgan to’rtlikning qofiyasida qo’llangan shakldosh so’zlarning turkumini aniqlang.
A) fe’l, fe’l, ot
B) ot, ot, fe’l
C) fe’l, ot, fe’l
D) ot, fe’l, fe’l
75. Qaysi gapda so’z qo’llash bilan bog’liq xatoga yo’l qo’yilmagan?
A) Uning dastxati suluv edi.
B) Bu elda har qanday dushmanga yuzlasha oladigan botir xalq yashaydi.
C) Shahrimizda birin-ketin buyuk imoratlar qad rostlamoqda.
D) Chol yoshini yashab, oshini oshab o’z ajali bilan halok bo’ldi.
76. Yana bir istagim shuki, falakiyot, riyoziyot, handasa, tibbiyot, jo’g’rofiya, adabiyot ilmidan xabar topsagina, alloma deb tan olinsa.
Berilgan gapda ostiga chizilgan so’z qanday so’z?
A) arxaik so’z
B) tarixiy so’z
C) shevaga oid so’z
D) atama
77. Teatr sahnasi uchun yozilgan asarlar dramaturgiyani tashkil etadi. Berilgan gapda ostiga chizilgan so’z qanday so’z?
A) arxaik so’z
B) tarixiy so’z
C) shevaga oid so’z
D) atama
78. Bolalar daraxtga shoti qo’yib, qushlar uchun in o’rnatdilar. Berilgan gapda ostiga chizilgan so’z qanday so’z?
A) arxaik so’z
B) tarixiy so’z
C) shevaga oid so’z
D) atama
79. Shundan so’ng Qobilbobo aminning oldiga borishiga to’g’ri keldi. Berilgan gapda ostiga chizilgan so’z qanday so’z?
A) arxaik so’z
B) tarixiy so’z
C) shevaga oid so’z
D) atama
80. Taniqli jurnalist Abdulla Rahmonov uzoq yillar tuman radiosida ishladi. Berilgan gapda ajratib ko’rsatilgan so’z ma’nosi qaysi usulda ko’chgan?
A) metonimya
B) sinekdoxa
C) metafora
D) vazifadoshlik
81. “Bir marta ko’rganman, faqat bir marta,
Oyning o’rog’iga yulduz qo’nganin”. (Abdulla Oripov) Berilgan gapda ajratib ko’rsatilgan so’z ma’nosi qaysi usulda ko’chgan?
A) metonimya
B) sinekdoxa
C) metafora
D) vazifadoshlik
82. Dadam rahmatli bot-bot eslardi:”Qatag’on yillari bitta suyagimiz rus o’lkasiga ko’chirma qilingan”. Berilgan gapda ajratib ko’rsatilgan so’z ma’nosi qaysi usulda ko’chgan?
A) metonimya
B) sinekdoxa
C) metafora
D) vazifadoshlik
83. Samolyotning har bir qanotiga ikkitadan dvigatel o’rnatilgan ekan. Berilgan gapda ajratib ko’rsatilgan so’z ma’nosi qaysi usulda ko’chgan?
A) metonimya
B) sinekdoxa
C) metafora
D) vazifadoshlik
84. Bolaligimizda “G’uncha”ni sevib o’qirdik.
Berilgan gapda ajratib ko’rsatilgan so’z ma’nosi qaysi usulda ko’chgan?
A) metonimya
B) sinekdoxa
C) metafora
D) vazifadoshlik
85. Jaholat ildiz otgan jamiyat halokatga mahkum. Berilgan gapda ajratib ko’rsatilgan so’z ma’nosi qaysi usulda ko’chgan?
A) metonimya
B) sinekdoxa
C) metafora
D) vazifadoshlik
86. Yangi yil archasini rang-barang chiroqlar bilan ham bezadik. Berilgan gapda ajratib ko’rsatilgan so’z ma’nosi qaysi usulda ko’chgan?
A) metonimya
B) sinekdoxa
C) metafora
D) vazifadoshlik
87. “Shu shaldiroq aravambo’lmaganda, seni kontrakt asosida o’qita olmas edim”,—dedi Hotam taksichi “Matiz”inidan ko’zini uzmay. Berilgan gapda ajratib ko’rsatilgan so’z ma’nosi qaysi usulda ko’chgan?
A) metonimya
B) sinekdoxa
C) kinoya
D) vazifadoshlik
88. Mana, uch kundan beri qorasoqol yelkasiga ov miltig’ini osib, bo’rilarni ta’qib qiladi. Berilgan gapda ajratib ko’rsatilgan so’z ma’nosi qaysi usulda ko’chgan?
A) metonimya
B) sinekdoxa C) metafora
D) vazifadoshlik
89. “So’zingni avayla—omondir boshing,
Tilingni avayla—uzayar yoshing”. (Yusuf Xos Hojib) Berilgan baytda ma’no ko’chishining qaysi usullar sodir bo’lgan? 1) metafora 2) metonimiya 3) sinekdoxa
4) vazifadoshlik
A) 1,2,3
B) 1,2,4
C) 2,4
D) 1,3
90. Qaysi javobda so’zning to’g’ri ma’nosi va ko’chma ma’nosi juftligi berilmagan?
A) qattiq yer—qattiq ovoz
B) toza uy—toza qalb
C) og’ir jarohat—og’ir kuy
D) qalin mato—qalin do’st
91. “Gulshanda gullarni tebratar sabo, Adashgan yo’lchidek daydib yurar yel”. (Erkin Vohidov) Berilgan qo’shmisrada so’zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra qaysi turi qo’llangan?
A) ma’nodosh so’zlar
B) ziddosh so’zlar
C) shakldosh so’zlar
D) talaffuzdosh so’zlar
92. Juft so’zning qismlari o’zaro qanday so’zlardan tashkil topadi?
1) ma’nodosh so’zlardan 2) ziddosh so’zlardan 3) uyadosh so’zlardan
4) shakldosh so’zlardan A) 1,2,3
B) 1,3,4
C) 1,3
D) 1,2
93. Qaysi so’zlardagi omonimlik har xil so’z turkumi doirasida yuz beradi?
A) taxt, hozir, ari
B) kadr, palata, chechak
C) karam, gul, chaq
D) palla, og’iz, shox
94. Qaysi so’zlardagi o’zaro paronimlik bir turkum doirasida yuz bergan?
A) ta’qib—taqib
B) sa’va—sava C) qal’a—qala
D) sur’at-surat
95.Qaysi gapda quloq so’zining ma’nosi metonimiya asosida ko’chgan?
A) Eshitgan quloq nima deydi?!
B) Necha marta aytishim kerak?
O’zi senda quloq bormi?!
C) Kaliforniya shtatida dunyodagi eng qudratli quloqlar—lokatorlar o’rnatilgan.
D) Qozonning ikki qulog’idan avaylab ko’tardi.
96. Qaysi gapda ko’z so’zining ma’nosi sinekdoxa asosida ko’chgan?
A) Xolnisoning ko’zi yomon—o’sal qiladi.
B) Uyda to’qqizta qora ko’z Sizni intiqlik bilan kutib turibdi.
C) Zamonaviy videokameralarning o’tkir ko’zi mitti jonzorlarning har bir tukini ham ilg’ay oladi.
D) Bir kuni malikaning uzugiga qadalgan ko’z yo’qolib qolibdi.
97. Qaysi javobda biri atash ma’nosiga ega bo’lgan, biri atash ma’nosiga ega bo’lmagan fe’llardan tashkil topgan birlik berilgan?
A) olib bermoq
B) ketib qolmoq C) borib kelmoq
D) o’tirib turmoq
98. Mehmon kelib, kasalning oyog’iga o’tirdi.
Berilgan gapda ma’no ko’chishining qaysi turi sodir bo’lgan?
A) metafora
B) metonimiya C) sinekdoxa
D) vazifadoshlik
99. Tog’ etagi ko’m-ko’k maysalar bilan qoplangan. Berilgan gapda ma’no ko’chishining qaysi turi sodir bo’lgan? A) metafora
B) metonimiya
C) sinekdoxa
D) vazifadoshlik
100. Qaysi javobda sinonim so’zlar berilmagan?
A) hayo—nomus—ibo—iffat
B) sabr—toqat—bardosh—matonat
C) olma—anor—gilos—anjir
D) baxt—saodat—omad—iqbol



Download 339,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish