. Nemis ma’rifatchiligi va uning ijtimoiy-tarixiy omillari.
Javobi : Nemis adabiyoti ko'plab badiiy kashfiyotlari bilan ma'rifatchilikni yangi pog'onaga ko'tardilar. Buni Shillerning «Vallenshteyn» tragediyasi va Gyotening «Faust» asari misolida ko'rish mumkin. Shiller («Insonni estetik tarbiyalash to'g'risida xatlar» asarida) va Gyote («Vilgelm Maysterning talabalik yillari» romanida) «qashshoqlik va mulohaza» saltanatida yashovchi insonlarni san'at yordamida qayta tarbiyalash mumkin, deb hisoblaganlar. Ma'rifatchilar hissiyotga ortiqcha berilishdan cho'chiganlar, Russo, L.Stern, O.Goldsmit kabi ijodkorlar uchun xos bo'lgan sentimentalizmdan qochganlar. Haddan ortiq hissiyotga berilish ma'rifatchilar nazdida oddiy zamin kishisi uchun xos emas, buyuk shaxslar uchun esa uning ijtimoiy dunyoqarashini xiralashtiruvchi xususiyat deb topilgan. Shu sababli ma'rifatchilar yoki zaminga yaqin janrlarga yoki yuksak janr - tragediyaga ko'proq murojaat qilganlar. Ma'rifatchilar XVII asr klassitsizmining qolip tusini olgan qonuniyatlarini tanqid qilganlar, uning estetikasini sifat jihatdan o'zgartirganlar, unga zulmga qarshi g'oyalar, ma'rifatparvarlik ohanglarini kirgizganlar. Volterning «Edip», «Brut», Shillerning «Messinlik kelin» tragediyalari, Gyotening «Ifigeniya Tavridda» dramasi shu jihatlari bilan e'tiborga molik.Ma'rifatchilik davri adabiyotidagi novatorlik faqat yangi fikrda emas, yangi shaklda ham namoyon bo'ldi. Ma'rifatchilar mavjud shakllarga yangi ko'rinish, yangi mazmun baxsh etdilar. Drama janri rivoji yangi bosqichga ko'tarildi. Klassitsizm dramasining yuqori (tragediya) va quyi (komediya) janrga qo'yadigan talablaridan chetga chiqildi, drama qahramonlari oddiy kishilar, mavzusi esa zamonaviyligi bilan xarakterlanadi.
. “Yosh Verterning iztiroblari” asarida Sharlotta obrazi.
: Gyote 23 yoshida “Yosh Verterning iztiroblari” ni yozar ekan, o’zining parokanda baxtsiz vatani, baxt va erkni orzu qilishdan o’zga imkoniyatga ega bo’lmagan tengqurlari va o’zining qullik va nohaqlik dunyosidagi tanholigining fojeasi haqida fikr yuritdi. 1772 yilning bahorida Gyote Veslarda ota xohishiga ko’ra umumimperiya sudida o’z praktikantlik faoliyatini boshlaydi. Davlatning zanglagan dastgohidan olgan ilk taassurotari uning bu sohaga bo’lgan qiziqishini tamoman yo’qqa chiqardi. Umumimperiya sudi deb nomlangan bu mahkamada 100 yillik tarixga ega bo’lgan va hali ko’rilmagan igirma mingdan ziyod ish bor edi. Shu orada Gyote mahalliy amaldorlarning qizi Sharlotta buffga muhabbat qo’yadi.Lekin shoir ma’shuqa deb hisoblagan qiz sud qaramog’idagi elchixona kotibi Kestnerga unashtirilganidan voqif bo’lib qoladi. Kestner bilam do’stona munosabatda bo’lgan Gyote Veslarni tark etadi. Shu paytlarda gyote o’zining qahramoni Verter kabi iztirob chekadi. Do’stlariga qoldirgan nomada shunday degan : “u ketdi. Noma qo’lingizda tekkanda, bilingki, u ketdi. Endi tanhoman va g’am-anduh chekishga haqliman. Sizni baxtiyorlikda qoldiraman va sizlarnig qalbingizda yahashga umidvorman”.
Do'stlaringiz bilan baham: |