. Sharq va G‘arb ma’rifatchiligi.
. “Shohnoma” asarining badiiy xususiyatlari.
127...Shohnoma, buyuk fors-tojik shoiri Abulqosim Firdavsiyning shoh asari.
Qadimgi shohlar haqidagi rivoyat, afsonaviy va epik dostonlardan iborat kitoblar nomi. Firdavsiy "Shohnoma" asarini Soʻgʻdda va Sosoniylar imperiyasi davrida mavjud bolgan rivoyatlar asosisda qayta ishlangan.Bagʻishlovni hisobga olmaganda, Firdavsiy "Shohnoma"-sida islom dinining taʼsiri deyarli yoʻq. Holbuki, unga ergashib yozilgan "Shohnoma"-larda mualliflarning musulmon ekanligi yaqqol sezilib turadi, baʼzi dostonlarda bahodirlar hatto islom dini uchun kurashchilar sifatida tasvirlanadi. Safaviylar davrida yozilgan "Hovaronnoma"da shialik mazhabi uchun kurash asosiy oʻrinni egallaydi va hatto bosh qahramon oʻrnini Hazrat Ali egallaydi. Bundan tashqari, bu dostonlarning barchasi uchun xos xususiyat ularda pand-nasihat motivining ustunligidir. "Gershaspnoma"ning ham uchdan bir qismini pand-nasihat tashkil etadi. Bu asarlarning birortasi gʻoyaviy-badiiy jihatdan Firdavsiy "Shohnoma"-si darajasiga koʻtarila olmagan, adabiyot taraqqiyotida ham sezilarli rol oʻynamagan.
. Ingliz ma’rifatchiligida “ma’rifatli jamiyat”, “ma’rifatli odam” tushunchalari.
. Taragediya va eposning farqli xususiyatlari.
JAvobi.E.ning eng asosiy belgisi voqea tasviri, bayoni boʻlgani uchun ham koʻpincha bu turdagi asarlar nasr yoʻlida yoziladi. Lekin bu hol sheʼriy shaklda bitiladigan epik asarlar borligi va boʻlishi mumkinligini inkor etmaydi. Qandaydir voqeani aks ettirish asosiga qurilgan sheʼriy va nasriy asarlar E.ga mansubdir.
Tragediya doimo hayotdagi eng muhim, dolzarb hayot-mamot masalalarini koʻtarib chiqadi. Ijobiy qahromon istagi, qarashlari bilan u yashagan muhit oʻrtasidagi ziddiyat tragediyanining asosiy kolliziyasi (qarama-qarshiligi)ni keltirib chiqaradi va albatta ezgulikni eʼzozlagan, haqiqat fidoyisi, yaxshi inson fojiasi uning oʻlimi bilan tugaydi. Biroq bu qaygʻuli, faqat koʻzyosh oqizib tomosha qiladigan holat emas, balki dramaturg koʻzda tutgan ezgu gʻoyalarning tantanasi, kelajakka katta ishonch bilan yoʻgʻrilgan ijtimoiy ruhning gʻolib kelishidir. Ijobiy qahramonni mahv etgan qora kuchlar asar davomida oʻzlarining kaltabinliklari, maʼnaviy tubanliklari, taraqqiyot dushmanlari ekanlari kabi xislatlarini fosh etadilar. Fojiaviy sahna tomoshasi soʻngida qahramon halokati yovuz kuchlarning ham maʼnaviy oʻlimi bilan tugaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |