. “Xumcha” asarining syujet xususiyati.
Plavtinning "Xumcha" komediyasida asar yaratilgan davr, yoritilgan davr mavzusi, syujet tuzilishi jihatdan etivorga molikdir. Plavt o'z asarida davr mohiyatini, jamiyat hayotini, ayni o'sha davr va zamon odamlarning ichki dunyosi-yu ruhiyatini tasvirlashga uringan. U ushbu komediyani boshdan oyoq realistik ruh, satirik kulgi asosiga qurgan. Asar qahramonlari. Evklion - xonadon xo'jayni xasis chol. Fedra-Evklionning qizi. Lar-xonadon xudosi. Stafila-Evklionning xizmatkori. Kampir. Megador-boy chol Evklion qo'shnisi. Antilos-Likonidning otasi. Evnomiya-Likonidning onasi. Megadorning singlisi. Likonid - yigitcha. Evnomiyaning o'g'li. Strobil-qul Pidofik-qul Anfrak-oshpaz Kongrion-oshpaz Plavtinning "Xumcha" komediyasidagi tasvir xarakterlarning o'zaro munosabatlari, individual jihatlari, xarakter va sharoit munosabati ko'lamiga ko'ra realistik xususiyatga egadir
. Tragediya janrining ichki bo‘linishi.
3 turga bo‘linadi.
1.Keskin burilish ( voqeaning qarama-qarshi tomonga o‘zgarishidir)
2.To‘satdan bilish (bunda "Edip" da yuz bergani singari ,mushkil ahvol davomida sodir bo‘ladi)
3.Extiros ( xalokat yoki iztirob keltiruvchi xarakter)
. “Bilib qolish” ning turlari.
. “Zanjirband Prometey” da mifning tragik tasviri.
. Rable ijodi.
RABLE (Rabelais) Fransua (1494, Turen, Shinon shahri yaqinida — 1553.9.4, Parij) — fransuz yozuvchisi. Jahon adabiyotida komik janrning buyuk namoyandasi.Yoshligida monax boʻlib, 1527-yil monastirni tark etgan va huquq, topografiya, arxeologiya, tibbiyotni oʻrgangan, shu sohalar boʻyicha bir qancha ilmiy asarlar yaratgan; 1537-yil tibbiyot doktori boʻlgan. R. 5 qismdan iborat dunyoga mashhur asari — "Gargantyua va Pantagryuel" romanining 4 qismini 1533—53 yillarda yozib nashr ettirgan, asarning 5-qismi esa R.dan qolgan materiallar asosida nomaʼlum muallif tomonidan 1564-yilda yaratilgan. R.ning bu romani Uygʻonish davri fransuz madaniyatining, oʻsha davr diniy va siyosiy hayotining, falsafiy, pedagogik va ilmiy tafakkurining, ijtimoiy hayot va maʼnaviy intilishlarining chinakam badiiy ensiklopediyasi hisoblanadi. Asarda yozuvchi xayoliy mamlakat va personajlarni, oʻta mubolagʻali voqealarni tasvirlashda hazil, mazax, istehzo va h.k.dan foydalangan. Oʻrta asr asketizmiga, munofiqlikka qarshi qarashlarini, oʻz davrining gumanistik ideallarini xalq ogʻzaki ijodi ruhidagi va boʻrttirma obrazlar (Gargantyua, Pantagryuel kabi devqomat odamlar va haqiqat izlovchi Panurg) orqali ifodalagan. Ushbu roman Lafonten, Molyer, R. Rollan ijodiga taʼsir koʻrsatgan. Romanning qisqartirilgan tarjimasi oʻzbek tilida nashr qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |