Antik adabiyotda “Troya turkumi”ning o‘rni.
3. Har ikki doston syujeti Troya urushi, ya'ni yunonlarning Troya (yoki Ilion) shahriga yurishi haqidagi afsonalardan olingan. Ularga ko'ra Troya shahzodasi Paris Sparta shohi Menelay saroyida mehmon bo'ladi. Lekin u Menelayning bir talay boyliklarini va malika Yelenani o'g'irlab ketadi. Bundan g'azablangan Menelay va ukasi, Miken podshosi Agamemnon barcha yunon viloyatlaridan katta qo'shin toʻplaydi va Troyaga yurish qiladi. Biroq o'n yil davomida Agamemnon qo'shini Troya shahri darvozasi oldida samarasiz jang olib boradi. Faqat ayyorlik yoʻli bilan yog'och ot ichida yashiringan holda shaharga kirib uni kulini ko'kka sovuradilar. Yelena Menelayga qaytariladi. Lekin yunon jangchilarining ortga qaytishi oson kechmaydi. Ularning ko'pi yo'lda yoki qaytganidan so'ng halok boʻladilar, ba'zilari uyga qaytguncha dengizlarda sarson-sargardon kezadi. Ana shu voqealar asos bo'lgan afsonalar yunon mifologiyasining Troya turkumiga asos boʻlgan. Biroq, bu turkumga kirgan afsonalar toʻliq emas, balki ikkita kichik voqeasigina hikoya qilinadi. Agar "Iliada"da troya urushining o'ninchi yilidagi bir hodisa tasvirlangan boʻlsa, "Odisseya" dostonida ham shu holatni koʻramiz. Asarda Odisseyning urushdan qaytishi, oʻzga yurtlarda sarson-sargardon boʻlishi va nihoyat o'ninchi yili vataniga qaytib kelishi haqida hikoya qilinadi.
Antik adabiyot va Edip.
Antik adabiyot (lot. antiquus — qadimgi) — Yunonistonda yuzaga kelgan yozma adabiyot (mil. av. 9—8-asrlar). Bu adabiyotning ilk namunasi "Iliada" va "Odisseya" dostonlari boʻlib, bular "Go-mer dostonlari" deb ham ataladi. Gomer-dan tashqari Esxil, Sofokl, Yevripid va boshqa ham Antik adabiyotning yirik namoyandalaridir. Yunoniston va Qad. Rim adabiyotini Antik adabiyot deb qabul qilish bir yoqlama fikr. Chunki yozma adabiyotning eng qadim namunalari Sharqda, Shumer va Akkadda, Hindiston, Misr, Bobilda yaratilgan. Shumerli-klarning Gilgamesh haqidagi dostoni yunon adabiyotidan 2000-yillar ilgari sopolga yozib qoldirilgan. Edip — yunon mifologiyasida Fiva shahrining shohi. Avvalgi shoh Lay va uning xotini Iokastaning oʻgʻli. E. tugʻilgandan keyin otasining buyrugʻiga binoan (otasiga oʻz oʻgʻli tomonidan oʻldirilishi bashorat qilib aytilgani uchun) Kiferon togʻiga tashlab kelinadi. Choʻponlar tomonidan qutqarib qolingan E.ni Korinf podshosi Polib tarbiyalaydi. Voyaga yetgan E. Fivaga yoʻl oladi va oʻzi bilmagan holda otasini oʻldirib, Fiva taxtini egallaydi hamda onasiga uylanadi. Oʻzining mudhish jinoyatini keyinchalik bilgan E. oʻz koʻzini oʻyadi va sodiq qizi Antigona hamrohligida Fivadan chiqib ketadi. Afina chekkasidagi Kolon degan joyda vafot etadi. Dunyo adabiyotida, jumladan, Sofoklning "Shoh Edip", Volterning "Edip" asarlarida E. obrazi yorqin talqin etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |