Jahon adabiyoti” fanidan yakuniy nazorat savollari “Belgamish” dostoni


“Begona” asarida Merso, “|Galatepaga qaytish”da G‘aybarov obrazlari qiyosiy tahlili



Download 121,89 Kb.
bet43/62
Sana02.07.2022
Hajmi121,89 Kb.
#730400
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   62
Bog'liq
yakuniy qism

. “Begona” asarida Merso, “|Galatepaga qaytish”da G‘aybarov obrazlari qiyosiy tahlili.

JAVOBI/Asarda Merso va jamiyat o'rtasidagi tafavvut ko'rsatilgan. Odamlar uni jamiyat yaratgan qoidalarga amal qilishini xohlaydi. Qat'iy qoidalardan, rasmiy qabul qilingan qarashlardan uzoqlashmasligi kerak deb hisoblaydi. Ammo Merso ushbu qonunlarga bo'ysunmaydi. O'zida ushbu qoidalarni inkor qilishda kuch topa oladi. Lekin jamiyat o'ziga o'xshamagan hamma rioya qilib kelgan axloq normalariga uyg'un harakat qilmagani uchun Mersoni begona deb biladi. Merso haqiqatdan qochib ikkiyuzlamachilik asosida yashashga asoslangan insonlar jamiyati uchun begona.
“Galatepaga qaytish” asari G'aybarovning otasi- Raim oqsoqol vafot etishi bilan boshlanadi. G'aybarov shaharda o'qib, ishlab, otasining iltimosi bilan qolib ketgan , Galatepaga juda kam kelardi. U qishloqdagilarga ham begonadek, o'z zaminidan , qadriyatlari , qondoshlaridan uzoqlashib ketgandek edi. Otasining janozasida ko'ziga yosh kelmasligi boshqalarni, hatto o'zining ham g'ashini keltiradi. Buni tabiiy holdek qabul qilish lozim. Chunki , ba'zan insonlar qalb kechinmalarini , hissiyotlarini ochiq oydin oshkor qilishni o'zlariga munosib ko'rishmaydi. G'aybarov esa otasini yaxshi ko'rardi-yu, yig'lay olmayotganidan uyalardi, hatto unga ukalari ta'na ham qilishadi. Xullas, asar janoza tafsilotlari bilan boshlanadi. Qishloqqa kelgan G'aybarov bolaligini, shirin xotiralarini, shaharga ketishini- yu , hozirgi kungacha bo'lgan hayotini bir bir hayolidan o'tkazadi. Uning xarakteri tushunarsiz va kamyob. Dunyoga munosabati o‘zgacha, na bir turmush qurishni istaydi, na bir nasl qoldirishni, lekin shunga yarasha hayotda ilmini yuksaltirish orqali o‘z hayotini davomiy etishni ham istamagandek go‘yo.... Lekin u sodda, atrofidagi do‘stlari kabi emas, ya'ni do‘stlari kabi sotqin, buqalamun, birovlarni mazax qilmaydigan, devsifat inson. Asardagi bosh qahramon G‘aybarov doimo o‘z ichidagi qarama-qarshiliklar bilan olishib yashaydi. O‘zining soddadilligi, to‘poriligi, har doim to‘g‘ri so‘zni achchiq tili bilan aytishi tufayli, hattoki, professorlik ishlari ham orqaga qolib ketadi. U hamma qatori balandparvoz gapirishni istamaydi. O‘z dilida bor narsalarni tiliga ko‘chirib qo‘ya qoladi, balki shuning uchun ko‘pchilikka yoqmaydi. Toshpo'lat G'aybarov - islomshunos olim, ziyoli inson. U hayotning past balandini ko'rgan, yoshi 33 ga yetsada uylanmay yurgan, umuman olganda hayotining mazmunini, baxt va saodatini izlab yurgan obraz.




  1. Download 121,89 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish