. Arablar bosqini davrida madaniyat.
. “Shum bola” asarida obrazlar tahlili.
Shum bola" qissasining bosh qahramoni otasidan ayrilgan, 14 yoshli bolakay bo'ladi.Onasi bir etak bolani boqish uchun kun bo'yi tinim nimaligini bilmaydi.Shum bola bo'lsa tengdoshlariga qo'shilib erta tongdan to qorong'u kechgacha ko'chadan kirmaydi.U yerga ursa ko'kka sapchiydigan, bir joyda uzoq turib qolsa yuragi siqilib ketadigan, tinib-tinchimas bolalar xilidan.
U bir kuni onasini xafa qilib qo'yganidan xijolat bo'lib, bir oy mehnat qilib pul topish uchun yo'lga tushadi.U shu orada Sariboyni qo'lida mehnat qila boshlaydi.Sariboy laqma,ezma,xasis va ziqna odam bo'ladi.Uning qo'lidagi odamlar u bilan yurak yutib gaplashgani hatto u bilan uchrashib qolishdan qo'rqishadi.Chunki u xoh yaxshi xoh yomon gap bo'lsin hammasiga "innaykiyinchi"deb hammani bezor qilgan edi.
Keyinchalik yuzlab qalandarlarga yo'lboshchi bo'lib olgan,har gapida qayta-qayta xudoni tilga oladigan ikkiyuzlamachi Eshon bilan tanishadi.U shum bolani to'g'ridan tog'ri og'irlikka yo'llaydi.
. Ibn Sinoning ishqqa oid qarashlari.
Abu ali ibn sinoning ishq haqidagi risolasi 7 fasldan iborat. Har bir jonzotning javharidan kelib chiqadigan ishq tògrisida, oddiy jonsz mavjudotlarga xos sevgi haqida, òzlariga xos miqdordagi oziqlanish quvvatiga ega bolgan mavjudotlar( òsimliklar) sevgisi haqida, òziga xos tiriklik meyoriga ega bolgan hayvoniy rux , javhar egalari sevgisi haqida, yosh yorqin, gòzal hilqatlarning ishqi haqida, axli dillar ishqi haqida, xulosalar.Ishq qanday turda bòlmasin u yo nimagadir erishtiruvchi yoki erishilishi zarur bolgan tuyģudir. Shu narsa aniqki u barcha narsadan sevimlidir. Narsalarning yaxshiligi oshgan sayin sevgi manbaining qadri ham shuningdek yaxshilik sari ishqiy intilish ham ortib boradi.
Demak òta qutluģ va eng yaxshilarning ham eng yaxshisi bòlgan zot eng sevimli zotdir. Zero uning uzi eng oliy yaxshilikdir. Eng yaxshi zotning oshiģi ham eng yaxshi zotning òzidir(boshqalarning yaratganga ishqi eng mukammal ishq darajasiga yetishi qiyindir).Ibn Sino risolasida " ishq aqli faolni aqli qulliy bilan boģlovchi bòģin.... shu bilan birga, har bir qalb sevishga intiladi. ...... ishq qalbning xususiyati, tananing emas " deydi. Ibn Rushid esa "his etuvchi qalb, yani tananing bir qismi va uni ilohiy aqlga aloqasi yòq" deb Ibn Sino fikrini rad etadi. Italyadagi ishq haqidagi baxslar har ikkala faylasuf fikrlari atrofida olib boriladi.Gvido Gviniselli Ibn Sino fikrining tarafdori bolgan ( ishq va oliy himmatli qalblar bir butundir). Gvido Kavalkanti esa Ibn Rushid fikrini quvvatlaydi. Har ikkala shoirning Dantega tasiri kuchli bòlgan, lekin " Yangi hayot" ning ikkinchi qismida shoir Kavalkantining ishq masalasidagi qarashlari tasiridan uzoqlashib, yuqoridagi sonetda " donishmandning talimotiga binoan ruhiy hayotda ongni qalbdan ajratib bòlmaydi, qalb tabiati kulbani taxtda ishq mabudi ultirgan saroyga aylantiradi" deb Ibn Sino talimotiga yaqinlashadi. " Yangi hayot" tòplamining XVIII-XXVII boblarida ishq inson ruxi kamoloti ilohiy aql bilan boģliq degan fikrni olģa suradi
Do'stlaringiz bilan baham: |