Jahon adabiyoti” fanidan yakuniy nazorat savollari “Belgamish” dostoni


Modernizm adabiyotining dunyoga kelish tarixi



Download 121,89 Kb.
bet45/62
Sana02.07.2022
Hajmi121,89 Kb.
#730400
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   62
Bog'liq
yakuniy qism

. Modernizm adabiyotining dunyoga kelish tarixi.

Modernizm inson ijtimoiy, siyosiy, psixologik, falsafiy, badiiy-estetik tafakkur tarzidagi jiddiy o‘zgarishlar negizida maydonga kelgan. U o‘zigacha bo‘lgan an’anaviy qarashlarni inkor qiladi. “Modernizm (fr. moderne – eng yangi, zamonaviy) – XIX asr oxiri – XX asr boshlarida ommalashgan termin. M. yangi davrga mos yangi adabiyot yaratish da’vosini olg‘a suradi. M. xususiyatlardan biri u ob’ektiv voqyelik o‘rniga ijodkor tasavvuridagi badiiy modelini yaratishni maqsad qiladi. Ya’ni bu o‘rinda voqelikni aks ettirish emas, ijodkorning o‘z-o‘zini ifodalashi ustuvor ahamiyat kasb etadi. Sub’ektivlikning birinchiga chiqarilishi, mantiqiy bilishdan intiutiv bilishning yuqori qo‘yilishi, inson ichki olamida kechuvchi evrilishlarga e’tibor berilishi va u voqelikning betakror hodisa sifatida tushunilishi, o‘z hislarini hech qanday cheklovlarsiz ifodalash huquqining e’tirof etilishi ham M.ning xususiyatlaridan. M.dagi badiiy obraz strukturasi, asarning sub’ektiv va ob’ektiv tashkillanishi, bayon tarzi, syujet-kompozitsion qurilishi, til xususiyatlari. M.ning darakchilari deya Dostoevskiy (“Jinoyat va jazo”, “Aka-uka Karamazovlar”), Uitmen (“Maysalar yaproqlari”) kabi insonlar esga olinadi. Modernizm XIX asr so‘nggi choragida dastlab dunyoqarashda, so‘ng tasviriy san’atda, keyinchalik adabiyotda Ovrupada paydo bo‘lgan san’atdir. M.ning yana bir nomi “dekadans” bo‘lib, buhron, inqiroz ma’nolarini anglatadi. Inson real hayotda emas, balki xayolidagina baxtli bo‘la oladi, degan qarash modernizmning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga katta turtki bo‘ldi, deyiladi.

  1. . Modernistik talqinda “xaos” va “kosmos” tushunchalari.

Modernizm olamni “xaos” deb bildi va undan qochdi. Tashqi dunyoda go‘zallik yo‘q, uni botindan qidirish kerak, deb bildi. Shu bilan birga, antropotsentrik gumanizmni, ya’ni insonga muhabbatni yoqlab chiqdi. Demak, modernizm deganimiz to‘qlikka sho‘xlikdan atayin o‘ylab topilgan metod bo‘lmay, bashariyatning uzun taraqqiyot yo‘lida tarixiy-siyosiy evrilishlar natijasida inson ko‘nglida paydo bo‘lgan ruhiy-ma’naviy inqiroz bilan bog‘liq hol – kayfiyat bo‘lib, bu hol o‘zgaruvchandir. Hatto san’atu adabiyot allaqachon “astro davri”ga qadam bosgan dunyoda yangi yo‘l qidirayapti, degan fikrlar o‘rtaga tashlanmoqda. Tashqaridan kutilgan baxt, najot ikkita Jahon urushi oqibatida sarobga aylandi. Natijada inson o‘z ehtiyojlari bilan yolg‘iz qoldi. Modernizmning ruhiy-psixologik asosi shu nuqtadan boshlanadi. Darhaqiqat, insoniyat hayotiga modern ruhning kirib kelishi asrlar davomida shakllanib-turg‘unlashib qolgan dunyoqarashni ostin-ustin qilib yubordi. Modernizm shunday mohiyatga ega ediki, u eng an’anaviy, eng mumtoz shakllar, tushunchalar bag‘riga ham hech tortinmay, ikkilanmay yorib kirdi. Ularni inkor etib, o‘zining yangi qadriyatlarini ilgari surdi. Modernizm bu – XX asrga kelib, insoniyatning ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-ma’naviy sohadagi yoppa taraqqiyoti tufayli onglarda sodir bo‘lgan ulkan o‘zgarish – tafakkur tarzdagi yangi bosqich. U ma’lum muddat davrning umumiy, universal kayfiyati darajasiga chiqdi. Modernizm va mifologiya munosabatlari, modernizm yo‘nalishlari hisoblangan ekspressionizm, dadaizm, kubizm, futurizm, abstraksionizm, syurrealizm kabi oqimlar, elitar(xos) san’at, “san’at san’at uchun” tamoyili, Joys, Kafka, Prust, Bekket kabi g‘arb yozuvchi va dramaturglarining ijodi, Sartr ekzistensializmi, Kamyu absurd falsafasi, modernizm va XX asr Sharq adabiyoti kabi masalalar mohiyatini anglash modernizm haqidagi tushunchalarimizni ancha tiniqlashtiradi.




  1. Download 121,89 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish