AKMEOLOGIYA (yunon. akme etuklik, cho‘qqi, kamolot, yuksalish, etuklik, logos - ta'limot, fan) - insonning kasb-hunar (mutaxassislik) jarayonida eng yuksak bosqichlarga etish muammolarini o‘rganuvchi fan sifatida jahon miqyosida ta'lim jarayoniga tadbiq etishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Uning mohiyatiga ko‘ra ta'limning maqsadi, mazmuni, usullari va tashkiliy shakllari pedagogik talablarga muvofiq tarzda loyihalashtirishni talab etadi. Natijada, har bir bo‘lajak o‘qituvchi o‘z ixtisosligi nuqtai nazaridan fan asoslarini, shu jumladan pedagogik-psixologik fanlarni ijtimoiy-iqtisodiy talablar asosida muntazam o‘zlashtirib boradi. Bu esa kasbiy tayyorgarligi va mahoratini takomillashtirib, kasbiy-ma'naviy jihatdan shakllangan kasb egasi sifatida faoliyat ko‘rsatishga tayyorlanadi.
Metodika: Shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim jarayonini samarali loyihalashtirish va tashkil etishdan ko‘zlanadigan asosiy maqsad - o‘quvchilarni uzluksiz tarzda intellektual, ma'naviy-axloqiy, jismoniy-estetik rivojlantirishdan iborat. O‘qituvchi talabalar bilan shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim jarayonida o‘quv maqsadiga erishish uchun birgalikda izlanishlar olib borishi kerak. Buning uchun o‘qituvchida kasbiy tayyorgarlik jarayonidayoq kreativlik, o‘z-o‘zini tanqid qilish, mas'uliyatlilik, tolerantlik, qiziquvchanlik, empatiya kabi sifatlar barqarorlashgan bo‘lishi lozim.
Buning uchun o‘qituvchida kasbiy tayyorgarlik jarayonidayoq kreativlik, o‘z-o‘zini tanqid qilish, mas'uliyatlilik, tolerantlik, qiziquvchanlik, empatiya kabi sifatlar barqarorlashgan bo‘lishi lozim.
Dars loyihasi - o‘qituvchi ijodiy izlanishining dastlabki ko‘rinishi bo‘lib, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish vositasi hisoblanadi. Loyihada o‘qituvchining fikrlari, g‘oyalari, qarashlari, yondashuvlari, iqtidorlari, layoqatlari o‘z ifodasini topadi.
Oliy pedagogik ta'lim jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning shaxsga yo‘naltirilgan o‘quv-tarbiya jarayonini loyihalashga oid kompetensiyalarini shakllantirish maqsadida pedagogika turkum fanlariga oid o‘quv jarayoni mazmunini boyitish alohida ahamiyatga ega. Ushbu jarayon mazmuniga kiritiladigan bilimlar, tushunchalarni tanlashda birinchi navbatda bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash jarayoni oldiga qo‘yilgan ijtimoiy buyurtma va umumiy o‘rta ta'lim tizimi ehtiyojlaridan kelib chiqish talab etiladi.
Bo‘lajak o‘qituvchilarning shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim jarayonini loyihalash va tashkil etishga oid ko‘nikmalari darajasini o‘rganish doirasida belgilangan vazifalarga muvofiq tarzda qo‘llaniladigan metodlar bir necha guruhlarga bo‘linadi. Ular:
kasbiy faoliyatning psixologik xususiyatlarini aniqlashga xizmat qiladigan metodlar;
kasbiy pedagogik faoliyatni tashxislash metodlari (miqdor ko‘rsatkichlarini aniqlash maqsadida);
tadqiqotchilik metodlari; bunday metodlardan bo‘lajak o‘qituvchilarning ruhiy holatlarini aniqlash maqsadida foydalaniladi;
bo‘lajak o‘qituvchilar kasbiy pedagogik faoliyatlari rivojlanishini aniqlash maqsadida shakllantiruvchi metodlardan foydalaniladi.
Biz akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda shaxsga yo‘naltirilgan o‘quv-tarbiya jarayonini loyihalash ko‘nikmalarini shakllantirishga oid pedagogik tizimning samaradorlik darajasini statistik tahlil asosida ko‘rsatishga harakat qildik.
Shaxsga yo‘naltirilgan o‘quv-tarbiya jarayonini loyihalash va uni samarali tashkil etishga bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogik-psixologik tayyorlash hamda ularni akmeologik yondashuv asosida shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim texnologiyalari bilan qurollantirishga oid nazariy yondashuvlar va amaliy tajribalarni o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, pedagogika fanida shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim-tarbiya jarayonini loyihalashga bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash muammosi nazariy-empirik jihatdan o‘z echimini topmagan. Shunga ko‘ra shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim-tarbiya jarayonini loyihalash va uni tashkil etishga bo‘lajak o‘qituvchilarni akmeologik yondashuv asosida tayyorlashning shart-sharoitlari, bu jarayonning mazmuni, shakllari, usullari, metodlari, mexanizmlarini aniqlash kabi masalalar o‘z yechimini kutmoqda.
Ma'lumki, pedagogika va falsafa fanlari insonning ijtimoiy rivojlanishi faqat barcha ta'lim muassasalarining bir butun ijtimoiy buyurtmaga asoslanishi haqida ma'lumot beradi. Ta'lim muassasalarining maqsadi shaxsni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan. Insonning shaxs, individ, faoliyat sub'ekti sifatida shakllanishida muhim ijobiy holatlarni belgilash mumkin:
- yosh avlodning jismoniy sog‘lomligi ta'minlanadi;
- ta'lim orqali har bir insonga tabiat, jamiyat, inson o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik haqidagi bilimlar beriladi, ushbu bilimlarni amaliyotda butun umri davomida qo‘llash ko‘nikma va malakalari shakllantiriladi;
- tarbiya orqali yoshlarda o‘z-o‘ziga, jamiyatga, o‘z yurtiga, mehnatga, boshqa insonlarga bo‘lgan munosabatlari, milliy g‘oya va mafkura, iftixor tuyg‘ulari, komil inson sifati shakllantiriladi.
Ta'limda shaxs mentaliteti, intellekti va tafakkurini rivojlantirish bilan dolzarb ta'lim sifati muammosini echish mumkin. Bugungi kunda falsafa, sosiologiya, psixologiya, pedagogikada shaxsni rivojlantirish va tarbiya tizimini takomillashtirish, ta'lim jarayonini rivojlantirish shakli, yangi samarali o‘qitish metodlari, shakl, vositalari haqida ko‘p fikr yuritilmoqda. Bu o‘rinda pedagoglar akmeologiyaga - insonni o‘z taraqqiyoti dinamikasida, takomili hamda hayot faoliyatining turli bosqichlarida o‘zidagi eng kuchli qobiliyatlarini namoyon qilishning kompleks masalalarini o‘rganadigan fan tarmog‘i sifatida e'tibor qaratadi. Akmeologiya atamasi, evrilogiya (P.Engelmeyer), ergonologiya (V.Myasimev), refleksologiya (V.Bexterev) kabi sohalar singari ilmiy-amaliy bilimlarga ega bo‘lib, o‘tgan asrning 20-yillarida paydo bo‘lgan. Akmeizm sifatida N.Gumilev, S.Gorodeskiy, A.Axmatova va boshqalarning asarlarida XX asr boshlarida ijtimoiy-madaniy akmeologiya paydo bo‘lgan edi. Ijodiy faoliyat yosh davrlari qonuniyatlari tomonidan va F.Galton va V.Osvaldolarning turli psixobiologik omillar mahsuldorligi bilan bog‘liqligini o‘rganishga oid tabiiy-ilmiy tadqiqotlari akmeologiyaning kelib chiqishiga olib kelgan.
B.G.Ananevning fikricha, akmeologiyaning ilmiy asosi, insonning rivojlanishida individ, shaxs, individuallik va sub'ektning hayot faoliyati haqidagi fanlar integrasiyasidan tashkil topgan. Akmeologiyada odam kasbiy faoliyat va o‘z hayotini o‘zi belgilash, o‘z-o‘zini rivojlantirish va ijodkorlik qobiliyati, inson hayot faoliyatida sub'ekt sifatida qarab chiqiladi. O‘z-o‘zini rivojlantirish va o‘z-o‘zini boshqarish asosida insonning yangi muvaffaqiyatlarga erishish ehtiyoji, takomillashish, faol hayot tarafdori bo‘lish, ezgu fikrlash o‘z imkoniyatlariga ishonish, hayot mazmunini tushunish yotadi. Shaxsning rivojlanishi uning ona bag‘ri, Oliy ta'limgacha bolalik davri, boshlang‘ich sinf, o‘smirlik va o‘spirinlik davridagi shart-sharoitlar bilan uzviy bog‘liq. Ushbu davrlarda uning salomatligi qanday bo‘lishi, nimalar u uchun qadrli bo‘lishi, uning xususiy baholashi, insonlarga va mehnatga munosabati, hatti-harakatlari va boshqalar uning kelajakda qanday sifatdagi kasb egasi bo‘lishini aniqlab boradi.
Akmeologik yondashuv esa quyidagilardan tashkil topgan:
- ilk o‘spirinlik davridagi kollej o‘quvchisining borliq bilan munosabati va yaxlit fenomen sifatida haqqoniy aloqalarini o‘rganish;
- har bir o‘quvchini hayotiy chuqqilarga erishishini mo‘ljallashda, shaxsning o‘zini shaxsiy sifatlarni takomillashtirishga, muvaffaqiyatga, madaniy rivojlanish etukligiga va o‘z-o‘zini rivojlantirish jarayonidagi sifatlar, o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z-o‘zini anglash asosida ma'naviy-axloqiy sifatlarga erishishga intilishi;
- yaratuvchilik, ijodkorlik faoliyatini tashkil etishda, qiziqarli va mahsuldor, har bir o‘quvchining qobiliyatini ochib beruvchi va uning muvaffaqiyatlarini ta'minlovchi, ijtimoiy tan olinish, o‘z etukligini his etish, ijodiy guruhlarda kommunikativ hamkorlik qila olishni tashkil etish va boshqalar.
Akmeologik yondashuvdan foydalanish:
- ta'lim oluvchilarning sog‘lig‘ini mustahkamlash va saqlash, kasbni muvaffaqiyatli egallashga erishish, ijtimoiy va mehnat faoliyatiga tayyorlanish rivoji, ta'lim va tarbiya masalalarini muvaffaqiyatli hal etish;
- qayta fikrlash, ijodiy tafakkur qilish, ta'lim ichki ehtiyojga aylanishi, barcha sub'ektlarda ta'lim tizimlashtirilgan bilish motivlari bo‘lishi, kasb-hunar kollejini funksionallikdan rivojlanishga o‘tishida ta'lim sifatining oshishi imkonini beradi.
Oliy ta'limda akmeologik yondashuvni samarali amalga oshirish, ta'lim jarayoni ishtirokchilaridan barcha jarayonlarni o‘zaro aloqadorlikda ko‘rib chiqishni talab etadi. Shuningdek, muammolarni ko‘rish va ularni o‘z vaqtida echishni; doimiy o‘z-o‘zini takomillashtirishdan to‘xtamaslikka erishish imkonini beradi.
Zamonaviy ta'lim muhiti o‘quvchi yuqori chuqqilarga erishishi, o‘z-o‘zini takomillshtirishi, rivojlantirishi mumkin bo‘lgan, akmeologik muhitni shakllantirish bilan to‘ldirilishi lozim. Akmeologik yondashuvdan foydalanishning asosiy maqsadi - mavjud har qanday qiyinchilik yoki muammolardan o‘quvchining o‘zi mustaqil ravishda chiqib keta olsin, unda ijodkorlik shunday rivojlansinki, hatto o‘zi mustaqil ravishda yakka tadbirkor sifatida faoliyat yurita olsin.
Bunga erishish uchun ta'lim jarayonida akmeologik yondashuvdan foydalanish bilan birgalikda, pedagogik jamoada ijodkorlik va muvaffaqiyatga erishish motivida akmeologik muhitni shakllantirish ustida ish olib borilishi lozim. Bunda o‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarish, liderlik, ijodiy faoliyat, loyihalar ustida ishlash kabi qobiliyatlari shakllantirib borilishi maqsadga muvofiq.
NAZORAT SAVOLLARI
Akmeologiya tushunchasiga izoh bering.
Innovasion pedagogikada akmeologik kategoriyalarning o‘rni qanday?
O‘qituvchining ijodiy individualligining bosqichlarini sanab o‘ting.
MAVZU:O'QITUVCHI INNOVATSION FAOLIYATIDA
MOTIVATSIYANING O'RNI
O‘qituvchining motivasion tayyorgarligi.
Innovasion faoliyatga tayyorgarlik motivlari.
Tashqi (moddiy) rag‘bat.
Ichki o‘z-o‘zini yo‘naltirish. Kasbiy motivlar.
Motiv (psixologiyada) — inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. M. shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot, ideal va boshqa M.lar jumlasiga kiradi. Hozirgi zamon psixologiyasida M. atamasi sub’yektni faollashtiruvchi turli hodisa va holatlarni ifodalash uchun qo‘llanadi. Xatti-harakat va faoliyat M.larining majmuasi motivatsiya deyiladi. M. ehtiyoj negizida vujudga keladi va shakllanadi. Ehtiyojning barqarorlashuvi motivatsiyaning samarali shakllanishini ta’minlaydi. Harakat faoliyatning tarkibi bo‘lganligi tufayli u faoliyatning maqsadi va M.i orqali boshqariladi. Ba’zan "M." tu-shunchasini "emotsiya", "maqsad", "ustanovka" atamalari bilan almashtirish hollari uchraydi. Goho turtki, qo‘zg‘ovchi, undovchi tushunchalari bilan aynanlashtiriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |