BOB. INNOVATSION FAOLIYAT TUZILIShI VA KOMPONENTLARI MAVZU: O'QITUVCHI INNOVATSION FAOLIYATINING MUHIM
XUSUSIYATI SIFATIDA
1.O'qituvchi innovatsion faoliyatining operatsion jihatlari. 2.O'qituvchi innovatsion faoliyatining operatsion komponenti tuzilmasi. 3.Innovatsion o'yinlar. Innovatsion faoliyatining operatsion bloki mazmuni. Ma'lumki, XXI asr “Intellektuallashtirish asri”, “Jamiyatni axborotlashtirish sari asri” kabi nomlar bilan atalmokda. Bu bevosita jamiyat taraqqiyotining harakat-lantiruvchi kuchlari bo‘lgan barkamol avlodni tayyorlovchi ta'lim tizimiga bog‘liq bo‘lib, undan ko‘zlangan maqsad ta'limni innovatsiyalashtirish, ya'ni ta'limni yangicha sifat bosqichiga va ta'limda muntazam ravishda zamonaviy yonda-shuvlarni tashkil qilib borishni ta'minlashdan iboratdir. Bunday innovatsiyalanadigan ta'lim jamiyat taraqqiyoti bilan mos ravishda yangicha yondashuvlarni tadqiq etishni o‘z zimmasiga oladi. Bu borada zamonaviy oliy ta'lim tizi-midagi ta'lim-tarbiya jarayoni ham bo‘lajak mutaxassislarning innovatsion kasbiy faoliyatlarini va ularga mos ijodkorlikni rivojlantirishga qaratilgan bo‘ladi. Bular bo‘lajak mutaxassislardagi yangilikni sezish qobi-liyati shakllanganligiga didaktik asos bo‘lib, unga berila-digan kuchli e'tibor bo‘lajak o‘qituvchining ham innovatsion rivojlanganligini ta'minlay oladi. SHu sababli hozirda zamonaviy bo‘lajak o‘qituvchini tayyorlash-ning o‘quv-metodik, tashkiliy-pedagogik, axborotli-instru-mental (uskunaviy), dasturiy-metodik, o‘quv-dasturiy- didaktik ta'minotlarini tayyorlash jarayonlarini axborotlashtirish saviyasi yuqori bo‘lganligi uchun ham oliy ta'lim tizimida bo‘lajak o‘qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorgarligini tako-millashtirishga asoslangan tadqiqiy ishlar bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashdagi o‘ta dolzarb muammolardan biridir. SHu sababli ham tadqiqot ishida bo‘lajak o‘qituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlashning tashkiliy-tuzilmaviy modelini ilmiy-metodik jihatdan asoslash masalasini yoritishni maqsadga muvofiq deb topdik. Ma'lumki, mukammal ilmiy-metodik ta'minot va za-monaviy texnologiyalarga asoslanib tanlangan innovatsion faoliyat ta'lim beruvchi amaliy faoliyati samaradorligini, ta'lim oluvchilarning shaxsiy rivojlanishi va o‘quv yurtlari ta'limiy intellektual salohiyatini sezilarli darajada oshiradi. Ushbu sohada olib borilgan ilmiy izlanishlarimiz natijalari bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini innova-sion faoliyatga tayyorlash jarayonini quyidagi yo‘nalishlarda olib borish ma'qul ekanligini ko‘rsatadi: - interfaol metodlar ishlab chiqish va ulardan ama-liyotda keng foydalanish negizida bo‘lajak o‘qituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlash; - ta'lim jarayonining axborotli ta'lim muhitini yaratish, xususan ta'lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda bo‘lajak o‘qi-tuvchini kasbiy-innovatsion faoliyatga tayyorlash; - “Maqsadlar ierarxiyasi” texnologiyasi asosidagi interfaol texnologiyalardan keng foydalanishga asoslanib bo‘lajak o‘qituvchini kasbiy-ijodiy faoliyatga tayyorlashni takomillashtirish; - pedagogik kvalimetriyaga asoslangan innovatsion texno-logiyalar negizida bo‘lajak o‘qituvchini tayyorlashni takomil-lashtirish; - intellektuallashtirilgan texnologik xaritalar va intellektuallashtirilgan o‘qitish tizimlari negizida bo‘la-jak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlash va h.k. Demak, zamonaviy ta'limni va unga asoslangan holda bo‘lajak o‘qituvchini kasbiy faoliyatga tayyorlashni to‘liq interfaol metodlar va zamonaviy innovatsion texnologiyalar asosida olib borish kerakligini hozirgi davr talab etmoqda. Bular ayrim ta'lim paradigmalarining mazmun-mohiyati yangilanishiga sabab bo‘lmoqda. Bu borada quyidagi manba bu fikrimizga dalil bo‘la oladi: “Shu paytga qadar ta'lim tizimida o‘qitish ustuvor sanalgan bo‘lsa, ayni paytda jamiyatning axborotlashuvi davrida ustuvorlik o‘qitishga, o‘rganishga yo‘naltirilgan. Shu sababdan ta'limning o‘qituvchi - darslik - talaba paradigmasi talaba - darslik -o‘qituvchi paradigmasi bilan o‘rin almashishi zarur. Zamonaviy pedagog kadrlar yangi mavqega ega bo‘lib, uning vazifasi, eng avvalo talabalarning mustaqil bilim olish faoliyatini tashkil etishga, bilimlarni mustaqil egallashiga va ularni amaliyotda qo‘llash malakalarini shakllantirishga qaratili-shi lozim. O‘qituvchi bunday maqsadlarda o‘qitishning metodlari, texnologiyalarini shunday tanlashi kerakki, ular talabalarga nafaqat tayyor bilimlarni o‘zlashtirishlarida, balki bilimlarni turli manbalardan mustaqil egallashlari, o‘zlarida shaxsiy nuqtai nazari shakllanishi, uni asoslashi va erishilgan bilimlaridan yangi bilimlar olishlarida foydalanish malakalariga ega bo‘lishlari lozim”. Ushbu keltirilgan manbaga asoslanib ham qayd etish mumkinki, zamonaviy ta'lim jarayoni va unga asoslangan holda bo‘lajak o‘qituvchini kasbiy faoliyatga tayyorlash keng qamrovli, ko‘p qirrali, murakkab va ijodiy tashkiliy-pedagogik faoliyat bo‘lib, uning yordamida bo‘lajak o‘qi-tuvchini kasbiy faoliyatga tayyorlashning istiqbolli va innovatsion metodologiyasini yaratish mumkin bo‘ladi. Ushbu jarayonni mazmun-mohiyat jihatidan qaraydigan bo‘lsak, bo‘lajak o‘qituvchini kasbiy faoliyatga tayyorlashning o‘zi ham murakkab dinamik tizimni tashkil etadi. Bu erda tizim atamasi bo‘lajak o‘qituvchini innovatsion faoliyatga tayyor-lashning murakkab va ma'lum shaklda tartiblangan ichki tuzilmasini namoyon qilishi va ko‘rib chiqilayotgan jarayonnitizimiy o‘rganishga imkoniyat yaratishi nuqtai nazaridan qo‘llaniladi. Tizimlar tarkibida qatnashayotgan elementlar (qismti-zimlar) xarakteriga qarab sodda, murakkab, dinamik va statistik tizimlarga bo‘linadi. Qayd etilgan tizimlar orasida dinamik tizimdan ta'lim jarayonida va bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda keng foyda-laniladi. Bunga sabab ta'lim jarayoni ham, bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonlari ham dinamik xarakterga ega bo‘lib, ular o‘zaro uzviy bog‘langan turli ko‘rsatkichlar (tizim elementlari) va turli ko‘rsat-kichlar guruhi (qismtizimlar)dan iborat bo‘lgan muayyan tashkiliy-tuzilmadan iboratdir. Bunday tuzilma-larni ilmiy-metodik jihatdan tadqiq etish va ulardan ko‘rib chiqilayotgan muammolarni hal etishda foydalanish ko‘pgina maxsus muammolarni hal qilishga mustahkam didaktik asos bo‘la oladi. Shuningdek, dinamik tizim bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini tayyorlashning istiqbolli variantlarini yaratishda va ularning zamon talabiga javob beradigan variantlar monitoringini ishlab chiqishda ham doimo kerak bo‘ladi. SHu sababli ularni tashkiliy-tuzilmaviy jihatdan tadqiq qilish (modellashtirish) ko‘rib chiqilayotgan muammo bo‘yicha rejalashtirilgan natijaga erishishni ham kafo-latlashga imkoniyat yaratadi. Umuman olganda modellash tadqiqot usuli doimo qaralayotgan ob'ektni (muammoning qo‘yilishini) aniq ta'riflashni nazarda tutadi va u orqali biror jarayon (ta'lim, bo‘lajak mutaxassislarni kasbga tayyorlash va shu kabilar) haqidagi empirik hamda intel-lektual tasavvurlar aniq shakllantiriladi hamda ular asosida ko‘rib chiqilayotgan jarayonlarning kechishi oldindan aytib beriladi hamda bu bilan modellarning qo‘llanilish chegarasini tekshirish va aniqlash imkoniyati ham yaratiladi. SHuningdek, modellash metodining yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, uning yordamida jarayonlar kechishining axborotli boshqaruv tizimini ham yaratish mumkin. Yuqorida keltirilgan ma'lumotlar: bo‘lajak o‘qituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlashning dolzarbligi va ularning asosiy yo‘nalishlari, ta'lim jarayoni va bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonlarining dinamik tizim sifatida ifodalanishi, dinamik tizimlar tashkiliy-tuzilmaviy ko‘rinishlarining ilmiy-metodik jihatdan asoslanishi va ularni modellash-tirish-ning imkoniyatlari (afzalliklari)ga asoslanib qayd etish mumkinki, bo‘lajak o‘qituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlashni tashkiliy-tuzilmaviy modellar yordamida amalga oshirish mumkin. Bular bo‘lajak o‘qituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlashning tashkiliy-tuzilmaviy modelini ishlab chiqish imkonini berdi. Endi rasmdagi har bir qism tizim to‘g‘risida qisqacha ma'lumot beramiz. Bo‘lajak o‘qituvchini innovatsion fao-liyatga tayyorlashni ta'lim oluvchi oliy o‘quv yurtiga kirgan kunidanoq boshlab yuborish kerak bo‘ladi va bu jarayon dinamik ravishda davom etib, bitiruvchining kasbiy faoliyatiga tavsiya berilganigacha davom etadi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini innovatsion fao-liyatga tayyorlashning dastlabki bosqichini ularda innova-sion jarayonni tarkib toptirishga o‘rgatish, deb atadik va bu birinchi kurs talabalari bilan amalga oshiriladi. Uning tashkil etuvchilari esa quyidagilardan iborat bo‘ladi: - an'anaviy ta'lim tizimi; - ilm-fan yutuqlari; - rejalashtirilgan ta'limga oid axborotli ta'lim muhiti; - innovatsion g‘oyalar markazidagi dastlabki ma'-lumotlar, didaktik materiallar; - ta'lim sifatining asosiy tashkil etuvchilari va shu kabilar. NAZORAT SAVOLLARI O'qituvchi innovatsion faoliyatining operatsion jihatlari haqida tushuncha bering.
O'qituvchi innovatsion faoliyatining operatsion komponenti tuzilmasiga izoh bering.
Innovatsion o'yinlar. Innovatsion faoliyatining operatsion bloki mazmunini tushuntirib bering. MAVZU: O'QITUVCHI INNOVATSION FAOLIYATI TUZILMASIDA
REFLEKSIYANING O'RNI “Refleksiya” tushunchasi. Refleksiyaning turlari.
Ijodiy faoliyat bilan refleksiyaning o‘zaro aloqadorligi.
Innovasion faoliyatda refleksiyaning namoyon bo‘lishi.
O‘qituvchi innovasion faoliyatida refleksiv pozisiyaning roli.