J. A. Qarshiyev innovatsion-pedagogik faoliyatni tashkil etis



Download 174,17 Kb.
bet8/30
Sana29.04.2023
Hajmi174,17 Kb.
#933458
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
Bog'liq
5. Дарслик ИННОВ. ФАОЛИЯТ

Refleksiya -lotincha ,,aks ettirish,,-o'z fikr va kechinmalarini tahlil qilish va mulohaza yuritish,ya'ni muloqotga kirishuvchining suhbatdoshi uni qanday idrok etayotganligini anglashi. Refleksiya-inson suhbatdoshi tomonidan qanday idrok etilayotgani va tushunilayotganini anglashga intilishi.kishining kishi tomonidan idrok qilinishini ikkilangan oynadagi aks ettirishga o'xshatish mumkin.odam boshqa kishini aks ettirar ekan, shu bilan birga o'zini ham aks ettiradi.agar kishi o'zi muloqatga kirishadigan kishilar haqioda to'liq, ilmiy asoslangan axborotlarga ega bo'lsa, ular bilan bexato aniqlikda o'zaro ta'sir o'rnatishi mumkin.
Ilk bor refleksiya tushunchasi qadimgi Yunon falsafasida yuzaga kelgan va insonning o'z ongida kechayotgan mulohazalari haqida. o‘zi fikr yuritishi jarayoni, o'z fikrlari mazmunini tahlil qilishga e'tiborini jalb qilishni anglatgan (Dekart). Sokrat. Platon, Lokk va boshqa yunon faylasuflari refleksiyani insonning o'z-o'zini bilishga, nimalarga qodir ekanligini e'tirof etishga qaratilgan faoliyati ekanligini ta'kidlashadi. Kant, Gegel, Fixte, Shelling kabi Yevropa fay lasuflari esa refleksiyaga insonning bilish qobiliyatlarini rivojlantirish asosi sifatida qarashganlar. Leybnits konsepsiyasiga muvofiq refleksiya insonning appersepsiyaga (idrokning inson o'tmishidagi tajribasiga va individual xususiyatlariga bog'liqligi) qodirlik xususiyati sifatida tilga olinadi.u Bugungi zamonaviy falsafada esa refleksiya nazariy va amaliy jihatdan farqlanadi. Birinchisi, inson tomonidan tushunchalaming rivojlanish jarayoni, yagona tushuncha doirasida bir ta'rifdan boshqasiga o'tish im- koniyatini beradigan metod sifatida; ikkinchisi esa, individual harakat yoki fikmi tushuncha bilan nisbatlash jarayoni, bunda nisbatlash oichovi ustidan nazorat ta'minlanishi kerak.
Refleksiya tushunchasi falsafada shakllangan,ammo hozirda u pedagogic amaliyotda, fan sifatida psixologiyaning turli sohalarida, fizika va harbiy ishlardakeng tarqalgan.
Ko'zgu atamasi lotincha ,,reflexio,, so'zidan olingan bo'lib, ,,orqaga qaytish,, deb tarjima qilingan bu inson o'z ongiga e'tibor beradigan, o'zini chuqur tahlil qiladigan va qayta o'ylaydigan holatdir.
Bu inson faoliyati natijalarini anglash usulidir.
Mulohaza yuritish jarayonida odam o'z fikrlari va g'oyalarini sinchikovlik bilan tekshiradi,to'plangan bilimlar va olingan ko'nikmalarni tekshiradi, mukammal va rejalashtirilgan harakatlar haqida fikr yuritadi.Bu sizga o'zingizni yaxshiroq bilish va tushunishga imkon beradi.
Refleksiya asosan 3 ta shaklda namoyon bo'ladi.

  1. Retrospektiv shakl.Bu o'tgan hodisalarni tahlil qilish bilan tavsiflanadi.

  2. Vaziyat shakli.Bu hozirgi paytda odamda sodir bo'layotgan voqealarga munosabat sifatida ifodalanadi.

3.Istiqbolli shakl.Hali sodir bo'lmagan kelajak voqealari aks ettirishi kerak.bu insonning orzulari, rejalari va maqsadlari.
Refleksif holat aks ettirish ob'ektga qarab bir nechta asosiy guruhlarga bo'linadi:
-shaxsiy,bu introspektivani va o'z ,,men,,ini o'rganishni, o'zini o'zi anglashga erishishni o'z ichiga oladi.
-kommunikativ, boshqa odamlar bilan munosabatlarni tahlil qilish.
-kooperativ, kontseptual qo'shma tadbirlar maqsadiga erishish.
-insonning bilimlari, qobiliyatlari va ko'nikmalariga shuningdek ularni qollash sohalari va usullariga e'tibor beradigan intellectual.
-ijtimoiy aks ettirish insonning ichki holatini unqanday qabul qilinishini va boshqa odamlar u haqida qanday fikrda ekanligi orqali bilish.
-martaba pog'onasidagi harakatni tahlil qilishga yordam beradigan professional.

  1. Intellektual refleksiya:Muammolarni fikrlash asosida ijobiy hal qilishnibelgilaydi.

  2. Shaxsiy refleksiya:O'qituvchining nizoli pedagogic ziddiyatlardan janjalsiz chiqishni fikran izlanish asosida bartaraf qilishni taminlaydi.

  3. Kommunikdativ refleksiya: Muloqot jarayonida sheriklarning o'zaro bir birlarini tushunib munosabat qilishni ta'minlaydi.

  4. Kooperativ refleksiya: Jamoa o'zlarining birgalikdagi o'zaro muntazam mehnat faoliyatlarini muvofiqlashtirish bilan bog'liq bo'lgan faoliyat.

Insonning ijodiy muammolarini hal etishda ro'y beradigan fikrlashidagi refleksiyani o'rganib uni fikrlovchi subyektning o'z o'zini boshqarish usuli(Yu.N.Kulyutkin,S.Yu.Stepanov va boshqalar),tanqidiy fikrlash omili (I.N.Semyonov), nazariy jihatdan fikrlashning yuqori ko'rsatkichi (A.Z.Zak,V.V.Davidov va boshqalar) sifatida ta'rif berib baholaydilar.I.S.Ladenko refleksiyani intellectual tizimlarning o'z o'zini tashkil qilishidagi ahamiyatini intellectual faoliyatning malaka va ko'nikmalarining takomillashtirish ehtiyoji hamda nutq, xotira, tasavvurlarning ichki va tashqi shakllari haqida psixologik qarashlarni ishlab chqish zarurati bilan bog'laydi.U ,,Reflek siya - ichki tasavvurdan tashqi tasavvurga va aksincha biridan boshqasigga o'tish, fikrlash jarayoni ushbu jarayonlarning interiorizatsiya (tashqi omillarning ichki omillarga o'tishi haqidagi fikrlarni shakllantirish asosi...Refleksiya asosida nafaqat psixologik bilimlar, balki xotira, malaka va ko'nikmalar shakllantiriladi va amalda qo'llash usullari takomillashtiriladi,, deb hisoblaydi.
Pedagogik refleksiya - o'qituvchiga o'z-o'zini kasbiy jihatdan takomillashtirish manbalarini o'z bilimi va imkoniyatlaridan izlab topishda ko'maklashadi hamda uning rivojlanishini ta'minlaydi.
Inson psixikasi ichki tizimlari tashqi ijtimoiy faoliyat strukturasi qizg'in o'zlashtirish jarayonida shakllanishni , tashqi faoliyatni ichki faoliyatga o'tishini ta'minlaydigan interiorizatsiya nazariyasiga asoslanib, aytish mumkinki, kasbiy refleksiyaning rivojlanish muammosi o'qituvchining pedagogic mahoratini oshirish asosi sifatida o'rganiladi.Rivojlangan pedagogik refleksiyasiz, o'qituvchi doimiy tahlil va o'z - o'zini tahlil qilmasdan amaliy va nazariy pedagogik faoliyatda yuzaga keladigan muammolami va ziddiyatlami chuqur anglashi, ulami doimiy tahlil qilishning yo'llarini to'g'ri tanlashi, olingan natijalami tanqidiy baholashi va ulami korreksiyalashi mumkin emas. G.MKodjaspirova pedagogik refleksiyani insonning o'z-o'zini anglashi deb, bunda «nafaqat o'qituvchi o'z xatti-harakatlariga to'g'ri baho berishi, balki, o 'qituvchi bilan pedagogik muloqot chog 'ida o 'zaro hamkorlik qiladigan o 'quvchilar jamoasi. Pedagogik jamoa, ta 'lim-tarbiyaga mas 'ul shaxslar va ota-onalar uni qanday qabul qilishini tushuna olish qobiliyati hamdir» deb ta'riflaydi. Demak, refleksiya - o'qituvchining o'z-o'zini anglashi o'zining kamchiligi va zaif tomonlarini bilib o'z-o'zini takomillashtirishga intilishi, o'z tarbiyalanuvchilarining hamda o'z-o'zini takomillashtirishga zarur shart-sharoitlar yaratishi uchun mavjud ichki imkoniyatlarini kashf etishidir.
Innovatsion faoliyatda refleksiyaning namoyon bo'lishi kasbiy refleksiya - o'qituvchining o'z-o'zini rivojlantirishda shijoati kasbiy faoliyatga oid yangiliklarni muntazam izlanishda ,ijodkorlikda namoyon bo'lishi bilan asoslanadi, demak refleksiya o'qituvchining o'z-o'zini kasbiy takomillashga ham asos bo'ladi, deb aytish mumkin. Kasbiy pedagogic faoliyatda refleksiv jarayonlarni o'rganib ta'kidlash mumkinki, refleksiya nafaqat pedagogic faoliyatni rejalashtirish bilan bog'liq hodisa, balki refleksiya mohiyatini kasbiy faoliyatni optimallashtirish maqsadida ham qo'llaniladi.
NAZORAT SAVOLLARI
1. “Refleksiya” tushunchasiga ta'rif bering.
2. Ijodiy faoliyat bilan refleksiyaning o‘zaro aloqadorligiga izoh bering.

  1. O‘qituvchi innovasion faoliyatida refleksiv pozisiyaning roli.

  1. MAVZU: O'QITUVCHI INNOVATSION FAOLIYATI MODELINI
    ISHLAB CHIQISH TAJRIBASI


1.Innovatsion faoliyatni rivojlantirishga doir yondashuvlar.
2.Innovatsion faoliyatining aksiologik jihatlari. Innovatsion jarayonlarning tizimli-faoliyatga doir konsepsiyasi.
3.O'qituvchi innovatsion faoliyati tuzilmasi.
4.Innovatsion faoliyatni shakllanganligini baholash metodikasi.
Innovatsion faoliyat o‘qituvchining talabaga uni shaxs va intellektual jihatdan rivojlanishiga yordam beruvchi ta'limiy va tarbiyaviy ta'sirini o‘z ichiga qamrab oladi.
Innovatsion pedagogik faoliyat ham inson faoliyatining boshqa jabhalari kabi tavsiflanadi. Bu eng avvalo maqsadga yo‘nalganlik, motivlashganlik, predmetlilikdir. N.V. Kuzmina ta'rifiga ko‘ra, pedagogik faoliyatning muhim jihati - bu uning mahsuldorligidir. Innovatsion faoliyatmahsuldorligining 5 ta darajasi ajratib ko‘rsatiladi:

  1. - (minimal) reproduktiv: pedagog o‘zi bilgan narsalarni boshqalarga yetkazib bera oladi;

  2. - (quyi) moslashgan: pedagog o‘z fikrlarini auditoriyaga o‘ziga xos jihatlari bilan ma'lum qila oladi.

  3. - (o‘rta) lokal modellashtirilish: o‘qituvchi fanning ma'lum bir bo‘limi bo‘yicha talabalarda bilim, ko‘nikma va malakalarning strategiyasini egallaydi.

  4. - (yuqori) talabalar bilimini sistemali modellashtirish; o‘qituvchi talabalarda fan malakalarini shakllantirishning yo‘l-yo‘riqlarini biladi.

  5. - (eng yuqori) modellashtirilgan tizimli faoliyat va talabalar xulq-atvori. Bunda pedagog o‘z fanini o‘rgatishdagi yo‘l-yo‘riqlarni shunday egallaydiki, natijada u talaba ehtiyojlarida o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘ziga ta'lim berish, o‘z-o‘zini rivojlantirish vositasi sifatida xizmat qiladi.

Innovatsion pedagogik faoliyat borasida so‘z yuritilganda yuqori mahsuldorlik tushunchasi asosiy o‘rinni ifodalaydi.
Innovatsion faoliyat boshqa faoliyat turlari kabi o‘z motivatsiyasi, maqsadi, predmeti, vositalari, usullari, mahsuli va natijasini aks ettiruvchi psixologik mazmunni ifodalaydi.
Innovatsion pedagogik faoliyatning predmeti shaxs rivojlanishining sharti va asosi bo‘lmish ijtimoiy madaniyatni singdirishga qaratilgan o‘quv faoliyatining manbai hisoblanadi. Pedagogik faoliyatning vositalari sifatida ilmiy (nazariy va empirik) bilimlarni ko‘rish mumkin. YOrdamchi vositalarga esa texnik, kompyuter, grafik vositalarni kiritish mumkin.
O‘qituvchi faoliyatidagi ijtimoiy-madaniy malakani etkazish bu tushuntirish, ko‘rsatish (illyustratsiya), darslik mashqlarini tahsil oluvchilar bilan birga ishlash, tahsil oluvchini bevosita amaliyoti (laboratoriya, amaldagi) va treningdan iborat. Pedagog faoliyatning mahsuli talabaning aksiologik, emotsional-mazmuniy, predmetli, baholash mezonlarini aks ettiruvchi individual malakasining shakllanganligi hisoblanadi. Pedagogik faoliyatning natijasi asosiy maqsaddan kelib chiqqan holda talabalarning shaxsiy, intellektual rivojlanishi, ularni o‘quv faoliyatining sub'ekti va shaxs sifatida shakllanishi hisoblanadi.
Pedagogik faoliyatning muhim tarkibiy qismlaridan biri bu motivatsiya hisoblanadi. Pedagogik faoliyatda ham o‘quv faoliyatdagi kabi motivatsion soha ajratilib ko‘rsatiladi. Bu tashqi va ichki motivlardir. Tashqi motiv sifatida biror bir narsaga erishish istagini, ichki motiv sifatida esa o‘z faoliyatining jarayoni va natijasiga e'tibor berishni misol qilish mumkin.
Innovatsion faoliyat pedagogik vaziyatdagi turli tuman xatti-harakatlarning umumlashmasidan iborat: perseptiv, mnemik, kommunikativ, izlanuvchanlik, nazorat qilish, baholash va h.k. Ushbu turli-tuman faoliyatlarning jamlanmasi bir qancha psixologo-pedagogik funksiyalarni belgilab beradi.

Download 174,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish