J. A. Qarshiyev innovatsion-pedagogik faoliyatni tashkil etis



Download 174,17 Kb.
bet15/30
Sana29.04.2023
Hajmi174,17 Kb.
#933458
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30
Bog'liq
5. Дарслик ИННОВ. ФАОЛИЯТ

8. Pedagogik xayol bu kishining talabalar shaxsini tarbiyaviy tomondan loyihalashtirishda o‘z ish-harakatlarining natijasini oldindan ko‘ra bilishda namoyon bo‘ladigan qobiliyatdir. Bu qobiliyat o‘qituvchi ma'lum talabadan kelgusida kim chiqishini ko‘z oldiga keltirishda, tarbiyalanuvchilarda u yoki bu xildagi hislatlarni rivojlanishini oldindan ko‘ra bilishida namoyon bo‘ladi. Bu qobiliyat pedagogik optimizm, tarbiyaning kuchiga, talabalarga bo‘lgan ishonch bilan bog‘liqdir.
9. Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati bu qobiliyat bir vaqtning o‘zida diqqatni bir qancha faoliyatga qarata olishda namoyon bo‘lib, o‘qituvchi ishida g‘oyat muhim ahamiyatga egadir.
Qobiliyatli, tajribali o‘qituvchi o‘zining diqqat-e'tiborini o‘quv materialini qanday bayon etilishiga, uning mazmu niga, o‘z fikrlarini atroflicha qilib qanday ochib berishga yoki talaba fikriga baralla qaratadi va shu bilan birga bir vaqtning o‘zida barcha talabalarni kuzatib, ularni toliqqan-toliqmaganligiga, e'tiborli yoki e'tiborsizligiga, darsni tushunish-tushunmasligiga ahamiyat berib, talabalarning intizomini kuzatadi hamda oqibat natijada o‘zining shaxsiy xulq-atvoriga (yurish-turishiga, o‘zini tutishiga, mimika va pantomimikasiga) e'tibor beradi. Tajribasiz o‘qituvchi, ko‘pincha o‘quv materialini bayon etishga berilib ketib, talabalarning nima qilayotganliklarini sezmay qoladi va nazoratdan chiqarib qo‘yadi, agar, bordiyu, talabalarni diqqat-e'tibor bilan kuzatishga harakat kilsa, bunday hollarda o‘z bayonotining izchilligini yo‘qotib qo‘yadi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qobiliyatlardan tashkari,o‘qituvchi inson shaxsining maqsad sari intilishi, uddaburonlik, mehnatsevarlik, kamtarlik kabi qator ijobiy hislatlariga ega bo‘lishi lozim.
U talabalarni tarbiyalar ekan, o‘zining xulq-atvori, yurish-turishi, xullas, butun o‘qituvchilik shaxsi bilan talabalarga o‘rnak bo‘lishi kerak.
O‘qituvchining o‘zini qo‘lga ola bilishi muhim ahamiyatga egadir.
Xulosa kilib, shuni aytish joizki, o‘kituvchining barcha ijobiy, umuminsoniy axlok me'yorlariga mos keluvchi hislatlari katta ahamiyatga ega. Agar biz quyidagi hislatlarini olib karaydigan bo‘lsak, bularning barchasi ham o‘ta muhim omillardir. Jumladan, o‘kituvchining tashki kiyofasi uning obro‘si shakllanishiga ta'sir etadi. O‘kituvchining ozodaligi, ixchamligi, uning poqizaligi, saranjom - sarishtaligi, o‘zini chiroyli tutishi kaddi-komati va yurish-turishlari talabalarda juda yaxshi taassurot koldiradi.

Download 174,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish