"Rolli o‘yinlar"
Rolli o‘yinlar metodining mohiyati shundan iboratki, unda o‘quvchilar boshqa kishining roliga kirib oladilar va uning ichida xarakat qiladilar. O‘yinda o‘quvchilarga asosan tugallanmagan vaziyatlar beriladi. Ular qaror qabul qilishlari, konfliktli holatlarni bartaraf etishlari yoki taklif etilgan vaziyatlarni nihoyasiga yetkazishlari kerak bo‘ladi.
Rolli o‘yinlar o‘quvchilarda boshqalarni tushinish, ularga xayri-xoxlik qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Boshqalar rolini o‘ynash orqali, uning nuqtai nazarini tushinish oson, hatto uning nimalar haqida o‘ylayotgani va sezayotganini ham. Rolli o‘yinlar o‘quvchilarga turli vaziyatlarda o‘zini tuta bilishning modellarini berishi mumkin.
Darslarda rolli o‘yinlarini qo‘llash quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi.
1. O‘yinni vaziyatlarini tanlash. Rolli o‘yinlarga material bo‘lib xizmat qiladigan ko‘plab vaziyatlar mavjud. Ular individual qiyinchiliklarni (internet xizmati provayderi bilan muloqat qilish) va konfliktni hal qilish vaziyatlarini (dasturiy mahsulot buyurmachisi bilan bahs) o‘z ichiga oladi. O‘yinlar maxsus savollar yoki muammolarni hal etishda qo‘llanilishi mumkin. Masalan, yosh bolalarga internet tarmog‘ining barcha ma'lumotlariga kirishga ruxsat berish kerakmi yoki yo‘qmi? degan savolga javob topishda o‘yin metodidan foydalanish mumkin.
2. Tayyorlash. O‘quvchilar vaziyat yoki muammo bilan tanishadilar va ular o‘rtasida rollar taqsimlanadi.
3. Ishtirokchilarni tanlash. O‘qituvchi rolga o‘quvchilarni o‘zi tanlashi, guruhda o‘zlari taqsimlashlariga imkon berishi yoki xoxlovchilarni taklif etishi mumkin. ¡quvchilar o‘zlarining sinfi oldida chiqish qilishlari yoki bir vaqtning o‘zida kichik guruhlarda ishlashlari mumkin. Rolli o‘yinlarida ishtirok etmayotgan o‘quvchilar kuzatuv bo‘lishlari yoki boshqa rolni o‘ynashlari mumkin.
4. O‘yinni o‘tkazish. O‘quvchilar o‘yin doirasida o‘zlarini tutish usulini o‘zlari tanlaydilar. Bunda albatta berilgan vaziyatga tushganda inson o‘zini qanday tutishi mumkinligi asos qilib olinadi. O‘yinning borishiga o‘qituvchi aralashmasligi lozim. Agar o‘yin bor joyiga kelganda qolsagina, unga turtki berish maqsadida aralashishi mumkin. Shunda ham aralashuv qisqa, aniq va ravshan bo‘lishi kerak. Ayrim hollarda o‘yin tugagandan keyin rollarni almashib, yana bir bor takroran o‘yin o‘tkazish foydadan holi bo‘lmaydi.
5. Muhokama. O‘yin muxokama qilinishi va baholanishi kerak. Muxokama uchun quyidagi savollarni berish mumkin:
– Siz nimalarga o‘rgandingiz?
– O‘yin bo‘yicha va har bir rol bo‘yicha nimalarni his etayapsiz?
O‘yin realistik bo‘ldimi?
Qo‘yilgan masala hal etildimi? Agar hal etilgan bo‘lsa, qanday hal etildi? Agar hal etilmagan bo‘lsa, nima uchun?
Do'stlaringiz bilan baham: |