"Chigal mantiqiy zanjirlar"
O‘qituvchi besh-oltita alohida hodisalarni yozib qo‘yadi. Bu hodisalar xronologik yoki sabab–oqibat zanjirlaridan bo‘lishi mumkin. Har bir hodisa alohida varaqqa yoziladi va ular aralashtirib yuboriladi. Guruhga ushbu varaqlarni mantiqan to‘g‘ri tartibini tiklash vazifasi beriladi. Buning uchun ketma–ket o‘quvchilar chaqiriladi va har biriga bittadan hodisani zanjirdagi o‘z o‘rniga qo‘yish vazifasi beriladi. Hodisalarni zanjirga terib bo‘lishgandan so‘ng, bo‘lib o‘tgan hodisa haqidagi matnni o‘qiydi, o‘quvchilar esa o‘zlarining takliflari to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini tekshirib boradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |