Informatika bo‘yicha diktant
Informatika bo‘yicha diktant o‘zaro tematik bog‘langan, lekin matn 4-8 iboralardan iborat. Diktantdagi gaplar aniqlik va qisqalik bilan ajralishi kerak. O‘quvchi eshitayotgan vazifani bajarishi lozim. Shuning uchun uzun ibora yoki chalkashlik diktantga to‘g‘ri kelmaydi.
ACCESS MOBT mavzusi bo‘yicha diktant savollari:
ACCESS MOBT dastlabki oilasining ilovalarini sanab bering.
ACCESS MOBT nign qaysi ob'ekti «teskari» shakl bo‘ladi?
ACCESS MOBT ning qaysi ish rejimi ob'ekt tuzilmasini o‘zgartiradi?
Qaysi tugmacha yordamida ma'lumotlar omborini yaratish ustasi ishga tushiriladi?
Ma'lumotlar omborini yaratish uchun qaysi buyruqni bajarish kerak?
Ma'lumotlar omborini ochish uchun qaysi buyruqni bajarish kerak?
Ma'lumotlar ombori qanday izlab topiladi?
Yakuniy nazorat yozma ish, og‘zaki va test shaklida o‘tkaziladi.
Yozma ish yakuniy nazoratning eng ko‘p tarqalgan shaklidir. Bu sezilarli qisqa vaqt ichida bir vaqtda ham o‘quvchi bilimini baholash, ham baholarning xolisligi imkoniyati bilan tushuntiriladi. Yana bir afzalligi: bahoning pasayishiga olib kelgan, o‘quvchi yo‘l qo‘ygan xatolar va noaniqlar, hamda munozarali holatlarni hal qilishda asoslangan yondashish. Bu usulning mohiyati o‘qituvchi bir ikki dasr o‘tgach, o‘quvchi bilimini tekshirish maqsadida yozma ish o‘tkazadi.
Yozma ishni o‘tkazishda qator didaktik talabalarga e'tibor qaratilishi kerak. Birinchidan, yozma ish faqat o‘tilgan material yaxshi o‘zlashtirilganligiga o‘qituvchining ishonchi kamil bo‘lsa o‘tkaziladi. Ikkinchidan, o‘quvchilarga oldindan e'lon qilinishi kerak va tayyor vazifalar ishlab ko‘rsatiladi. Uchinchidan, yozma ish ichida o‘tilgan darslar mazmunini beruvchi ijodiy savollar bo‘lishi kerak. To‘rtinchidan, o‘quvchilar mustaqil ishlab, ko‘chirishga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Ishni, nihoyat, o‘qituvchi etibor bilan analiz qilishi kerak.
Misol sifatida informatikadan qo‘yidagi vazifalarni keltiramiz.
1-misol.
O‘quvchilarga to‘ldirish uchun T-sxema tarkatiladi. Agar ular yozilgan fikrga qo‘shilsalar, birinchi ustunda “ + “ aks holda uchinchi ustunda “-“ belgisini qo‘yadilar.
Ha
|
Fikr-muloxazalar
|
Yo‘k
|
|
Asosiy berilganlar boshqa yacheykalarning qiymatlari bo‘yicha aniklanmaydi.
|
|
|
EXCEL quydagi buyruq bilan ishga tushiriladi: Pusk-Nastroyka-EXCEL
|
|
|
EXCEL hujjati ishchi kitob deb ataladi.
|
|
|
Ustunlar lotin harflar bilan belgilanadi
|
|
|
Ustunlar soni 26 ta
|
|
|
Yacheyka nomi yacheyka joylashgan ustun va satr nomerlaridan iborat
|
|
|
Nom maydonida satr nomeri ko‘rsatiladi
|
|
|
Formula satrida faol yacheykadagi ma'lumotlar aks ettiriladi
|
|
|
Diapozon – bu yacheykalar guruhi
|
|
|
Yacheykada matin , formula , son bo‘lishi mumkin
|
|
|
Formula «S» belgisi bilan boshlanadi
|
|
|
To‘ldirish markeri yacheykadagi malumotlarni nusxalaydi.
|
|
Test (ingliz – text - tajriba) diagnostika metodi bo‘lib, standart savollar beriladi.
Test sistemasi o‘quvchilarni baholashning boshqa ko‘rilgan metodlariga qaraganda qanday afzallikka ega? Undan foydalanish mohiyati nimada? Bu savollarga jabov beramiz.
1. Barcha o‘quvchilarga teng sharoit yaratiladi (vaqt hisobida ham, test savollarini tanlash hisobida ham).
2. Ma'lum vaqt ichida ham o‘quvchilarning keng doirasini, ham mavzuning to‘liq mazmunini qamrab olish mumkin.
3. Berilgan savollarda tasodifiylik elementlari kamayadi, bu esa imtihon oluvchining noxolisligini yo‘qqa chiqaradi.
4. Imtihon oluvchi va topshiruvchi o‘rtasida sub'ektiv fikrni yo‘qqa chiqaradi.
5. Tekshirishga vaqt va kuch sarflash kamayadi, shu bilan birga o‘qituvchi va o‘quvchi ustida nazoratni yengillashtiradi.
6. Test javoblariga mashina tomonidan tezda statik ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi, chunki savol va javoblar standart shaklga ega.
Testlarni bir qancha turlari mavjud: eslash va to‘ldirish uchun testlar; tanlov testlari. Tanlov testlari o‘z navbatida alternativ, ko‘p tanlovli va kesishuvchi tanlovli testlarga bo‘linadi.
4– rasm. Testlarning turlari.
Birinchi turdagi testlar o‘quvchilarga gapdagi yoki bog‘lovchi matndagi bo‘shliqlarni to‘ldirish vazifasini qo‘yadi. Masalan:
1-test. Qolib ketgan so‘zni qo‘ying.
Belgili o‘zgaruvchanlik -- bu .... olingan belgilar ketma-ketligi.
A. Qo‘shtirnoq.
V. Qavs.
S. Dumaloq qavs.
D. Kvadrat qavs.
Muqobil test - bu o‘quvchi ikkita “ha yoki yo‘q” javoblarini tanlash kerak bo‘lgan vazifalar.
2-test. Bayt 8 bitdan iboratmi?
A. Ha
V. Yo‘q
Kesishuvchi tanlovli testlar bir qancha vazifalardan iborat bo‘lib, bu vazifalar bajarilgandan so‘ng o‘quvchi olgan natijalar va taxmin qilingan natijalar o‘rtasida muvofiqni tekshiradi.
3-test. Har bir son uchun Beysik tilida yozuv toping.
a) 7 1) 3e -10
b) 6,0 2) 1
v) 7,345678 3) 4.ye 27
g) 0,00012 4) 87 8787.8
d) 0,00000000003 5) 6.0
ye) 4 *1027 6) 999. ye-11
j) 2,34455628921 7) 12. ye-5
z) 1,000000001 8) 7
i) 878787,8 9)2.344556
k) 9,91*10 -12 10) 7. 345678
Ko‘p tanlov testlari vazifa va javoblar to‘plamidan (javoblardan biri to‘g‘ri) iborat. O‘quvchi ushbu to‘plamdan uning fikriga to‘g‘ri hisoblangan javobini tanlash kerak.
4-test. Beysik-bu:
A. Programma
V. Programmalash tili.
S. Yuqori darajali programmalash tili.
D. Ikkilangan kod tili.
Hozirgi vaqtda bir necha xil ARM “Test” lari mavjud. Ularning har biri o‘zining afzallik va kamchiliklariga ega. Ammo kompyuterda test olish ko‘p jihatdan o‘qituvchi va o‘quvchi ishida yengillik yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |