Informatika kabineti,
uning asosiy maqsadi va vazifalari
Informatika kabineti – bu umumo‘rta maktablar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarning o‘quv-tarbiyaviy qismi bo‘lib, o‘quv hisoblash texnikasi komplekti (O‘XTK) bilan, o‘quv ko‘rsatish qo‘llanmalari, o‘quv jihozlari, mebellar va informatika kursi bo‘yicha nazariy hamda amaliy darslarni o‘tkazishga mo‘ljallangan kabinet.
Informatika kabinetidagi darslar:
o‘quvchilarda kompyuter savodini shakllantirish,
o‘quvchilarni hisoblash texnikasini ishlab chiqarishda, proekt-konstruktorlik tashkilotlari, ilmiy muassasalarda, o‘quv jarayoni va boshqarishda ishlatish bilan tanishtirish,
informatika asoslarini o‘rganish jarayonida o‘quvchilarda nazariy fikrlashni rivojlantirish,
maktabda o‘quv-ta'lim jarayonini tashkil etishni va o‘qitish uslublarini takomillashtirishga xizmat qilish kerak.
Informatika kabinetida quyidagilar o‘tkaziladi:
informatika darslari va hisoblash texnikasini, kinofilm, diapozitivlar, tablitsa va boshqa o‘quv ko‘rsatish qo‘llanmalaridan foydalanib alohida umumta'lim o‘quv predmetlari,
informatika kursi bo‘yicha darsdan tashqari va fakultativ darslar,
eksperiment darslar va amaliy mashg‘ulotlar va boshq.
Informatika kabinetida psixologik, gigienik va ergonomik qulay muhit bo‘lishi kerak, u shunday tashkil etilgan bo‘lishi kerakki, muvaffaqqiyatli ta'limga, aqliy rivojlantirish va o‘quvchilarni g‘oyaviy-siyosiy tarbiyalashga, informatika va fan asosidan mustahkam bilim, malaka va mahorat olishga ta'sir ko‘rsatish kerak va xavfsizlik hamda sog‘liqni saqlash talablarga javob bera olishi kerak.
Informatika kabinetini jihozlash:
ta'limda yakka muloqotni amalga oshirish, kompyuterda mustaqil ish va mashqlarni tashkil etish uchun vazifalar;
ilmiy va uslubiy adabiyotlar to‘plami;
EHM uchun o‘quvchilar tomonidan tuzilgan eng yaxshi dasturlar to‘plami;
o‘quvchilar uchun jurnal;
ish joyida O‘XTKdan foydalanish jurnallari;
mashinalar ishlamay qolishi va remonti jurnallari;
o‘t o‘chirish vositalari.
o‘quv jihozilari kabinetida mavjud hisob uchun invertar daftari.
O‘quvchi va o‘qituvchi ish joylarini jihozlash asosan shaxsiy kompyuter bo‘lgan o‘quvchini ish joyi va o‘qituvchini ish joylari XTX ni negizini tashkil etadi.
O‘quvchini ish joyi va o‘qituvchini ish joylari tarkibini ko‘rib chiqamiz.
O‘qituvchining ish joyi o‘z ichiga monitor, sistemali blok, klaviatura, bosmaga chiqarish uskunalari va boshqa qo‘shimcha uskunalarni (multimediya, skaner va boshqalar) oladi.
O‘quvchilarning ish joylari tarkibiga faqat kompyuterning asosiy elementlari (klaviatura, sistemali blok, monitor) kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |