"Mejduusobchik"
O‘qituvchi tomonidan muammo qo‘yiladi. Sinf guruhga bo‘linadi.
Guruh ichida muammo hal etiladi. Guruhning har bir a'zosi muhokamaning oxirida ushbu guruh qabul qilingan muammoni yechish yo‘li haqidagi ma'lumotga ega bo‘lishi lozim.
Dastlabki guruhlar tarqatiladi va yangi guruhlar tashkil etiladi. Bu guruhlar "harflar birligi" tamoyili bo‘yicha tashkil etiladi: AAAA, BBBB, VVVV, GGGG. Yangi guruhning har bir a'zosi oldingi guruhi qabul qilingan masalani yechish yo‘lini boshqalarga tushuntiradi (10 minut). Umumiy yoki eng yaxshi yechim tanlanadi.
3. Birinchi tashkil etilgan guruhlar yana tiklanadi. Qatnashchilar endi muammoga boshqa nazar bilan qaragan holda va yechimlar ko‘pligini bilgan holda yig‘iladilar va muloqatda bo‘ladilar (10 minut).
Do'stlaringiz bilan baham: |