7-amaliy topshiriq Noaniqlik va tavakkalchilik, ularda qaror qabul qilish metodologiyasi



Download 90,5 Kb.
Sana27.04.2023
Hajmi90,5 Kb.
#932713
Bog'liq
7-amaliy topshiriq Noaniqlik va tavakkalchilik, ularda qaror qab


7-amaliy topshiriq
Noaniqlik va tavakkalchilik, ularda qaror qabul
qilish metodologiyasi
Boshqaruv faoliyati amaliyotida qaror qabul qilishda(QQQ) ayrim holatlarda kutilmagan holatlar paydo bo‘lib, ular tezkor va noordinar harakatlarni taqazo eta-
di va bu harakatlar ma’lum bir noaniqlik va xavf (risk) bilan nomoyon bo‘ladi.
Shunday vaziyatlar va u bilan bog‘liq bo‘lgan risklar oshkor va oshkormas xarakter-
da bo‘lib, ular kelib tushayotgan ma’lumotlarga bog‘liq bo‘ladi. Bunday holatlarda
muammo yechimlaridan (alternativa) eng maqbul yechimni (“eng yaxshi”, optimal) tanlashda yechim tanloviga va sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi holatlarni inobatga
olish kerak bo‘ladi.

Quyida bu sharoitlarda QQQ jaryoni bilan qisqacha tanishib o‘tamiz.
Mutloq noaniqlik sharoiti
Bu sharoitda mumkin bo‘lmagan tashqi holatlar aniq bo‘lmaganligi sababli, alternativalarni baholab bo‘lmadi. Shu sababli mutloq noaniqlikdan noaniqlik sha-
roitiga o‘tish kerak bo‘ladi, ya’ni barcha mumkin bo‘lgan tashqi holatlarni aniqlash
va alternativalarni tashqi holatlarga mos baholash darkor bo‘ladi.
Noaniqlik sharoiti
Tashqi sharoitning ehtimolini ob’ektiv baholash imkoniyati yo‘qligi sababli
bunday sharoitda QQQ (tanlov amalga oshirish) qaror qabul qiluvchi shaxsning
(QQQSh) qarashlari va sub’ektiv bahosiga asoslangan bo‘ladi. Sub’ektiv baho o‘z
navbatida shaxsning tajribasi, intuitsiyasi va rahbarlik tajribasiga asoslana-
di.
Noaniqlik sharoitida oxirgi qarorni qabul qilish rahbar qo‘lida bo‘lib, rah-
bar muammo yechimini izlashda jamoa bilan, ekspertchilar va boshqa mutaxassislar
bilan muhokamalar o‘tkazishi mumkin. Bunda rahbarning mummoni yechishda qanday evristik usullarni qo‘llay bilishiga ham bog‘liq bo‘ladi. Noaniqlik sharoiti ko‘p hollarda tez o‘zgaruvchi holatlar, ya’ni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ko‘p vaqt
talab qiladigan sohalarda uchrab turadi.
Noaniqlik paydo bo‘lishiga sabablar:
• Vaziyatdagi element va ob’ektlar sonining ko‘pligi;
• Texnik, ijtimoiy va boshqa sabablarga ko‘ra ma’lumot cheklanganligi yoki
noto‘g‘riligi;
• Aniqlik uchun ma’lumotning juda qimmatligi;
• QQQShning kasbiy tajriba va mahorati kamligi;
• QQQda cheklanishlar mavjudligi, masalan, vaqt tanqisligi;
• Jarayonga tashqi vaziyat yoki raqobatdoshning hatti-harakati ta’siri.
Demak, noaniqliklikni bartaraf etish uchun
• Bor ma’lumotni chuqurroq taxlil etish;
• To‘liqroq tahlil uchun yetishmayotgan ma’lumotni qo‘lga kiritish kerak.
Noaniqlikdan tavakkalchilik sharoitiga o‘tish
Ayrim hollarda masala noaniqlik darajasini kamaytirib, tavakkal sharoi-
tiga keltirish bilan yechiladi. Bunga quyidagi savollarga javob izlash bilan eri-
shiladi:
• Mavjud noaniqlik darajasi qanchalik katta?
• Noaniqlik darajasini kamaytirish uchun nima qilsa bo‘ladi?
• Noaniqlik darajasini kamaytirish xarajatlari qanday?
Tavakkalchilik sharoiti
Tavakkal sharoitida mumkin bo‘lgan tashqi holatlarning ehtimolini baholash
mumkin bo‘lib, QQQShning tashqi holatlarini qay darajada aniq va to‘g‘ri baho-
lay bilishga bog‘liq bo‘ladi. Faqat hisob natijalargina emas, balki QQQShning
tajribasi, intuitsiyasi va rahbarlik tajribasiga asoslanish kerak.
Tavakkal klassifikatsiyasi
Tavakkal ko‘rinishlarining soni va turi ko‘p bo‘lib, ularni quyida keltirilgan
jadvaldagi kabi turkumlarga ajratish mumkin:

Download 90,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish