G’OVLAR OSHA YuGURISh SAMARADORLIGINI BELGILOVCHI
OMILLAR
G’ovlar osha yugurish texnikasining tuzilish modeliga birlashtirilgan alohida biomexanik xususiyatlar va ularning o’lchamlari sportchining harakat faoliyati, umuman, harakatlari tizimi, sport texnikasining mukammalligi ko’rsatkichlarini o’rganish asosi bo’lib xizmat qilishi mumkin. Bu xususiyat va o’lchamlar quyidagilarni belgilaydi:
- kinematik o’lchamlar (makoniy, vaqt va makoniy-vaqt o’lchamlari); - dinamik o’lchamlar; ular quyidagilarni ifodalaydi:
sportchi tanasi qismlarining o’zaro ta’sirlashuvi;
tashqi muhit bilan munosabat (kuchlanish, tayanchning reaksiyasi va b.);
umumlashtirilgan ko’rsatkichlar, masalan: g’ovlar osha yugurishning ritmli tuzilishi, sportchi harakatlarining tashkil etilishi, g’ovni oshib o’tishda harakat faoliyatining koordinatsion tuzilishi.
Mutaxassislarning qayd etishicha, g’ovlarni oshib o’tish texnikasi o’lchamlarining butun yig’indisi orasidan 8 tasi uning samaradorligiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi, demak, ko’p jihatdan, g’ovlar osha yugurish natijalarini belgilaydi.
Bular, birinchi navbatda, makoniy o’lchamlardir:
g’ovdan itarilish joyigacha bo’lgan masofa;
g’ovdan OMO’ traektoriyasining eng yuqori nuqtasi proekstiyasigacha bo’lgan masofa;
g’ovdan “eng uzoqdagi” qism massasining markazi – siltanuvchi oyoq kaftigacha (vertikal bo’ylab) bo’lgan masofa;
g’ovdan erga “qo’nish” joyigacha (g’ovdan tushishda) bo’lgan masofa;
g’ov osha qadam uzunligi;
g’ovdan (plankaning yuqorigi qirrasi) “eng uzoqdagi qism massasining markazi – siltanuvchi oyoq kaftigacha (gorizontal bo’ylab) bo’lgan masofa.
Burchak o’lchamlari:
g’ovga hujum paytida gavdaning og’ish burchagi;
g’ov ustidagi holatda gavdaning vertikalga nisbatan og’ish burchagi. Bu ko’rsatkichlar g’ovlarni oshib o’tish va ular orasida yugurish samaradorligi uchun nihoyatda muhim bo’lganligi sababli g’ovchilarni tayyorlash jarayonida aynan ularga katta e’tiborni qaratish zarur. Metodologiya nuqtai nazaridan buni shunday ifodalash mumkin:
G’ov osha qo’yiladigan qadam optimal darajada qisqa bo’lishi kerak.
Siltanuvchi oyoq harakatining faolligi. Harakatlar juda tez bajariladi, oyoq tizza bo’g’imida imkon qadar rostlanishi, boldir tizzadan oldinga o’tib ketmay, balki uning ortidan borishi lozim.
G’ovga itarilish vaqtida gavdaning egilishi. G’ovga tez va faol hujumni ta’minlash uchun egilish darajasi sprinterlik yugurishiga nisbatan kuchliroq bo’lishi kerak.
OMO’ trayektoriyasi. Uning eng yuqoridagi nuqtasi albatta g’ovga etishi zarur – bu g’ov osha qo’yiladagan qadamning optimal ravishda bajarilishini hamda g’ovlar osha yugurish samaradorligini ta’minlaydi.
siltanuvchi oyoqni tizza bo’g’imida imkon qadar rostlash. Bu, albatta, g’ovga qadar bajarilishi, keyin esa oyoq faollik bilan to’xtab qolmay, g’ov ortiga tusha boshlashi lozim.
g’ov ustidan oshib o’tib erga “qo’nish” vaqtida gavdaning egilishi. G’ovlar orasida kuch bilan yugurish uchun egilgan holatni saqlab turish va gavdani rostlamaslik kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |