Qosimov Jaloliddin 17.25guruh
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
Jismoniy madaniyat fakulteti
Jismoniy madaniyat yo’nalishi
4-bosqich 17.25-guruh talabasi
QOSIMOV JALOLIDDINNING
Yengil Atletika va uni o’qitish metodikasi fanidan
ORALIQ NAZORAT ISHI
Topshirdi___________J.Qosimov
Qabul qildi___________A.Boqiyev
Farg’ona 2020
15-variant
1.G’ovlar osha yugirish haqida
2.G’ovlar osha yugirishda (100m, 110m, 400m,) masofalarga nechta g’ovlar qo’yiladi va ularni oralig’I va balandligini tariflab bering
3.Balandlikka sakrashning qanday turlari mavjud va ular haqida
1.G’ovlar osha yugirish haqida
Start va startdan yugurib kelish. Bunga, odatda, birinchi g’ovga qadar yugurib kelishni kiritadilar. Keyin quyidagi elementlar ko’rib chiqiladi: g’ov ustidan oshib o’tish va g’ovlar orasida yugurish. Startdan yugurib kelish ko’pincha 3-g’ov atrofida yakunlanadi.
24-rasm. G’ovdan o’tish kinogrammasi
Yugurish past start tirgaklaridan (kolodkalar) qo’llagan holda boshlanadi. Eng kuchli g’ovchilar tirgaklarni quyidagicha joylashtirishni ma’qul ko’radilar: oldindagisi start chizig’idan ikki oyoq kafti oralig’ida, orqadagisi esa bir oyoq kafti oralig’ida uzoqroqqa qo’yiladi (25-30 sm). Kamroq tayyorgarlik ko’rganlarga boshqacha joylashtirish mos keladi: oldindagi start tirgagi chizig’idan 1-1,5 oyoq kafti oraliqda, 1-1,5 oyoq kaftiga teng masofadan keyin esa ikkinchisi qo’yiladi. Start tirgaklari o’qlari orasidagi masofa – 15-20 sm.
Start holatini egallash uchun sportchi yo’lkachaga chiqib, start tirgaklari oldida turadi. Keyin qo’llariga tayanib, oyoqlarini tirgaklarga joylaydi. Shundan so’ng orqadagi oyog’i tizzasini erga tayab, rostlangan qo’llarini elka kengligida yoki undan kengroq ochgan holda start chizig’iga taqab qo’yadi. Barmoqlari tarang gumbaz shaklida hech bo’lmaganda, bo’g’imlaridan bukilgan bo’lishi kerak. Bel to’g’ri, yyetarlicha bo’shashtirilgan.
“Diqqat!” buyrug’i berilishi bilan yuguruvchi bir me’yorda, lekin tezgina tosini elka sathidan 15-20 sm balandroqqa ko’taradi. Bu holatda tana og’irligi qo’llarga, oldindagi start tirgagi qo’yilgan oyoqqa taxminan bir me’yorda, orqadagi oyoqqa kamroq hisobdan taqsimlanadi. Bunda boldirlar deyarli bir me’yorda. Oldindagi oyoq soni bilan boldiri orasidagi burchak 90-100o ga teng, orqa oyoqda esa 120-140o. Sportchining nigohi tizzasi yoki oyoq kaftiga qaratiladi. Nigohning oldinga – start chizig’idan nariga qaratilishi sportchi-ning ko’tarilgan vaziyatda bo’lishiga olib keladi, bu esa, o’z navbatida, uning startdan birinchi bo’lib oldinga harakat boshlashini keltirib chiqaradi, ya’ni xatoga sabab bo’ladi. Yuqoridagilarning barchasi – umumiy variant, sportchining o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib (gavda tuzilishi, muvozanat darajasi, harakatlanishi va psixik xususiyatlari) ularga o’zgarish kiritish mumkin. “Diqqat!” buyrug’idan so’ng yuguruvchi tanasini zo’riqtirib turmasligi lozim. Bu vaziyatda u fikrini jamlab, start uchun o’q uzilganda darhol yugura boshlashga tayyorlanadi. O’q uzilgach, bir yo’la ham qo’llar, ham oyoqlar harakatga tushadi. Tana yuqoriga – oldinga intiladi va g’ovchi-sprinter start tirgagidan yugurib chiqadi. Bunga, bir tomondan, qo’l va oyoqlar, ikkinchi tomondan, oyoqlarning o’zaro muvofiq ishlashi tufayli erishiladi. Orqada turgan oyoq start tirgagidan yetarlicha kuch bilan itariladi va tizzada imkon qadar bukilib, tezlik bilan oldinga-yuqoriga chiqariladi, oldingi start tirgagida joylashgan oyoq bu vaqtda to’la rostlanadi. Bu harakatlarning birortasini kuch nuqtai nazaridan ajratib ko’rsatish start tirgaklardan chiqishning bir me’yorda, ritmik tarzda bajarilishiga putur etkazadi. Past startdan yugurishda butun kuch oldinga harakatlanishga qaratiladi. Tananing optimal darajada (anchagina, lekin haddan ortiq emas) egilib turishi gorizontal tezlikni oshirishga ta’sir ko’rsatadi. Past startdan yugurish oyoq kaftining oldingi qismidan, tovonni erga bosmasdan bajariladi.
Dastlab sprinter bilan g’ovchining harakatlari aynan bir xil bo’ladi. Keyin esa startdan tezlik olishdan tashqari g’ov-chining birinchi g’ovgacha yugurish faoliyati itarilish joyiga to’g’ri tushishi zarurati tufayli murakkablashadi.
Erkaklarda birinchi g’ovgacha bo’lgan masofa ularni ushbu masofani ikki xil variantdan birini qo’llab yugurishga majbur qiladi – yo 7 (40% sportchilar), yoki 8 (60%) qadam qo’yish yo’li bilan. Har ikkala variant ham o’z kamchiliklariga ega. Birinchi variantda qadamlar uzunligiga e’tiborni qaratish, ikkinchisida uni birmuncha qisqartirish lozim. Birinchi variantda ham, ikkinchi variantda ham qadamlar uzunligining tebranishlari g’ovsiz masofa startiga nisbatan 10% ni tashkil etadi.
Yetti qadamli variantdan baland bo’yli sportchilar (188 sm va undan baland) foydalanadilar. Ayollarning deyarli barchasi 8 qadamli variantni qo’llaydi, chunki ularda birinchi g’ovgacha bo’lgan masofa 72 sm ga kamroq.
Birinchi g’ovgacha yugurib borishda sportchi oldida kamida uchta vazifa turadi: 1) imkon qadar katta tezlikni olish; 2) itarilish joyiga aniq tushish; 3) g’ovga “hujum” uchun qulay vaziyatni tanlash.
8 qadamli variantda birinchi dastgohchaga (start chizig’idan 40-55, ayollarda 35-40 sm, og’ish burchagi – 40-45o) itariladigan oyoq joylanadi. Ikkinchi start tirgagi yana 30-40 sm (ayollarda 20-40 sm) uzoqroqqa qo’yiladi, og’ish burchagi – 50-60o.
Do'stlaringiz bilan baham: |