4-jadval Turli masofalardagi g’ovlar soni va ular orasidagi masofalar
|
|
|
G’ovlar masofasi
|
Masofalar tengligi
|
110 m
|
100 m
|
400 m (erkak)
|
400 m
(ayol)
|
G’ovlar balandligi
|
|
106,7sm
|
84 sm
|
91,4 sm
|
76,2 sm
|
Startdan birinchi g’ovgacha bo’lgan masofa va qadam soni
|
lar
|
13 m 72 sm G’ 7-8
|
13 m
G’ 7-8
|
45 m G’
21-22
|
45 m G’
23-24
|
G’ovlar va ular ustidagi qadamlar soni
|
|
10 G’
10
|
10 G’
10
|
10 G’
10
|
10 G’ 10
|
G’ovlar orasidagi masofa va soni
|
ular
|
9 m 14 sm G’9
|
8 m 50 sm G’9
|
35 m G’
9
|
35 m G’
9
|
Bitta g’ov orasidagi qadam barcha g’ovlar orasidagi qadamlar soni
|
va
|
3 G’
27
|
3 G’
27
|
13-17 G’
117-153
|
15-19 G’
135-171
|
Oxirgi g’ovdan marra chizig’igacha bo’lgan ma va qadamlar soni
|
sofa
|
14 m 02 sm G’ 6-7
|
10 m
50 sm
G’ 5
|
40 G’
15-17
|
40 G’
20-21
|
G’ovlar orasidan o’tishda umumiy qadamlar soni
|
|
50-52
|
49-50
|
163-202
|
188-226
|
Ayollarning g’ovlar osha yugurishida “etakchi omillar” tuzilishining shakli mutlaqo boshqa. Bu yerda faqat uchta o’lcham mavjudligi kuzatildi, bular to’siqlarni oshib o’tish texnikasi samaradorligini belgilaydi:
itarilish joyidan g’ovgacha bo’lgan masofa;
g’ovdan erga tushish joyigacha bo’lgan masofa;
g’ovlar orasida dastlabki qadamni bajarayotganda itarilish burchagi.
Bunday o’ziga xoslik g’ovlar orasidagi masofa bilan (8,5 m) g’ovchi qizlarning morfofunksional ko’rsatkichlari hamda g’ovlar osha yugurish texnikasiga o’rgatishning nisbati eng maqbul ekanligidan dalolat beradi.
G’ovlar osha yugurish texnikasiga o’rgatishdan avval yangi shug’ullana boshlaganlarni tez yugurish, uzunlik va balandlikka sakrash, bel va qorin pressi mushaklarini mustahkamlashga o’rgatish zarur.
G’ovlar osha yugurish texnikasiga o’rgatish umuman, va ayniqsa, tos-son bo’g’imlaridagi egiluvchanlik, harakatchanlik darajasiga jiddiy talablarni ilgari suradi. Zarur egiluvchanlikni badan qizdirish mashqlarini bajarish chog’ida maxsus “g’ov” mashqlari ko’magida rivojlantirish maqsadga muvofiq.
O’rgatish an’anaviy sxema bo’yicha o’tkaziladi: vazifalar, ularni hal etish vositalari, usuliy ko’rsatmalar.
1-vazifa. G’ovlar osha yugurish to’g’risida tasavvur hosil qilish. O’rgatish qisqa g’ovli masofadan boshlanadi, 400 metrli masofani o’zlashtirishga keyinroq kirishiladi.
Vositalar.
1. Malakali g’ovchining 3-4 g’ov osha yugurish texnikasi namoyish qilinadi, videoyozuvlar, kinomateriallar ko’rsatiladi.
Uslubiy ko’rsatmalar. O’quvchilarning diqqati startdan tezlik olish, g’ovni oshib o’tish, g’ovlar orasida yugurishga jalb etiladi. Imkon bo’lsa, malakali g’ovchining yugurishi takroran namoyish etilganidan so’ng, sportchilarga 3-4 g’ovni oshib o’tish taklif qilinadi. Buni o’ziga xos test deb hisoblash mumkin. Birinchi martadayoq bu topshiriqni yaxshi bajarganlar, odatda, o’rganish sur’atlari va natijalarining o’sishi jihatidan ustunlikka ega bo’ladilar.
2-vazifa. G’ovlar orasida uchta yugurish qadamini bajarib ularni oshib o’tishga o’rgatish (ritmni o’zlashtirishlar). Bu vazifani amalga oshirish ko’p jihatdan g’ovlarning balandligi va joylashtirilishi, startdan birinchi g’ovgacha hamda g’ovlar orasidagi masofaga bog’liq.
Vositalar.
Yo’lkacha bo’ylab belgilarga qarab yugurib o’tish, bunda birinchi belgiga qadar 4, 6 qadam, belgilar orasida 3 qadam, belgi ustidan o’tayotganda esa uzaytirilgan yugurish qadamini bajarib, oyoqni tez tayanchga qo’yish.
30-40-50 sm balandlikdagi o’quv g’ovlarini oshib o’tish.
Uslubiy ko’rsatmalar. O’rganish bosqichida dastlab to’siqlar o’rnini g’ov plankasi, to’ldirma to’plar va h.k. bilan belgilab yugurish mumkin, birinchi g’ovgacha bo’lgan masofa avval 4, keyin 6 yugurish qadamida bosib o’tilishi kerak.
7-8 yoshli bolalar uchun birinchi g’ovgacha 6 yugurish qadami qo’yiladigan bo’lsa, masofa 7-7,5 m, g’ovlar orasida – 4-4,5 m, g’ovlar balandligi – 20-40 sm.
10 yoshli bolalar uchun muvofiq ravishda 7,5-8,5 m; 4,5-6 m; 40-60 sm.
13 yoshlilar uchun – 8-9 m; 5,5-6,5 m; 50-76,2 sm.
Bolalarni g’ovlar osha yugurish texnikasiga o’rgatishning eng oqilona usuli – yaxlit usul. O’quvchilar 3-4 g’ovni yetarlicha yuqori tezlikda (nazorat ostida) yugurib o’tadilar, murabbiy esa umumiy va xususiy e’tirozlarini bildiradi. Umumiy e’tiroz yugurish tezligi, ritmi, harakatlarning erkinligiga taalluqli. Xususiy e’tirozlar esa alohida qadamlarning bajarilishi bilan bog’liq bo’ladi.
Har bir g’ovga itarilish joyida nazorat belgisi qo’yiladi. U sezilarli bo’lishi kerak. G’ov ortidagi “qo’nish” joyiga ham, zarur bo’lsa, birinchi qadam o’rniga ham belgi qo’yib chiqish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |