Iv-bob. Detallarga isahlov berishdagi aniqlik aniqlik tushunchasi


Kesuvchi asboblarni tayyorlash aniqligi va ularning ishlashi jaryonida eyilishi



Download 236,59 Kb.
bet6/16
Sana20.06.2022
Hajmi236,59 Kb.
#682904
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
006.Аниклик

Kesuvchi asboblarni tayyorlash aniqligi va ularning ishlashi jaryonida eyilishi

Kesuvchi asboblarni ham ixtiyoriy boshqa detallar singari absolyut aniq tayyorlab bo‘lmaydi va ularni tayyorlashda ma’lum xatoliklar albatta yuz beradi. Bu xatoliklar ko‘p hollarda asbobning turidan bog‘liq holda ishlov beriladigan detallarga ko‘chib o‘tadi. Masalan, o‘lchamli asboblar: parma, zenker, razvertka, sidirgich, ichki–ariqchalar ochuvchi frezalar va fasonli shakldor asboblarda. SHuning uchun asbob qancha aniq tayyorlagan bo‘lsa unda ishlov berilgan detal o‘lchamlari shuncha aniq bo‘ladi. Asbob o‘lchamlariga ro‘xsat etiladigan xatoliklar mashinasozlikda mos standartlar va normallar bilan reglamentlanadi, bu esa u yoki bu asbobdan foydalanilganda ishlov beriladigan detalning ma’lum aniqligiga erishish imkonini beradi.
Detallarning ishlov berish aniqligiga ko‘proq asboblarning eyilish ta’sir ko‘rsatadi. Asboblarning eyilishi stanok detallarining eyilishiga qaraganda tezroq yuz beradi. Detalga ishlov berishda keskich oldingi va orqa yuzasi bo‘yicha eyiladi. Orqa yuzasini eyilishi ishlov berish aniqligiga ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi va yo‘niladigan detal radiusini ortishiga olib keladi. Kesuvchi asbobning kesish qirrasini o‘tmaslashuvi ham detal radiusini o‘zgarishiga va bundan tashqari kesish kuchining radial tashkil etuvchisini ortishiga, natijada butun texnologik sistema deformatsiyasini ortishiga olib keladi.
Eyilishning umumiy qonuniyatiga asosoan kesuvchi asbobning eyilish grafigi ...rasmda keltirilgan.





3.4-rasm. Eyilishning kesish yo‘liga bog‘liqlik grafigi

Boshlang‘ich ishlash davrida keskichning jadal eyilishi ruy beradi, bunda asbobni kesuvchi tig‘ini moslashishi ruy beradi, alohida notekisliklar parchalanib, ko‘chib tushadi, charxlashdan qolgan izlar tozalanib silliq holga keladi. Bu davrda ishlangan yuzalarning g‘adir-budirligi asta-sekin kamayib boradi. Boshlang‘ich eyilishning davom etishi kesuvchi asbob va ishlov berilayotgan detal materialidan, charxlash sifatidan va kesish rejimidan bog‘liq bo‘ladi. Boshlang‘ich eyilish ko‘pincha kesish yo‘li bilan belgilanib, 500-2000 m oralig‘ida bo‘ladi.


Eyilishning ikkinchi davri asbobning normal eyilishini xarakterlaydi va kesish yo‘li uzunligiga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi.
Eyilishning uchunchi davri katostrofik jadal eyilishga to‘g‘ri keladi. Keskichning ikkinchi davriga mos keladigan normal eyilishi quyidagi formula bilan hisoblanadi.
Kesuvchi asbobning normal eyilish davrdagi eyilish jadalligi nisbiy eyilish bilan belgilanib, quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi
,
bu erda L – normal eyilish zonasidagi kesish yo‘li, m; E - L yo‘ldagi o‘lchamli eyilish, mkm.
Normal eyilish sharoitida kesuvchi asbobning eyilish miqdori quyidagi formula bilan aniqlanishi mumkin
,
bu erda Ep - kesuvchi asbobning normal eyilishi, mkm; E0 - kesuvchi asbobning nisbiy eyilishi, mkm/km; L – kesish yo‘li uzunligi, m.
Yo‘nishda kesish yo‘li uzunligi
,
bu erda: d – ishlov beriladigan yuza diametri, mm; l – ishlov beriladigan yuza uzunligi, mm; S – surish, mm/ayl.
YOn freza bilan frezalashda kesish yo‘li ni taxminan quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:
; ,
bu erda: –frezaning yoki stolning ishchi yurish uzunligi, mm; –frezalash eni, mm; –frezaning bir aylanishida surilishi, mm/ayl.; –freza tishlarining soni; –frezaning bitta tishiga surilishi, mm/tish.
Oxirgi formuladan aytish mumkinki, tishlar soni ko‘p bo‘lganda kesish yo‘li uzunligi kamayadi va o‘lchamli turg‘unlik paydo bo‘ladi hamda ishlov berish aniqligi ortadi.
Frezalashda eyilish, yo‘nishga qaraganda jadalroq yuz beradi, chunki freza og‘ir sharoitda – tishlarni zarbli kesish sharoitda ishlaydi, natijada nisbiy eyilishi kattaroq bo‘ladi
,
bu erda V freza tishlarini zarb bilan kesib kirishini hisobga oluvchi miqdor bo‘lib, u ma’lumotnomalardan olinadi.
Kesuvchi asbobning nisbiy eyilishi ko‘p hollarda uning materialiga, kesish rejimiga, ishlanuvchi mahsulot materialiga va texnologik tizim bikrligiga bog‘liq. Texnologik tizim bikrligini oshirib, undagi titrashlar kamaytirilganda kesuvchi asbobning eyilishi sezilarli miqdorda kamayadi. Ichki yo‘nishda, keskichlarning nisbiy eyilishi, shu materiallarni tashqi yo‘nishdagi nisbiy eyilishiga qaraganda ko‘proq bo‘ladi, chunki teshiklarga ishlov berishda kesish noqulay sharoitlarda o‘tkaziladi. Surish miqdori oshirilganda nisbiy eyilish bir - qancha ortadi. Asbobning umumiy o‘lchamli eyilishi surishga teskari proporsional bo‘lganligi sababli, ayrim hollarda surish miqdorini oshirish, asbobning umumiy o‘lchamli turg‘unligini oshiradi va etarlicha bikr texnologik sistemada ishlov berish aniqligini ham oshiradi. Surish miqdorini oshirishga imkon beruvchi eni keng keskichlarni qo‘llash ishlov berish aniqligini oshishini ta’minlab, bir vaqtning o‘zida mehnat unumdorligini ham oshiradi. Kesish chuqurligini o‘zgartirish, asboblarning nisbiy eyilishiga kam ta’sir ko‘rsatadi. Nisbiy eyilishga keskichning orqa burchagini o‘zgartirish sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, T15K6 markali keskich bilan termik ishlov berilgan 35XM markali po‘latni 140 m/min tezlik bilan yo‘nishda, orqa burchakni 8o dan 15o gradusgacha o‘zgarishi nisbiy eyilishni 30% ga ortishiga olib kelgan.
YUqorida keltirilgan tahlillar kesuvchi asbob materialini, konstruksiyasini va kesish rejimlarini ratsional tanlash yo‘li bilan ishlov beriladigan detalning o‘lcham va shakl xatoliklarini keskin kamaytirish mumkinligini ko‘rsatadi.




    1. Download 236,59 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish